Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni Erning puldagi chekli mahsuloti: Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun so`m. Demak



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana31.03.2022
Hajmi1,42 Mb.
#520231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13.1-Mavzu. Tashqi ta’sirlar va unga oid davlat siyosati.

17.2.Salbiy tashqi ta’sirlar 
Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir 
ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun 
chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sog`lig`i uchun zarar qilishi sabab, 
bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir 
ko`rsatadi? 
Tashqi ta’sir tufayli, alyuminiy ishlab chiqarishning 
jamiyat
uchun harajati 
alyuminiy ishlab chiqaruvchilar harajatidan katta bo`ladi. Ishlab chiqarilgan har bir 
alyuminiy birligi uchun 
ijtimoiy harajat 
alyuminiy ishlab chiqaruvchilari xususiy 
harajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar ko`rgan kishilar harajatini ham o`z 
ichiga oladi. 2-rasm alyuminiy ishlab chiqarishning ijtimoiy harajatini ko`rsatadi. 
Ijtimoiy harajat chizig`i taklif chizig`idan yuqori, chunki u alyuminiy ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi harajatlarni ham hisobga 
Alyuminiy 
bahosi 
Rasm 
Alyuminiy miqdori 
Muvozana

Taklif
(xususiy xarajat) 
BOZOR 
Talab
(xususiy 
qiymat) 
Alyuminiy bozori 
 
Talab chizig’i xaridorlar uchun 
qiymat va taklif chizig’i 
sotuvchilar uchun xarajatni aks 
ettiradi. Muvozanat miqdor, 
ya’ni Q
BOZOR
, xaridorlar uchun 
to’liq qiymat ayrilgan 
sotuvchilar to’liq xarajatini 
oshiradi. Tashqi ta’sirlar 
bo’lmaganda, shuning uchun, 
bozor muvozanati samaralidir.


281 
oladi. Ushbu ikki chiziq o`rtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish harajatini aks 
ettiradi.
Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob 
berish uchun biz yana bir marotaba ko`ngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner) 
nima qilishini ko`rib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy 
ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab 
chiqarish harajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi 
alyuminiy ishlab chiqarish harajati ifloslanish tashqi harajatlarini ham o`z ichiga 
olishini tushunadi. 
Reja tuzuvchi talab chizig`i bilan ijtimoiy harajat chizig`i kesishgan 
darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy 
vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab 
chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizig`i 
balandligi bilan o`lchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan 
(ijtimoiy harajat chizig`i balandligi bilan o`lchangan holda) oshib ketadi. Reja
tuzuvchi bu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qo`shimcha 
alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy harajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib 
yuboradi.
E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori – Q
bozor 
ijtimoiy maqbul 
miqdor – Q
maqbul
dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy 
harajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib chiqadi. Bozor muvozanatida 
chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan past narx 
beradi. Bu esa, ya’ni Q
bozor 
da, talab chizig`i ijtimoiy harajat chizig`idan past 
bo`ladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati 
darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi. 
Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir 
yo`li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar 
soliqqa tortilishi bo`ladi. Soliq o`zining miqdorida alyuminiy taklif chizig`ini 
yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini 
aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig`i ijtimoiy harajat chizig`i bilan bir to`g`ri 
chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar 
alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.


282 
Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni o`zlashtirish deb nomlanadi, chunki 
u bozorda sotuvchi va xaridorlarni o`z ishlari tashqi ta’sirlarini hisobga olishga 
undaydi. Alyuminiy ishlab chiqaruvchilar odatda qancha alyuminiy taklif qilishi 
haqida qaror qabul qilishda ifloslantirish harajatlarini ham hisobga oladi, chunki 
soliq ularni tashqi harajatlarini ham to`lashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab 
chiqaruvchilarga qo`yilgan soliqni ham aks ettirgani uchun, alyuminiy 
iste’molchilari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu siyosat 
Iqtisodiyotning o`nta tamoyillari
ning biriga asoslangan: odamlar ta’sirlarga javob 
qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi ta’sirlarni qanday hal 
qilishini chuqurroq ko`rib chiqamiz. 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish