Yoqasi yo'q yengil kiyimlarda bo'yin o'miziga bir nechta usullar bilan ishlov berilishi mumkin: adip bilan, magüz Chok bilan, oddiy va bilan.
Bu usullardan eng ko'p qo'llaniladigani adip bilan ishlov berishdir (77-rasm).
a
77-rasm
Adi pning ichki qirqimlari maxsus mashinadayo'maladi yoki 0,5-0,7 sm bukib, universal mashinada tikiladi. Tayyor adip o'ngini kiyimning o'ngiga qaratib, o'rńiz chetiga qo'yiladi va 0,7 sm kenglikdagi ag'darma chok bilan tikiladi. Adip kiyimning teskarisiga ag'darib o'tkazib, ag'darma chok to'g'rilanadi va keyin adi pga bostirma chok bilan tikiladi. Bunda ba.xyaqator ag'darma chokdan 0,2-0,3 sm masofada o'tadi. Adi pning ichki ziylari qo'lda qaviq solib yoki yohirin ba.xyali maxsus mashinada puxtalab chatib qo'yiladi.
Yoqa o'mizi mag'iz chok bilan tikiladigan bo'lsa, unga qo'yiladigan mag'iz bir qavat yoki qo'sh qavat bo'ladi, mag'izlar tanda ipiga 450 qiyalatib bichiladi. Mag'iz o'ngi pastga qaratib, yoqa o'mizining o'ngi ustiga qo'yiladi va 0,5-0,7 sm kenglikdagi ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'izni o'miz atrofiga o'rab, kiyim teskarisiga o'tkaziladi, chok to'g'rilanadi va kiyim o'ngidan ag'darma chok yonidan baxyaqator yuritiladi. Mag'iz chetlari yuqoridagi kabi chatib qo'yiladi (78-rasm, a). Yoqa ikkala qirqimi yopiq mag'iz chok yoki qo'sh qavatli mag'iz chok bilan ham ishlov berish mumkin.
a
78-rasm
Ikkala qirqimi yopiq mag'iz bilan ishlov berishda mag'izning o'ngi kiyim o'ngiga qaratib qo'yiladi va 0,5 sm kenglikda ag'darma chok bilan tikfladi, mag'izning o'miz atrofiga o'rab, kiyim teskarisiga o'tkaziladi, ikkinchi qirqimi ichiga 0,5 sm bukib, mag'izning ziyi birinchi chpkni yopadigan qilib to'g'rilanadi va ko')dab olinadi, so'ngra kiyimning o'ngidan ag'darma chokining yonidan baxyaqator yurgiziladi (78-rasm, b).
Qo'sh qavat mag'iz bilan ishlov berishda mag'iz ikki baravar kengroq bichiladi va teskarisini ichkariga qaratib uzunasiga ikki buldab dazmollab olinadi. So'ngra qirqimlarini yoqa o'miziga to'g'rilab ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'izni ag'darib kiyimning teskari tomoniga o'tkaziladi va chokni to'g'rilab ko'klanadi, bunda mag'izning buldangan ziyi ag'darma chokni yopib turishi kerak. So'ngra kiyimning o'ngidan birinchi chokning ustidan baxyaqator yuritiladi (78-rasm, v).
Yoqa o'miziga planka bilan ishlov berishda (79-rasm) plankaning o'ngi kiyimning teskari tomoniga qaratib qo'yiladi va ag'darrna chok bilan biriktiriladi.
79-rasm
Keyingi ishlov berish paytida tonilib qolma.sligi uchun o'mizning burchaklari yoki burilgan joylarida chok haqi ker,tib qo'yiladi. Planka kiyimning o'ng tomoniga ag'darib o'tkaziladi, planka tomonidan O, I -0,2 smli kant hosi] qilinib, chok to'g'rilanadi. Plankaning ikkinchi tomonidagi qirqimlari ichkari tomonga 0,5-0,7 sm bukilib ko'klab olinadi, so•ngra plankaning bukilgan ziyidan 0,1-0,2 sm kenglikda baxyaqator yuritiladi.
Plankani bezak bilan ishlov t*rishda to'rlar, qo'yma burmalar va kantlar qo'yilgan bo'lishi mumkin.
To'rlar yoki qo'yma burmalar ikki qator bo'sh baxyaqator yuritilib burmalari tayyorlab olinadi, so'ngra plankaning tashqi qirqimlariga burmali tomonlarini to'g'rilab, o'ngini o'ngiga qaratib joylashtiriladi va universal mashinada burma baxyaqatorlarining 0' rtasidan tikiladi.
Bezakli plankani oddiy planka kabi kiyimga biriktiriladi, bezak ulangan choklari ichkariga bukilib, to'g'rilanadi va ko'ldab olinadi. Planka ziyidan O, I -0,2 sm masofada baxyaqator yuritib bostirib tikiladi (80-rasm, a,b).
Planka kant bilan bezaladigan bo'lsa, avval kantning teskarisini ichiga qilib uzunasiga ikki buklab dazmollab olinadi, so'ngra
plankaning o'ngiga, tashqi qirqimlari ochiq tomonini qaratib joylashtiriladi va kantning buklangan ziyidan mcxle14a ko'rsatilgan masofada ((), I -0,5 sm) biriktirib tikiladi. Keyingi ishlov berish to'rli yoki burmali planka kabi bajariladi (80-rasm, v).
Do'stlaringiz bilan baham: |