Ilmiy pedagogik ishlar
Yuklatilgan ilmiy pedagogik soatni ishlash va yangi pedagogik texnologiyalarni o’rganish maqsadida “Axborot xavfsizligi va xavf-xatarlarni boshqarish” fani o’quv dasturi o’rganildi. Mazkur fan bo‘yicha ishchi dastur bilan tanishib chiqildi. Fan bo’yicha ma’ruza matni mavzulari, amaliy va labaratoriya ishlari, belgilangan soatlar kabi hujjatlar ko‘rib chiqildi va yangi ma’lumotlar bilan boyitildi. To’plangan ma’lumotlar asosida taqdimot slaydlari tayyorlandi.
Bekmirzayev O. ____________
Botirov F. _________________
“Axborot xavfsizligi va xavf-xatarlarni boshqarish” fanining ichchi o’quv dasturi
Ushbu o‘quv dastur hozirgi kunda axborot xavfsizligi va xavf-xatarlarni boshqarish, ularga bo‘ladigan tahdidlar, ularning himoyasi, korxona va tashkilotlarda mavjud axborot-kommunikatsiya tizimlarida tutgan o‘rni, ularni hal etish usullari, axborot xavfsizligi tizimlarining axborot-kommunikatsiya tizimlarda ishlash prinsipi, ularni qo‘llanish afzalliklari, rivojlanish tamoyillari va respublikamizda axborot xavfsizligi bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlar va ishlab chiqilgan vositalari hamda ularning kelajakdagi o‘rni masalalarini qamraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |