Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni Erning puldagi chekli mahsuloti: Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun so`m. Demak


Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana16.03.2022
Hajmi1,42 Mb.
#493757
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
13.1-Mavzu. Tashqi ta’sirlar va unga oid davlat siyosati.

Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar 
Qog`oz zavodi va po`lat zavodi misoliga qaytadigan bo`lsak, keling tasavvur
qilaylik, iqtisodchilar maslahatiga qaramay, EPA tartibga solishni joriy qiladi va 
har bir zavoddan yiliga 300 tonna chiqindi miqdorida ifloslanishni kamaytirishni 
talab qiladi. Keyin bir kuni, tartibga solish amalda va har ikki zavod unga rioya 
qilgan paytda, ikkala firma EPAga taklif bilan murojaat qiladi. Po`lat zavod 100 
tonna chiqindi miqdorida chiqindi chiqarishni oshirishni istaydi. Qog`oz zavodi 
po`lat zavodi unga 5 million dollar to`lasa, o`sha miqdorda o`z chiqindi 
chiqarishini kamaytirishga rozi bo`ladi. EPA bu ikki fabrikalar ushbu shartnomani 
amalga oshirishiga ruxsat berishi kerakmi? 


288 
Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan, shartnomaga ruxsat berish yaxshi 
siyosat. Ular ixtiyoriy ravishda rozi bo`layotgani bois, shartnoma ikkala zavod 
egalariga foydali bo`lishi kerak. Bundan tashqari, shartnoma hech qanday tashqi 
ta'sirga ega emas, chunki ifloslanish umumiy miqdori bir xil bo`lib qolmoqda. 
Shunday qilib, qog`oz zavodining po`lat zavodiga ifloslantirish huquqini sotish 
uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kelib chiqadi. 
Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har 
qanday ixtiyoriy o`tkazish uchun amal qiladi. Agar EPA firmalarga bunday 
shartnomalar qilish imkonini beradigan bo`lsa, u, o`z mohiyatiga ko`ra, yangi 
noyob resurs, ya’ni ifloslantirishga ruxsatnoma, yaratadigan bo`ldi. Bu 
ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo bo`ladi va bu 
bozor talab va taklif kuchlari tomonidan boshqariladigan bo`ladi. Ko`rinmas qo`l 
bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi. 
Ya'ni, to`lashga o`z tayyorligi bilan aniqlanadigan ruxsatni eng yuksak 
baholaydigan firma qo`lga kiritadi. 
Firmaning to`lash uchun xohishi, o`z navbatida, ifloslanishni kamaytirish 
harajatiga bog`liq bo`ladi: Ifloslanishni kamaytirish firma uchun qanchalik ko`p 
harajatli bo`lsa, ruxsatnoma uchun to`lashga shunchalik ko`p tayyor bo`ladi. 
Bozorlar uchun ifloslantirish ruxsatnomalariga yo`l qo`yish afzalligi 
shundaki, firmalar o`rtasida ifloslantirish ruxsatnomalari boshlang`ich taqsimoti 
iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim emas deb hisoblanadi. Faqat 
ifloslanishni arzon harajatlar bilan kamaytirishi mumkin firmalar ruxsatnomalarni 
sotadi va yuqori harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar o`zlariga 
kerak miqdorda ruxsat sotib oladi. Ifloslantirish huquqlari uchun erkin bozor bor 
bo`lgani tufayli, boshlang`ich taqsimotdan qat'iy nazar so`nggi taqsimot samarali 
bo`ladi. 
Ifloslantirish ruxsati yordamida ifloslanishni kamaytirish tuzatuvchi
soliqlardan farqli ko`rinsa-da, ikki siyosat ko`p umumiy jihatlarga ega. Har ikki 
holatda ham, firmalar ifloslanish uchun to`laydi. Tuzatuvchi soliqlar bilan atrof-
muhitni ifloslantiruvchi firmalar hukumatga soliq to`lashi kerak. Ifloslantirish 
ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun to`lashi 
kerak. (Hatto allaqachon o`z ruxsatnomasiga ega firmalar ham ifloslanish uchun 
to`lashi shart: ular ochiq bozorda o`z ruxsatnomalarini sotishdan olgan miqdor 
ifloslantirish imkoniyati harajatidir.) Tuzatuvchi soliqlar va ifloslantirish 
ruxsatnomalari ikkalasi ham firma uchun ifloslantirishni harajatli qilish orqali 
tashqi ta'sirni o`zlashtiradi. 
Ikki siyosat o`xshashligini ifloslantirish bozorini tahlil qilish orqali kor’rish 
mumkin. 4-rasmdagi ikkala chizmalar ifloslantirish huquqi uchun talab chizig`ini 
ko`rsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari qanchalik past bo`lsa, firmalar 
ifloslantirishni shunchalik ko`proq tanlashini ko`rsatadi. (a) chizmada EPA 
ifloslantirish uchun narx belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu 
holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal elastik (chunki 
firma soliq to`lash orqali ular istaganicha ko`p ifloslantirishi mumkin) va talab 
chizig`i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish 


289 
ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab beradi. Bu holda, 
ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal noelastik (chunki 
ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni bilan belgilanadi), va talab egri chizig`i 
vaziyati ifloslanish narxini belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq bilan narx 
belgilash orqali, yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni o`rnatish orqali 
berilgan talab egri chizig`ining har qanday qismiga erishishi mumkin. 
Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq undirishdan 
ko`ra yaxshiroq bo`lishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna dan kam chiqindi 
tashlanishini istaydi. Lekin EPK ifloslanish talab chizig`ini bilmasligi tufayli, bu 
maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u 
shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim oshdi savdosiga qo`yishi mumkin. Kim 
oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi. 
Hukumatning ifloslantirish huquqini kim oshdi savdosiga qo`yish g`oyasi 
avvaliga biror iqtisodchi tasavvurining mahsulidek tuyulishi mumkin. Aslida ham 
g`oya shunday boshlangan. Lekin borgan sari, EPA ifloslanishni nazorat qilish 
yo`li sifatida bu tizimdan foydalanib kelgan. Taniqli muvaffaqiyat yakunlangan 
hikoya kislota yomg`iriga sabab bo`luvchi oltingugurt dioksidi (SO
2
) masalasi edi. 
1990-yilda, Toza havo akti (Clean Air Act) o`zgartirishlar kiritilishi elektr 
zavodlaridan katta miqdorda SO
2
chiqindilarini kamaytirishni talab qildi. Shu bilan 
birga, o`zgartirishlar zavodlarning SO

ruxsatnomalarini savdo qilishiga ruxsat 
berish tizimini o`rnatdi. Dastlab sanoat vakillari va ekologlar taklifni salbiy qabul 
qilgan bo`lsa-da, vaqt o`tishi bilan bu tizim eng kam uzilish bilan ifloslanishni 
kamaytirishi mumkinligi isbotlandi. Ifloslantirishga ruxsatnomalar, tuzatuvchi 
soliqlar kabi, hozir muhitni toza saqlab qolish uchun iqtisodiy samarali yo`l 
sifatida qaraladi. 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish