Mavzu 1. «Pul, kredit va banklar» fanining predmeti va vazifalari (2 soat).
Reja:
1.«Pul, kredit va banklar» fanining predmeti va vazifalari.
2.Fanning boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi.
3.Bozor iqtisodiyotiga o’tishda fanning maqsadi va vazifalari.
4.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida pul munosabatlarining bozor munosabatlariga muvofiqligi
Mavzu 2. Pulning zarurligi, mohiyati, funktsiyalari va roli(2 soat).
Reja:
1.Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi.
2.Pulning mohiyati va uning xususiyatlari.
3.Pul tovar qiymatining umumiy ekvivalenti. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishning o’ziga xos xususiyatlari.
4.Pulning funktsiyalari va ularga tavsif: pul qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi sifatida. Pul jamg’arma vositasi. Pul funktsiyalarining o’zaro bog’liqligi. Pulning turlari. Pulning iqtisodiyotdagi roli.
5.Iqtisodiyotni rivojlantirishda pul barqarorligini ta’minlashning o’rni.
Ushbu mavzu ilg’or pedagogik texnologiyalarning «aqliy hujum» usuli yordamida talabalarga tushuntiriladi, ya’ni talabalarga mavzuga taalluqli materiallar oldindan tarkatiladi va ularning mavzu bo’yicha o’zlashtirgan bilimlari dars jarayonida ikki tomonning faol ishtiroki yordamida muxokama qilinadi.
Talabalar bilimini faollashtiruvchi savollar:
Pulning zarurligini asoslang.
Pulning mohiyati nimada?
Pulning funktsiyalari asosan nima sababdan yuzaga keladi?
Kredit pullarning zarurati nimada?
Jamg’arma vositasi funktsiyasining ijobiy va salbiy taraflarini izohlang.
Muomala vositasi funktsiyasining ahamiyati nimada?
Milliy pulimizning barqarorligini saqlay olish uchun nimalar qilish zarur?
Milliy valyutaning nima sababdan qadri tushadi?
Pul qiymat o’lchov funktsiyasini qanday bajaradi?
Pulning tovarligini isbotlovchi dalillar keltiring.
Talabalar bilimini nazorat qilish uchun test savollari
1. Pul:
a) Xamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi.
b) Xamma boshqa tovarlar singari o’zining qiymatiga ega.
s) Xamma boshqa tovarlar singari o’zining iste’mol qiymatiga ega.
d) Xamma tovarlar xarid etish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
e) b va d javoblar to’g’ri
Qaysi mamlakatlarda pul vazifasini bug’doy bajargan?
a) Rimda
b) Afrikada
s) Qadimgi Misrda
d) Xitoyda
e) Mo’g’ilistonda
3. Pulning paydo bo’lishi:
a) Qiymatning oddiy va tasodifiy shaklining vujudga kelishi bilan bog’liq.
b) Qiymatning to’la yoki kengaygan shaklining vujudga kelishi bilan bog’liq.
s) Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonining tobora rivojlanib borishi bilan bog’liq.
d) Qiymatning umumiy ekvivalent shaklining vujudga kelishi bilan bog’liq.
e) a, b, c, d javoblar to’g’ri
4)Pul:
a) Tovarlar qiymatini o’lchay oladi.
b) Muomala vositasi vazifasini bajaradi.
s) Jamg’arishning eng qulay usulidir.
d) To’lov vositasi hisoblanadi
e) a, b, c, d javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |