Bayram senariysi



Download 52 Kb.
Sana12.12.2019
Hajmi52 Kb.
#29790
Bog'liq
Baxtiyor.uz-Yangi-yil-kechasi-tadbir-dasturi




BAYRAM SENARIYSI.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, mehribon ustozlar.
2-boshlovchi: Qadrli akalar, opalar ukalar, singillar.

(Birgalikda) Kirib kelgan Yangi 2013-yilingiz muborak bo’lsin.


1-boshlovchi: Tabiatdan qish fasli

o’z hukmin o’tqazib,

Ayoz bobo shimoldan

sovuq shamol yetkazar.


2-boshlovchi: Kirib keldi, qish fasli,

Bo’ron sovuq qor bilan.

Tabriklaymiz, sizlarni.

Do’stlar Yangi yil bilan.


1-boshlovchi: O’tib ketdi, eski yil

Kunlar go’yo lipillab,

Qorboboga o’xshab,

Qoldi oxir munkillab.


2-boshlovchi: Minnatdormiz, eski yil,

Risqu, nasiba berding.

Uch yuz oltmush besh kun,

Bizlarga hamroh bo’lding.



1-boshlovchi: Mana bugun xayr xo’sh,

Qilajakmiz sen bilan.

Yangi yilda o’qiylik

Faqat “to’rt-u” “besh” bilan.


2-boshlovchi: Darxaqiqat, 2019-yilimizni tarix qa’riga kuzatib, yangi 2020-yilni qarshi oladigan paytimiz kirib keldi.
1-boshlovchi: Endi tez davramizni qizdirib, YANGI YIL kechamizni boshlasak.
2-boshlovchi: Darvoqe bugun tugayotgan 2019- eski yil hamda kirib kelayotgan 2020-yilni davramizga taklif etsak, marhamat.
1-boshlovchi: Ular bizlarni tabriklamoqchiga o’xshaydi. Marhamat

Eski yil:

Xayr, xayr mehmonlar,

O’g’il qizu chaqqonlar

Rosa g’ayrat qildingiz,

Bir yil o’sib ulg’ayib.
Eski yilni kuzatib

Yangisini qarshilabsiz.

Ko’rayapsiz jujoqmon.

Endi tilim chiqyapti,


Sizla o’sdim, o’rgandim,

Va bir yoshga ulg’aydim.

Muddatim tugab men ham

Ketish navbati yetdi.

Yangi yil:

Salom, salom mehmonlar.

O’g’il qizu chaqqonlar

Rosa g’ayrat qilibsiz,

Ziyofat tuzatibsiz,
Yangi yilni qarshilab,

Eskisini kuzatibsiz

Eski yilni muddati

Tugab tarixga ketdi.


Yangi yil bo’lib men ham

Kelish navbatim yetdi.

Ko’rayapsiz jujiqman,

Yillar ichra kichikman


Keldim sizga o’sgani,

Ko’p zafarlar quchgani.

Meni seving shu onda

Siznikiman shu ondan.


Ota, ona, bobolar

Ham mehribon momolar.

Menda g’ayrat qilurman

Sur’atim oshirurlar,


Siz ham a’lo o’qingiz

Bilimlarni o’qingiz

Siz o’sibsiz bir yoshga

Yurt kon bo’lsin non oshga


Uch yuz oltmish olti kun,

Va shunga teng tun

Sizga mehmon bo’laman
Semiraman o’saman

Vaqti soat yetkanda,

Muddatim tugaganda.

Tarixga qo’shilaman,

Lekin hozir shundaman.

Sho’x o’yin ijro etiladi Yangi yil, eski yil raqisga tushushadi.


2-boshlovchi: Dugonajon, yangi yil, juda ajoyib bayramda! Men bu bayramni juda yaxshi ko’raman, siz-chi?
1-boshlovchi: Men bu bayramni sog’inib ketaman. Go’yo yangi yil arafasida sirli ajoyib voqealar bo’ladigandek ruhida menga.
2-boshlovchi: Rostdan ham yangi yil arafasida hech kutilmagan voqealar bo’lishi tabiiy.
1-boshlovchi: Unday bo’lsa bugun davramizda qanday

kutilmagan voqea ro’y berar ekan-a? Keling buni birgalikda tomosha qilamiz.



2-boshlovchi: Davramizga 8-a sinf o’quvchilarning bayramga tayyorlab kelgan o’zlarining sahna ko’rinish va raqslarini tomosha qilamiz. Marhamat.
1-boshlovchi: Davramizga 8-b sinf o’quvchilarning bayramg

tayorlab kelgan o’zlarining sahna ko’rinish va raqislarini tomosha qilamiz. Marhamat.


2-boshlovchi: Davramizga 9-a sinf o’quvchilarning bayramga tayyorlab kelgan o’zlarining sahna ko’rinish va raqslarini tomosha qilamiz. Marhamat.
1-boshlovchi: Davramizga 9-b sinf o’quvchilarning bayramga tayyorlab kelgan o’zlarining sahna ko’rinish va raqslarini tomosha qilamiz. Marhamat.
2-boshlovchi: Ishtirokchi o’quvchilar bayramga juda ham yaxshi tayyorlanibsizlar.
1-boshlovchi: Dugonajon keling shu qatnashgan o’quvchilar bilan birgalikda.
Qiziqarli shart
2-boshlovchi:1. Sharli shartlar (sharni ichidagi shartlar 1.Duet kuylash. 2.Bir oyog’da o’ynash. 3.Kuchuk bo’lib akillash. 4.Limon yedirish).


1-boshlovchi: 2. O’zingiz yoqtirgan aktyor yoki aktirisangizni ro’lini ijro etib bering.
2-boshlovchi: 3.Ko’zi yumilgan holda o’g’il bolalar

qizlarimizni valsga taklif etishadi.


1-boshlovchi: 4.Tez aytish.

2-boshlovchi: So’z navbatini maktabimiz ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari _________________ga bersak MARHAMAT!

1-boshlovchi: Yangi yil bayramimiz o’z nixoyasiga yetay deb qoldi.
2-boshlovchi: To’g’ri bugungi bayram tugayapti, lekin yurtimizda yangi yil bayrami hali davom etadi.
1-boshlovchi: Yangi yil keltirsin,

Sizlarga zafar.

Yangi yilda yanada,

Gulasin diyor.




2-boshlovchi: Har bir xonadonga

Risqu ro’z to’lsin,

Barcha insonlarning,

Iqboli kulsin.


1-boshlovchi: Istiqlol yurtimizda

Qolsin abadiy,

Degaymiz yangi yil.

Bo’lsin omadliy.


2-boshlovchi: Bugungi shodliklar,

Tark etmay bizni,



Olloxim mo’l qilsin Nasibamizni.
1-boshlovchi: YANGI YILingiz muborak bo’lsin!
2-boshlovchi: YANGI YILda eng yaxshi orzu- istaklaringiz amalgam oshsin!
1-boshlovchi: YANGI YILda yangi umid va tilaklar sizlarga yor bo’lsin.
2-boshlovchi: Oilangizdan tinchlik, xonodanigizdan fayzu Baraka arimasin!


Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish