BODRING VA 🍈QOVUN:
Bunday savzavotlarni ayollardan ko'ra, ko'proq erkaklar tanlaydi. Bu turdagi erkaklar mard va jiddiy. Ular atrofdagilar tasiriga kamdan-kam xollarda tushadi va spirtli ichimliklarga ro'ju qo'ymaydi. Ular orasida juda ko'p sportchilar va sayoxat qilishni yoqtiruvchilar uchraydi. Bunday erkak bilan, ayol o'zini kuchli ximoyalangandek xis qiladi - uning mas'uliyatliligi oilaviy hayotda ham as qotadi. Bunday erkaklar maqsad sari intiluvchan bo'lib, o'z maqsadiga osonlik bilan erishadilar. Ammo bu turdagi erkaklarning ham o'z kamchiliklari bor - bodring-qovunli erkakga romantiklik yetishmaydi, shuning uchun agar ayol undan guldasta kutayotgan bo'lsa, orzular og'ushida kutishdan foyda yo'q, unga ilmoqli gap qilmasdan yaxshisi ochiq-oydin sovg'aga guldasta olishni xoxlayotganingizni ayting. Agar bunday tanlovni ayol kishi tanlagan bo'lsa - bunday ayol ko'pincha boshliq vazifasida ishlaydi, ammo turmush ishlarida yordamga muxtoj, xuddi yosh boladek - ovqatni yomon tayyorlaydi, byudjetni to'g'ri taqsimlolmaydi, idish va kir yuvishni yomon ko'radi. Ammo bunday ayoldan, erkak sodiq va tushunadigan do'stni topadi.
🍅POMIDOR VA TARVUZ🍉:
Pomidor-tarvuzli insonlar quvnoq va aktivdirlar. Ular barcha bilan yaxshi chiqishib ketadilar, ammo munosabatlarda har doim ham bir xil bo'lmaydilar: tez qizishib ketishlari ko'pincha janjalga olib keladi. Bunday turdagi erkaklar bo'rondek. Ular dangasa erinchoq bo'lib yumshoq yotoqni, osib olinadigan so'mkalarni, shippak va xalatni maqul ko'rishadi. Pomidor-tarvuzli ayollar esa xis-tuyg'uga boy, hayvonlarni va uy taftini yaxshi ko'rishadi, ular bilan birga yashash issiq va qulay. Ular janjal ko'tarishni bilishmaydi, lekin muvozanatni saqlay olmasligi mumkin, sababi nima o'ylashsa shuni gapirishadi: rostgo'yligi va ayyorlik qilolmasligi pamidor-tarvuzli insonlarning asosiy psixologik jixatlaridir.
✅BODRING VA 🍉TARVUZ:
Bunday turdagi insonlar doim qalb bexalovatligini xis qilishadi. Ularning tashqi ko'rinishidagi sokinlik va o'zini boshqara olishi, aslida ichki taranglikni yashirib turadi. Bunday erkaklar xaqida shunday deyishadi: sokin dengizda, shaytonlar izg'iydi. Bodring-tarvuz erkak bilan xuddi vulqonda yashagandek bo'lasiz - ertaga qanaqa xolatda bo'lishini va xozirda nimalarni fikrlayotganini hech qachon bilolmaysiz. Bodring-tarvuzli ayollar esa arzimas narsalarni deb janjal ko'tarishmaydi - ular hafagarchiliklarni g'amlab yurishadi va bir ajoyib kunda uydagi barcha idishlarni otib sindirishadi, bazida esa bechora turmush o'rtog'ini boshini yorishi ham mumkin. Bodring-tarvuzli insonlar - yaxshi ijodkor shaxslardir. Ular muloxaza qilishni bilishadi, ular orasida olimlar va kashfiyotchilar ko'p uchraydi.
🍈QOVUN VA POMIDOR🍅:
Agar sizga ushbu ekinlar yaqin bo'lsa - siz mo'tadil, xotirjam insonsiz. Siz ichki xarakat va xissiyotlar soxibisiz. Siz chiroyli narsalarni yaxshi ko'rasiz va juda yaxshi did egasisiz. Qovun-pomidorli erkaklar esa, ayollarga xos xissiyotlidirlar. Ulardan ko'pincha rassomlar, musiqachilar chiqadi va umuman ijod qilish ularga juda yaqin. Bunday turdagi ayollar esa sevuvchan, yaxshi tasavvur qoldiruvchilardir. Muxabbatda esa extirosli va turg'undirlar. Pomidor-qovunli ayollardan sodiq, nafis va mexribon xotinlar chiqadi. Ammo bunday turdagi erkaklar esa, o'zini yaxshi ko'radigan - egoistdirlar.
💞TURMUSH QURISH UCHUN MOS JUFTLIKLAR:
💂ERKAK "QOVUN-BODRING" VA
👰AYOL "BORDING-TARVUZ";
💂ERKAK "QOVUN-POMIDOR" VA
👰AYOL "QOVUN-BODRING";
💂ERKAK "BODRING-TARVUZ" VA
👰AYOL "POMIDOR-TARVUZ";
💂ERKAK "POMIDOR-TARVUZ" VA
👰AYOL "POMIDOR-QOVUN".
ДЕМАК СИЗ К,АЙСИ ТЕМПЕРАМЕНТ ЭГАСИ ЭКАНСИЗ?
☹️ ХОЛЕРИК
😔 МЕЛАНХОЛИК
🙂 ФЛЕГМАТИК
😆 САНГВИНИК
🎓К,АЙСИ ТЕМПЕРАМЕНТГА МАНСУБ ЭКАНИНГИЗНИH БИЛИБ ОЛИНГ!
ТЕМПЕРАМЕНТ— ҳар бир одамнинг ўзига хос асаб тизимига боғлиқ бўлиб, бу одамларнинг ҳаракат тезлиги, юриши, овоз темпи ва баландлигида кўринади. Бундан бир неча асрлар аввал қадимги Грецияда яшаган буюк табиб Гиппократ одамларни тўрт гуруҳга бўлиш мумкин, дея ўз илмий назарияларини ёзиб қолдирган. Кейинчалик бу гуруҳлар қуйидагича номланди.
1. ️МЕЛАНХОЛИКЛАР — асаб тизимлари заиф, тезда ранжийдиган, таъсирчан, янги шароитга секин кўникадиган, бир қарорга келишлари ўта мушкул бўлган характер эгаларидир. Кўпинча уларнинг овозлари паст чиқади. Ҳаётда арзимас муваффақиятсизликка учрасалар ҳам тез тушкунликка тушадилар. Шунинг учун бундай пайтда уларни қўллаб-қувватлаш керак.
Меланхоликлар мақсад сари интилсаларда, бу йўлда учрайдиган тўсиқларни енгишга иродалари етмаслигини, асаблари дош бермаслигини билсалар, мақсадларидан осонликча воз кечишлари мумкин. Кундалик ҳаётда меланхоликлар ҳар нарсага эътиборли ва эҳтиёткор бўлишади. Таваккал қилишни ёқтиришмайди. Улар шунинг учун ҳам камдан-кам ҳолларда хавф-хатарга учрайдилар.
Меланхоликлар гўзалликка интилувчан, истеъдодли, ижодкор гуруҳ вакилларидир. Кўпгина буюк ёзувчилар, шоирлар, мусиқачиларнинг темпераменти айнан мана шу гуруҳга мансуб бўлган.
2.️ ХОЛЕРИКЛАР g—меланхоликларга батамом қарама-қаршибўлган темперамент вакилларидир. Улар жуда фаол ҳаёт кечиришга ўрганганлар. Бир ишга қизиқиб кетсалар, охиригача етказмасдан қўймайдилар. Кўпинча уларнинг ҳаракатлари ва сўзларида кескинлик, баъзида эса қўполликни ҳам кўриш мумкин. Улар кутишни ёмон кўрадилар. Холериклар олмасдан — олиб қўядиган, гапирмасдан — бақирадиган, юрмасдан — урадиганлар тоифасига кирадилар. Уларнинг ҳаракатлари фикрларидан олдин юради, шунинг учун ҳам улар бир ишни қилиб қўйиб, кейин фикр юритадилар. Холерикларни вазмин, дейиш нотўғри бўлади. Улар гоҳида хушчақчақ ва дилкаш суҳбатдош, гоҳида эса сержаҳл ва асабий ҳолатда бўладилар. Ана шундай пайтда уларни умуман гап тушунтириб бўлмайдиган даражадаги одам қиёфасида кўришингиз мумкин. Бошқа тарафда эса, холериклар фанларни, билимларни осон ўзлаштирадилар. Улардан яхши, қизиқарли фикрлар чиқади, лекин бу фикрларни ҳаётга тадбиқ қилиш учун уларга сабр-тоқат етишмайди.
3.️ САНГВИНИКЛАР — холерикларга ўхшаб мустаҳкам асаб тизимига эгалар, лекин уларга нисбатан вазмин ва босиқ темперамент вакилларидирлар. Улар ўз ҳис-ҳаяжонларини (эмоцияларини) жиловлашни ҳам, ортиқча асабийлашмасликни ҳам яхши уддалайдилар. Сангвиникларни янги шароитга тез кўникадиган, одамлар билан дарҳол тил топишиб кетадиган, таваккал қилишни яхши кўрадиган инсонлар дейиш мумкин. Уларнинг нутқлари тез, овозлари баланд бўлади ва шу билан бирга улар мимика ва имо-ишоралар билан гапирадилар.
Сангвиникларнинг дидлари ҳамда қизиқишлари тез-тез ўзгариб туради. Бир иш билан доимий шуғуллансалар, бу ишдан тез зерикадилар ва ўзларига бошқа машғулот топишга ҳаракат қиладилар.
4. ️ФЛЕГМАТИКЛАР — хотиржам, оғир, босиқ ва унча-бунчага пинакларини ҳам бузмайдиган темперамент эгаларидир. Улар кўп гапиришдан кўра иш билан шуғулланишни афзал кўрадилар.Уларнинг ҳаракатлари секин, нутқлари равон бўлади. Ҳар қандай муваффақиятсизлик уларнинг асаб тизимларига заррача ҳам таъсир қилмайди. Флегматиклар жуда ёмон шароитларда ҳам узоқ ва тиришқоқлик билан ишлашлари мумкин. Янги шароитларга секин кўникадилар, шунинг учун ўзгаришларни ёмон кўрадилар.
Бу каби темперамент эгаларининг яхши хусусиятларидан бири — кута олишлари ёки кута билишларида намоён бўлади. Узоқ кутиш уларга ҳеч қандай ноқулайликларни ёки асаббузарликларни келтириб чиқармайди. Керак бўлса, улар ўн-йигирма йиллаб кутишлари мумкин.
Rasmga qarang, 1-bo'lib qaysi hayvonni ko'rdingiz? O'ylanmasdan tanlang
Mushuk🐱
Kuchuk🐶
Ot🐎
Sher🐆
Oqqush🐔
Pingving🐧
🐱 MUSHUK:
Bu har kuni ishga borishga norozichilik, tatilga chiqish sog'inchi va tushlik vaqtidagi tanaffus tezroq yaqinlashishiga bo'lgan hoxishni anglatadi. Sizga qolsa ish kuni boshlanmay turib tugasa. Ahir vanihoyat uyga qaytib, o'rindiqga qulaygina joylashib sevimli film yoki kitobni qo'lingizga olish imkoniyati paydo bo'ladida.
🐶 KUCHUK:
Ayni kunlarda do'stlaringiz davrasini, qo'llab-quvvatlashlarini his qilmoqdasiz va shunday himoya bilan har qanday muammoni hal qilishga tayyorsiz. Kurashishga tayyor turish yaxshi albatta, lekin vazifaga sovuqqonlik bilan yondashib ko'ringchi, yani muammoni bir o'zingiz yolg'izlikda, hech kimni ko'magisiz hal qila olarmidingiz. Ahir atrofingizdagilarning rejalari tez-tez o'zgarib turadiku. Siz esa buni unutib qo'yasiz, sababi o'zingiz hech qachon hech kimni yordam kerak paytda tashlab ketmagansiz.
🐎 OT:
Ayni kunlarda sizni nimadir uyatda qoldirgan va erkinligingizni chegaralab qo'ygan. Balkim boshliq ortidan tatil so'rab yugurayotgandirsiz, Tinchlaning. Hamma ham dam olishni hohlaydi. O'zingizni qo'lga oling, tanlagan jonvoringizga hos bo'ling, sabr-toqat bilan mehnatkashligingizni ko'rsatib bering.
🐅 SHER:
Siz betakrorsiz! Sizga bu haqda ko'p bora aytishgan, shunday emasmi? Sizga o'zingizni yuqorida his qilish uchun yangi soch turmagi yoki buyumlar shart emas. Nigohlaringizning o'zi boshqalarda hurmat va yaxshi ko'rish tuyg'ularini chaqiradi. Va albatta xasadchilar.. Ammo ularni qattiq tanqid qilmang, ahir xaqiqatdan ham bazan o'zingizni toqat qilib bo'lmas darajada tutasizku. Atrofdagilarga yuqoridan qaramasdan ularni o'zingizga teng ko'ring.
🐔️ OQQUSH:
Siz sevib qolgansiz. Atrofdagi barcha narsa go'zal ko'rinishining sababi shu, hatto shaxsiy hayotidan norozi qiyofadagi odamlar ham hamma hammasi o'ziga hos bo'lib ko'rinmoqda. Bu juda yaxshi davr, iloji boricha uzoqroq cho'zishga xarakat qiling, hech bo'lmasa maosh olguningizcha.
🐧 PINGVIN:
Buni qanday amalga oshirdingiz? Ahir bu yerda pingvinning o'zi yo'q! Yana bir marta nazar solib ko'ring.... Baribir pingvinni ko'ryabsizmi? Bunda sizning, do'stlaringiz va birinchi marta uchrashib qolgan odamlaringiz hayratiga sazovor "Tasavvurga boy ongingiz" sabab. Qoyil.
👫
Farzandlar bilan aloqani mustahkamlash dasturi:
1. Farzand bilan har kuni 20 daqiqa do‘stona suhbat (maktabi, o‘qishi haqida gapirmay va pand nasihatsiz).
2. Har kuni 5-10 marta ota-ona o‘z farzandlariga mehr-muhabbat hislarini izhor qilishi.
3. Har kuni 5 marta farzandning yaxshi axloqi, chiroyli amaliga maqtov aytish.
4. Har kuni farzandning o‘zini tutishi va ko‘rinishiga maqtov aytish (tabassumi, chiroyli, sog‘lom qadam tashlashi…)
5. Haftada bir marta farzand bilan uydan tashqaridagi mashg‘ulotni birga bajarish (piyoda yurish, sport bilan shug‘ullanish, avtoulovda sayr qilish…), besh daqiqa bo‘lsa ham.
6. Hayot asoslarini bolada paydo qilish uchun uyqudan oldin har kuni «Falon yaxshi ishni bajarganingda, o‘zimni juda baxtiyor his qildim», “Ukangga qaraganing – juda katta ish”, «Falon kelishuvimizga amal qilganing men uchun faxr» kabilar orqali o‘z rizoligingizni bildirib turing.
🐈 Mushuklardan birini tanlang va hozirgi holatingiz haqida bilib oling!
@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!
🐈 1 - Mushuk
Oq mushuk haqida ogohlantirish.
Agar siz ushbu rasmni tanlagan bo'lsangiz, endi siz hayotingizda hal qiluvchi davrdasiz.
Ko'p narsa sizning hozirgi ishlaringiz va harakatlaringizga bog'liq.
Endi to'g'ri tanlov qilish, his-tuyg'ularingizni nazorat ostida ushlab turish, toksik odamlarni hayotingizdan olib tashlash juda muhimdir.
🐈 2 - Mushuk
Tashvishlangan holatdagi mushuk .
Agar siz ushbu yoqimli jonzotni tanlagan bo'lsangiz, bu vaqt ichida sizda ko'p narsalar va muammolar mavjud.
Siz uchun bu qanchalik qiyinligini kam odam tushunadi, chunki tashqi tomondan siz xotirjamsiz va odatdagidek ko'rinasiz.
Siz mag'rur odamsiz va sizga eng kerakli paytda ko'pincha qo'llab-quvvatlashsiz qolasiz.
🐈 3 - Mushuk
G'azablangan mushuk.
Biror narsa noto'g'ri bo'lib ketdi va siz hozirgi paytda ichki bezovtalanasiz.
Ehtimol, kimdir sizni xafa qilgandir, yoki siz noxush oqibatlarga olib keladigan tahlikali harakatlarga rozi bo'ldingiz.
🐈 4 - Mushuk
Mamnun holdagi mushuk.
Siz xotirjamsiz. Juda kam uchraydigan holat.
Odatda sincaplar kabi dumlari bo'lgan bu qor-oq go'zalliklar ko'pincha biror narsadan mamnun emaslar.
Bir lahza hamjihatlik va farovonlikdan zavqlaning.
Bu uzoqroq tursin.
🐈 5 - Mushuk
Kutayotgandek turgan mushuk.
Agar sizning qarashingiz ushbu hayvonga joylashtirilgan bo'lsa - endi sizda kutish vaqti bor.
Siz allaqachon bajarilgan ishlardan ko'proq narsani qila olmasligingizni tushunasiz va shunchaki kutishingiz kerak.
Siz muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilyapsiz, deyarli bunga aminsiz.
🐈 6 - Mushuk
Aybdordek turgan mushuk.
Ehtimol siz beparvolik qildingiz va buni tushundingiz.
Siz o'zingizni aybdor his qilasiz va muammo kutmoqdasiz.
Siz yoqimsiz va tashvishdasiz.
Ushbu muammoli davr imkon qadar tezroq tugasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |