Jinsiy hujayralar ishtirok etmasdan, balki somatik hujayralar ishtirokida nasllarning gallanishi va rivojlanishiga jinssiz ko‘payish deyiladi.
Jinssiz ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, quyidagi xillarga bo‘linadi:
Bo‘linish
Ko‘p bo‘linish (shizagoniya)
Sporalar orqali
Kurtaklanish
Vegetativ
Regeneratsiya orqali
Ko‘pchilik bir hujayrali sodda hayvonlar (amyoba, avglena, tufelka) teng ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.
Bir hujayrali suv o‘tlari (xlorella, xlomidomonada), sporalilar bir necha bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan ko‘payadi, ko‘p bo‘laklarga bo‘linib ko‘payish – shizogoniya deyiladi.
Bir va ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish usullaridan biri kurtaklanishdir. Misol uchun achitqi va gidralar.
Kurtaklanib ko‘payishda, dastlab, ona organizm tarkibida yadrosi bo‘lgan bo‘rtma hosil bo‘ladi. U o‘sib ona organizm darajasida kattalashadi, so‘ngra ajralib mustaqil yashaydi. Ko‘p hujayrali chuchuk suv gidrasida kurtak hujayralar guruhidan iborat bo‘lib, kurtaklar ona organizm tanasi hisobiga oziqlanib, tez rivojlanadi. Ularning uchida paypaslagichlari va og‘iz teshigi paydo bo‘ladi. Yosh gidralar biroz o‘sgandan keyin ona organizmdan ajralib mustaqil yashay boshlaydi.
O‘simliklar orasida vegetativ ko‘payish keng tarqalgan bo‘lib, ular qalamchalari, gajaklari, ildiz bachkisi, tugunaklari, piyozchalari va ildizpoyalari orqali ko‘payadi. Kartoshka, batat, shoyigul tugunaklari yordamida, tol, terak, tok, qoraqat qalamchalari yordamida, olma, yantoq, olcha, terak kabilar ildiz bachkisi bilan, qulupnay gajaklari orqali, begoniya bargi, ildiz tugunaklari, iloq, g‘umay, shirinmiya, ajriq, hilol ildizpoyalari orqali ko‘payadi. Misol uchun hilol tugunagi hisobiga 1m2 joyda 1800 tagacha o‘simlik hosil qiladi.
Ayrim hayvonlarda ham vegetativ ko‘payish kuzatiladi. Halqali chuvalchanglar tanasi bir necha bo‘lakka bo‘linganda ularning har biridan alohida organizm rivojlanadi. Hayvonlarda kuzatiladigan vegetativ ko‘payish asosida regeneratsiya yoki yo‘qotilgan qismni qayta tiklash yotadi. Regeneratsiya umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlar (sudralib yuruvchilar) uchun xosdir.
Jinssiz ko‘payishda hosil bo‘lgan avlod ona organizmning aynan o‘xshashi bo‘ladi. Jinssiz ko‘payishning biologik ahamiyati, organizmning tez ko‘payishi va ko‘p avlod hosil bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Jinssiz ko‘payish asosida mitoz ko‘payish yotadi.
O‘qituvchi yangi mavzuni umumlashtirib slaydlar va o‘quv filmlar orqali xulosa yasaydi.
Mustahkamlash: bunda o‘qituvchi biologik diktant beradi.
Ikki jinsli hayvonlar_______________deb ataladi.
_____________ bu urug‘lanmasdan tuxum qo‘yib ko‘payish.
Ko‘payish usuli 2 xil __________ va ___________bo‘ladi.
Ko‘p bo‘laklarga bo‘linish _____________ deb ataladi.
Achitqi zamburug‘i va gidralar ______________ orqali ko‘payadi.
O‘quvchilar bilimi baholanadi va rag‘batlantiriladi. Uyga vazifa mavzuni o‘rganish, mavzu yuzasidan test savollari tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |