Mollarni go ‘shtga boqish va semirtirish
Mollami go‘shtga boqishda ulaming zoti, zotdorligi va mahsulot yo'nalishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qoramollar go‘shtga semirtirilganda ulaming ich- ki va teri osti moy qavati ko‘payadi. Ayrim hollarda muskullari oralig‘idagi moy to'qimi miqdori ortadi. Bu hol ko‘proq go‘shtdor zotli mollarga xosdir. Semirti- rish natijasida ulaming go‘shti «marmarsimon»: ya’ni bir qavat go‘sht va bir qavat moy to‘qimasidan tashkil topgan bo'ladi. Natijada go‘shtning mazasi ortadi, u lazzatli, mayin va tezpishar bo‘ladi.
Mollami go‘shtga boqishda eng muhim omil ulami yuqori sifatli, to‘yimli, vitaminlarga boy yem- xashak bilan ta'minlash, hamda yaxshi parvarishdan hisoblanadi. Go‘shtga boqishni birqancha tiplari bo‘lib, bunda ularga beriladigan yem-xashak turlari bilan belgilanadi. Masalan, yem bilan boqilsa «yem tipi»,
30
silos bilan boqilsa «silos tipi», senaja bilan boqilsa
«senaj tipi» va h.k. Deb nomlanadi. Mollarni so‘qimga boqishda ular ratsionida ma’lum miqdorda osh tuzi ham bo‘lishi lozim.
Mollami go‘shtga boqishni jadal usulda olib borish qisqa vaqt ichida yuksak darajada sifatli go‘sht yetishtirish bilan bir qatorda mol organizmidagi barcha imkonini go‘sht tayyorlashga yo‘naltiriladi. Yosh hayvonlari esa bir vaqtni o‘zida ham o‘sadi, ham semiradi. Bu borada mollami so‘qimga boqish tadbirlarini sanoat asosiga ko‘chirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani, yirik ixtisoslashtirilgan yuksak ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan sanoat tipidagi komplekslarda hozirgi zamon ilg‘or texnologiyasi asosida mahsulot yetishtirishdan iborat.
Mol go‘shti yetishtirishga ixtisoslashgan komp- lekslar barcha turdagi fermalardan o‘zining texnolo- giyasi va mexanizatsiya darajasi, hamda mehnat unumdorligi yuksakligi, mahsulot tannarxining arzon- ligi bilan farq qiladi. Boshqacha aytganda, barcha texnologik ishlar insonning qo‘l mehnatisiz, avtomatlar va mexanizmlar yordamida bajariladi. Jumladan, mol- xonalami isitish, yem-xashak tarqatish, mollami sug‘o- rish, go‘ng chiqarish va h.k.lami ko‘rsatish mumkin.
Mollami go‘shtga boqishda, albatta, o‘lka xususiyati, iqlim sharoiti, boqishning ilg‘or va zamonaviy usullari diqqat markazida bo‘lishi talab etiladi.
Ma’lumki, go‘sht kombinatlari va kushxonalar so‘yish uchun barcha turdagi chorva mollami jamoa, shirkat va davlat xo‘jaliklaridan, bo‘rdoqichilik ferma, hamda barcha turdagi davlat, shuningdek, fermer xo‘jaliklaridan sotib oladi.
Hayvonlami jadal usulda go‘shtga semirtirish ko‘p va sifatli go‘sht yetishtirishda muhim omil hisobla- nadi. Hayvonlami go‘shtga boqish asosan ikki xil usulda bajariladi. Birinchisi - hayvonlami bog‘lab
31
yoki bog‘lamasdan maxsus ajratilgan xona yoki maydonchalarda guruhlab, qo‘ldan yem-xashak be- rib boqish hisoblanadi. Ikkinchisi - hayvonlami yay- lovda yayratib boqishdan iborat. Shunday qilib, so‘yishga topshiriladigan mollar yirik vaznli, semiz va go‘shtdorlik belgilari yaxshi ifodalangan bo‘lishi lozim. Agar mollaming semizlik darajasi o‘rtacha semizlikdan past bo‘lsa va buzoqlar nihoyat oriq boisa, ulami so'yish uchun qabul qilinmaydi. Ayrim hollarda, agar xo‘jalikda ulami semirtirish imkoni boimasa, bunday mollar qabul qilinishi mumkin.
Mollami go‘shtga semirtirishdan asosiy maqsad ular vaznini oshirish bilan bir qatorda go‘sht sifatini yaxshilash va miqdorini ko‘paytirish hisoblanadi. Agar hayvonlar yuqori darajada semirtirilsa, ulaming dastlabki tirik vazni o‘rtacha 25-30 foizga ortadi. Shunga ko‘ra ulaming go‘sht chiqimi ham ko‘payadi, go‘sht sifati yaxshilanadi, mazasi yuqori darajada bo‘ladi.
Sifatli go‘sht yetishtirish uchun asosan 1,5-2,5 yosh- li novvoslar go‘shtga semirtiriladi. Bunday mollami bir vaqtning o‘zida o‘sishi va rivojlanishi davom etadi, hamda go‘shtdorlik xususiyatlari yuksalib boradi. Ayniqsa, muskulaturasida go‘sht miqdorining ortishi jadallashadi. Yirik, katta yoshli mollami go‘shtga semirtirishda dastlab ular tanasida, ayniqsa, ichki organlari atrofida va teri ostida ko‘p miqdorda moy to‘planadi. Binobarin, ulaming semirishi muskul to‘qi- ma va tolalarining kengayishi va o‘sishi hisobiga amalga oshadi.
Go‘shtga semirtiriladigan novvoslar maxsus mol- xonalarda, talab etilgan harorat, namlik yaratilgan holda saqlanadi. Xonalarda ventilyatsiya bo‘lishi talab etiladi. Mollarga yem-xashak tarqatish, oziqlantirish markazdan boshqariladi. Binobarin, yem-xashak oziq tarqatgich yordamida to‘ppa-to‘g‘ri mollaming oxuriga
32
solinadi. Dag'al oziq, ildiz mevalar oziq maydalagichda maydalanib, boshqa turdagi yem-xashaklar bilan omixta qilingan holda, to‘yimliligini yuqori darajaga ko‘tarib, so‘ng hayvonlarga tarqatiladi.
Hayvonlami sug‘orish ishlari gumh holda avtomatik sug‘orgichlar yordamida bajariladi. Xonani tozalash, dezinfeksiyalash va suyuq go‘ngni chiqarib tashlash ishlari ham mexanizatsiya gardaniga yuklanadi. Shu- ningdek, barcha turdagi zooveterinariya tadbirlari, kompleks mexanizatsiya qo‘l mehnati sarfini tejash, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini arzonlash- tirish va, nihoyat, hayvonlami jadal holda semirti- rib, yuqori konditsiyada go‘shtga topshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |