Educational materials


Ekologik tahlilning mohiyati



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

 
Ekologik tahlilning mohiyati 
Hozirgi davr ilmiy texnika taraqqiyotining jadallashishi va insonning tabiatga 
ta’siri kuchayganligi bilan ajralib turadi. Bu holatni xisobga olgan holda mikro va 
makro ko’lamda tuzilayotgan loyihalardan har birining ekologik muvozanatga 
ta’siri mustaqil ekologik ekspertlar tomonidan baholanishi shart. Agar tijorat 
loyihalari ekologik muvozanatga salbiy ta’sir etsa bunday loyihalar 
moliyalashtirilmaydi. Shu bilan birga davlat tomonidan ekologiyani yaxshilashga 
qaratilgan notijorat loyihalari ishlab chiqiladi. Bunday loyihalarning asosiy 
maqsadi foyda olish emas, balki ekologik muvozanatni barqarorlashtirish va 
aholining salomatligini mustaxkamlashdan iborat.
Xalqaro nodavlat tashkilotlari, misol uchun, EKOSAN kabi tashkilotlar 
ma’lum grant loyihalarini amalga oshiradi. Umuman olganda, ekologik loyihalar 
grantlar, davlat byudjeti va xomiylarning mablag’lari xisobiga amalga oshriladi. 
Investitsiya loyihalar ham ekologik tahlildan o’tkazilishi talab etiladi. Agar 
loyihada ekologik vaziyatga (suvga, xavoga, o’ismlik dunyosiga va 
boshqalarga)ta’sir etuvchi tsex yoki asbob-uskunalar bo’lsa, ularning ekologiyaga 
ta’sirini yo’qotish uchun qo’shimcha loyiha-smeta xujjatlari tuziladi. Masalan, 
oddiy transport vositalaridan foydalanishni ko’paytirish yangi trassalar qurishni 
taqozo etadi. Bu esa o’z navbatida landshaftning o’zgarishi, aholi oqimining 
oshishiga olib keladi. Ayrim hollarda shu joyning an’analariga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi.
Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi atrof-muhit havosi zararli chiqindilar 
bilan ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda bu salbiy natijalarni 
samara natijalari bilan taqqoslash va bu nisbatni chuqur tahlil qilish zarur. 
Ekologik tahlilning asosiy vazifasi loyiha natijasida yuzaga kelishi mumkin 
bo’lgan potentsial zararni oldindan belgilash va uning ta’sirini yumshatish yoki 
batamom tugatish yo’llarini topishdir. Bu jarayon loyihada ko’zda tutilgan 
natijalarga salbiy ta’sir ko’rsatishi kerak emas. Tashqi muhit «tabiiy kapital 
bo’lib», u iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi. Noto’g’ri rejalashtirilgan loyihalar 
esa uning buzilishiga, milliy kapitalning emirilishiga olib kelishi mumkin. 
Ekologik boshqarishning vazifasi aholining tabiiy ta’sirlarga bo’lgan talabi 
bilan atrof-muhitning shu talabni qondira olish imkoniyatlari orasidagi 
muvozanatni (balansni) topishdan iborat. Loyihalarni amalga oshirish «ekologik 
sig’im» potentsialini kamaytirishi kerak emas. Loyihalarni amalga oshirishdan 
oldin ularning atrof-muhitga muhim ta’sirlarini belgilash, loyihalar ta’siri asosida 
muhit buzilib ketgandan keyin uni o’z holiga keltirishdan afzalroqdir. 


Shuning uchun har qanday loyihaning ekosistemaga keltiradigan salbiy 
oqibatlarini chuqur tahlil qilish talab etiladi. Agar loyiha ekosistemaga me’yordan 
yuqori salbiy ta’sir ko’rsatadigan bo’lsa uni yangidan ko’rib chiqish, shundan 
keyin ham vaziyat o’zgarmasa undan voz kechish zarur. Ekosistema bitta davlat 
xududidagi muammo emas, balki uning o’zgarishi butun er shariga ta’sir ko’rsatadi 
(masalan, Orol muammosi). Shuning uchun ekosistemani tahlil kilinganda bir 
mamlakat manfaatlaridangina kelib chiqish kerak emas. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish