Дастурлаш асослари


Fan bo'yicha talabalarning bilimiga, ko'nikma va



Download 5,59 Mb.
bet63/90
Sana15.06.2022
Hajmi5,59 Mb.
#674164
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Bog'liq
UMK Python dasturlash tili (107-buyruq bcha) 2021-2022

Fan bo'yicha talabalarning bilimiga, ko'nikma va
malakasiga qo'yiladigan talablar
Python dasturlash tili fani bo'yicha talabalar bilimi va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
- dasturlash tillarida chiziqli algoritmlarni va dasturlarini tuzishni biladi;
- tarmoqlanuvchi jarayonlarni algoritmlarni va dasturlarini tuzishni biladi;
- takrorlanuvchi jarayonlarni algoritmlarni va dasturlarini tuzishni biladi;
- massivlarga doir algoritm va dasturlarni tuzishni biladi va qo'llay oladi;
- xotira modellaridan foydalana oladi.


Fanning o'quv rejadagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
«Python dasturlash tili» fani bir qator fanlar bilan uzviy bog'liqdir. Shu jumladan «Dasturlash tillari(C++)», «Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash tillari», «Dasturlash texnologiyasi» va «Tizimli dasturiy ta'minot» fanlarini bilish juda muhimdir. Fanni o'rganish natijasida ega bo'lingan bilimlar ixtisoslik fanlarini muvaffaqqiyatli o'zlashtirishda va bitiruv malakaviy ishini bajarishda o'z ifodasini topadi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o'rni
Hozirgi kunda kompyuter va kompyuter tarmoqlari yordamida talabalarga ta'lim berish borasida davlatimiz tomonidan muayyan ishlar olib borilmoqda. O'qitishning kompyuterlashgan, axborot va boshqa zamonaviy texnologik vositalardan (turli animatsiyalar, virtual laboratoriyalar va boshqalar) foydalanish hozirgi zamon talabidir.
Tajriba mashg'ulotlarini olib borishda, «Python dasturlash tili» fanidan tayyorlangan elektron darslik, elektron qo'llanmalar va Python dasturlash tili dasturiy ta'minotidan foydalaniladi.
Bundan tashqari, amaliy ishlarni bajarishda Pythondan foydalanib, dasturlar tuzish, har bir topshiriqni amaliy dasturlar bog'lami ko'rinishiga keltirish va kelajakda foydalanish uchun yo'riqnomalar tayyorlanadi.


Fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Ta'lim tizimini isloh qilish – bu ta'limning mazmunini yangilash, o'qitishning zamonaviy uslublarini tadbiq qilish, o'quv jarayonida yangi ta'lim vositalaridan foydalanishni yo'lga qo'yish demakdir. SHu bois bugungi kunda ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash zaruriyati vujudga keldi. Biz orzu qilayotgan ilg'or pedagogik texnologiyalar rivojlantiruvchi ta'lim tamoyillariga ega bo'lib, birinchi navbatda talaba shaxsiga yo'naltirilgan bo'lmog'i lozim.
Ilg'or pedagogik texnologiyalar – bu Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'zda tutilgan vazifalarni bajarishda qo'llanadigan asosiy pedagogik usuldir. Bu usulni qo'llash uchun quyidagi muammolarni hal qilish lozim:
- talabalarni mustaqil ta'lim olishlari uchun alohida sharoitlar yaratish;
- dars mashg'ulotlarida talabaning faolligini orttirish, buning uchun ko'proq interfaol uslublardan foydalanish;
- ta'lim jarayonida ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda tarixiy an'analarga, halqning boy ma'naviy me'rosiga tayanib umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan holda ish yuritish;
- ta'lim jarayonida noan'anaviy dars shakllaridan (musobaqa, konkurs, amaliy o'yinlar va h.k.) samarali foydalanish;
- dars jarayonida talabani o'qitish emas, ko'proq o'qishga bilim olishga o'rgatish;
- reproduktiv bilim berish usullaridan evristik uslublarga o'tish, olinayotgan natijalarni o'quvchining o'zi «ixtiro» qilishiga erishish.



Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish