Bungacha ham Xiva xonligi Orolbo’yi o’zbeklari bilan qo’shni yashayotgan qoraqalpoqlarni bo’ysundirishga bir necha bor uringan edi. Chunonchi, 1715-yilda Sherg’ozixon shunday harakat qilgan edi. Biroq u o’z maqsadiga erisha olmagan. Faqatgina 1735-yilda Elbarsxon davrida Orolbo’yi o’zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olganlar. Muhammad Amin inoq davrida ayrim qoraqalpoq qabilalari ixtiyoriy ravishda Xiva xonligi fuqaroligiga o’ta boshlaganlar. Bunga-qabila biylarining o’z shaxsiy hokimiyatlarini shu yo’l bilan saqlab qolishga intilishlari sabab bo’lgan edi. 1809-yilda Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo’ysundirildi. 1810-1811-yillarda esa Yangidaryo atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ham tobe etildi. Shu tariqa qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo’ysundirish nihoyasiga yetkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |