Barcha ma’lumotlar
|
Relevant ma’lumotlar
|
1-variant Modernizatsiya
qilmaslik
|
2-variant Modernizatsiyalash
|
1-variant Modernizatsiya
qilmaslik
|
2-variant Modernizatsiyalash
|
Tushum
|
2 000 000
|
2 000 000
|
-
|
-
|
Xarajatlar:
|
|
|
|
|
Asosiy
materiallar
|
1 000 000
|
1 000 000
|
|
|
Ishlab chiqarishdagi ishchilarning
ish haqi
|
400 000
|
360 000
|
400 000
|
360 000
|
Modernizatsiya
xarajatlari
|
-
|
30 000
|
-
|
30 000
|
Jami:
|
1 400 000
|
1 390 000
|
400 000
|
390 000
|
Foyda
(soliqqacha bo‘lgan)
|
600 000
|
610 000
|
-
|
-
|
Farqi
|
10 000
|
10 000
|
Jadvalning «barcha ma’lumotlar», deb nomlangan ikkita ustunida har ikkala variantlar bo‘yicha barcha ma’lumotlar berilgan. Tahlil ma’lumotlari ko‘rsatib turibdiki, mabodo modernizatsiya qilish varianti qabul qilinadigan bo‘lsa, boshqa barcha teng holatlarda, xarajatlar kamayadi va shunga muvofiq tarzda foyda miqdori 10 000p.b.ga ko‘payadi.
Jadvalning «relevant ma’lumotlar», deb nomlangan ikkita ustunida esa nomiga mos ravishda har ikkala variantlar bilan bog‘liq bo‘lgan faqat relevant ma’lumotlar keltirilgan, ya’ni bular: ishlab chiqarishda band bo‘lgan asosiy ishchilarning ish haqi xarajatlari hamda modernizatsiyalash xarajatlari. Qolgan barcha xarajatlar ushbu variantlarni ko‘rib chiqishda relevant emas deb qaraladi, chunki ularning miqdorlari har ikkala variantda ham hech qachon o‘zgarmaydi.
Ushbu misolda xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati bilan bog‘liq kam sonli va shu bilan birga umumlashtirilgan bir nechta ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqdik.
Endi faraz qilaylik, istalgan xo‘jalik yurituvchi subyektning kundalik hayotda eng yaxshi boshqaruv qarorini qabul qilish uchun tavsiya etilayotgan ma’lumotlar tizimi, ko‘rsatkichlar shakllanadigan axborot va hisobot bazalari qanchalik keng miqdorda bo‘ladi. Qolaversa barcha mutaxassislar ana shu ma’lumotlarning o‘z sohasiga bog‘liq bo‘lganlarini albatta tushunishadi, ular ustida ishlaydi, lekin ularning barchasini yagona bir tizimga solib «yagona organizm» sifatida tushunavermaydi. Samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun esa bir nechta alternativ variantlarni shakllantirish kerak, ularning ichidan eng optimalini tanlash uchun yana tahliliy amallarni bajarish kerak. Shunda ma’lum bo‘ladiki, barcha ma’lumotlarni hisobga olish, ular ustida tahliliy amallarni bajarishdan ko‘ra faqat relevant axborotni ko‘rib chiqish sizning hisob-kitob, ya’ni tahliliy ishlaringizni tezlashtiradi va osonlashtiradi.
Alternativ variantlar bo‘yicha xarajat va daromadlardagi farq o‘suvchi xarajat va daromadlar deb ataladi, shuningdek differensial
yoki sof relevantli ham deyiladi. Bizning misolimizda o‘suvchi daromadlar 10 000 p.b.ni tashkil qiladi.
Rahbariyatga buxgalter faqat relevant axborotni kiritishi kerak bo‘ladi, albatta bunga alohida olingan har bir rahbarning didi, talabi va odatlarini unutmasligi darkor. Alternativ loyihalarning xarajat va daromadlar moddalari bo‘yicha o‘zgarishini taqqoslash uchun foydalanadigan uslub o‘sish tahlili deyiladi. Ushbu uslub qo‘llanilib tuzilgan hisobot qaror qabul qiluvchiga variantlarni baholashni osonlashtiradi, eng yaxshi variantni tanlashda hamda tahlil qilishga ketadigan vaqtni qisqartiradi.
Aksariyat xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari ko‘pincha bozorning o‘rtacha bahosidan past, ba’zida esa o‘z tannarxidan ham past baholardagi maxsus buyurtmani qabul qilish kerakmi yoki yo‘q degan muammoga duch keladi. Bunday buyurtmalar, odatda, ko‘p miqdordagi bir xil mahsulotlardan iborat bo‘lib, ular ko‘tarasiga (masalan, katta konteynerga yoki korobkalarga o‘rab joylashtirish) sotiladi. Bunday buyurtmani rahbariyat kutmaganligi sababli, bunday bir martalik buyurtmalar yillik sotish va xarajatlar rejasiga kiritilmagan bo‘ladi. Bu buyurtmalar faqat bir martalik, ya’ni aniqrog‘i tasodifan sodir bo‘lganligi uchun, ular keyingi yillardagi daromad va xarajatlar prognoziga kiritilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ularni faqat ishlab chiqarish quvvati imkon bergandagina qabul qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |