3. Qarz oluvchilar bilan muzokaralar olib borish va loyihani tasdiqlash jarayoni
Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirishning mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bank bir vaqtning o‘zida ushbu bitimga boshqa banklarni jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi. boshqa banklarni Ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish to‘g‘rsida qaror qabul qilinganidan keyin, etakchi bank ishtirokchi banklarni izlay boshlaydi va ular bilan kredit kelishuvi loyihasini ishlab chiqish va h.k.lar bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib boradi. SHerik banklar bilan muayyan muzokaralarni olib borishning boshlanishi vaqtigacha etakchi bank tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan belgilangan tartibda kredit paketi tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash borasidagi o‘zaro kelishuv loyihasi tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Loyihani moliyalashtirish uchun kreditlar faqatgina loyiha iqtisodiy, moliyaviy, texnik va ekologik ko‘rsatkichlari bilan bankning talabiga javob bersagina taqdim qilinadi.
Qarz oluvchi korxona yuridik shaxs sifatida kerakli tartibda tashkil etilgan bo‘lishi va davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi kerak. Qarz oluvchi bo‘lib davlat organlari yoki ko‘rilayotgan korxona boshliqlari bo‘lishi mumkin emas.
Loyiha menejeri bank risklarini kamaytirish hamda uni qarzdor va bank o‘rtasida adolatli taqsimlash maqsadida qarzdorning loyihaga qo‘shgan o‘z mablag‘lari ulushini ko‘paytirishga harakat qilishi lozim. Bunda loyihaning umumiy qiymatida qarzdorning o‘z mablag‘lari ulushi loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Qarzdorning moliyaviy holati talab darajasida bo‘lishi, uning faoliyatida loyihani samarali amalga oshirishga salbiy ta’sir etuvchi bankrotlik yoki boshqa sud bilan bog‘liq jarayonlar xavfi bo‘lmasligi kerak.
Loyihaviy moliyalashtirish qarz oluvchining asosiy fondlarini yaratish yoki sotib olish hamda investitsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ishchi kapitalni tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Loyihaviy moliyalashtirishda kreditlar quyidagi maqsadlar uchun berilmaydi:
ustav (nizom) kapitalini tashkil etish uchun;
riski haddan tashqari baland bo‘lgan, shuningdek, tabiatga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadigan loyihalarga;
ishlab chiqarishda va amaliyotda hali qo‘llanilmagan yangi texnologiya va texnologik jarayonlarni qo‘llashni ko‘zda tutuvchi loyihalarga (bunday loyihalar bankning akademik bo‘linmasining maxsus innovatsion fondlari hisobidan moliyalashtiriladi).
Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali ekspert injenerlarning (bu ko‘p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi mustaqil maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi texnik hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o‘zida qamrab olishi mumkin:
zarur investitsiya miqdorini;
kelgusidagi zarur investitsiyalarni (ko‘zda tutilmagan harajatlarni va favqulodda zararlarni qo‘shgan holda);
loyihaning qaytimi uchun zarur vaqt. Zarar ko‘rmaslik nuqtasi; elektr energiya, suv va boshqa harajatlar qiymati;
loyihada ishlash uchun xodimlarni o‘qitish imkoniyati;
loyihada mahsulotini sotish bozorining mavjudligi.
Loyihalarning iqtisodiy va moliyaviy tahlili jarayonida loyiha barcha olingan kreditlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitoblar uchun etarlicha foydaga ega bo‘ladimi? - degan savolga javob olish zarurdir.
Pul oqimi tahlili loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash asosi bo‘lib hisoblanadi. Pul oqimi o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
loyiha egalarining aksiyadorlik kapitaliga dastlabki investitsiya qo‘yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag‘larini;
olingan foydani;
sarf harajatlarni.
Kreditorlar loyihaning iqtisodiy sezgirligini jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan sof qoplash koeffitsienti (NPO‘ Coo‘erage Ratio) va umummiy qoplash koeffitsienti (Annual Coo‘erage Ratio) kabi ko‘rsatkichlar orqali aniqlashlari mumkin.
Loyihalarni moliyalashtirishda xomiylar faoliyatini, xatarlarni va ularning taqsimlanishini tahlil etiladi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va uarnig imidjini, loyiha ishtirokchilari uchun xatarlarning tashqari taqsimotini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |