fuqarolik ishlari hamda ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlar bo`yicha
sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni
amalga oshiradi;
jinoiy ishlar bo`yicha dastlabki tergovda va sudda himoyachi, jabrlanuvchining
vakili, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar
sifatida ishtirok etadi;
tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko`rsatadi. Advokat qonun hujjatlarida man
etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko`rsatishi mumkin.
Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Advokatlik siri jumlasiga mijoz
advokatdan yordam so`rab murojaat etganligining o`zi, mijoz yordam so`rab
murojaat etgan masalalar, advokatdan mijoz olgan maslahatlar, nasihatlar va
tushuntirishlarning mohiyati, advokatning mijoz bilan o`tkazgan suhbatida to`xtab
o`tilgan barcha masalalar kiradi.
Advokat, advokat yordamchisi, advokatlar byurolari, hay'atlari va firmalari
mansabdor shaxslari va texnik xodimlarining advokatlik siri bo`lmish ma'lumotlarni
oshkor etishi va bu ma'lumotlardan o`z manfaatlari yoki uchinchi shaxslar
manfaatlari yo`lida foydalanishi man etiladi.
Advokatning kasbga oid huquqlari, sha'ni va qadr-qimmati qonun bilan
qo`riqlanadi. Advokatlarning kasbiy faoliyatiga u yoki bu tarzda aralashish, ular o`z
kasbiy vazifalarini bajarayotganda olgan muayyan ma'lumotlarni oshkor etishni talab
qilish, shuningdek advokatlar birlashmalarining mansabdor shaxslaridan va texnik
xodimlaridan xuddi shunday ma'lumotlarni talab qilish taqiqlanadi. Advokat o`z
kasbiy vazifalarini bajarayotganida unga biror-bir shaklda ta'sir o`tkazishga yo`l
qo`yilmaydi.
Advokat himoyachilik yoki vakillik vazifasini bajarayotganda o`ziga ma'lum
bo`lib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh sifatida so`roq qilinishi mumkin emas.
Advokat kasbiy vazifalarini bajarishi munosabati bilan qo`lga kiritgan advokatlik
dalillari (ashyolari), hujjatlari undan olib qo`yilishi yoki ko`zdan kechirilishi mumkin
emas, shuningdek uning o`zi yuridik yordam ko`rsatayotgan shaxslar bilan
uchrashish huquqi cheklanishi mumkin emas.
Advokatning ish yuzasidan huquqiy nuqtai nazari xususida surishtiruv organi,
tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi
mumkin emas.
Advokat qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam
ko`rsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka
tortish yoki bunday javobgarlikni qo`llash bilan qo`rqitish mumkin emas.
Advokatga nisbatan jinoiy ish O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori,
Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va
ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo`zg`atilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o`z vakolati doirasida:
1) advokatlar malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshirishga
yordamlashadi;
2) advokatura faoliyati to`g`risidagi statistika ma'lumotlarini to`playdi va o`rganadi,
advokatlarning ijobiy ish tajribalarini ommalashtiradi, advokatlar byurolari,
hay'atlari va firmalariga uslubiy yordam ko`rsatadi;
3) advokatlarning kasbiy faoliyati bilan bog`liq tarzdagi ta'qiblar, asossiz cheklashlar
va tajovuzlardan advokatlarni himoya qilish chora-tadbirlarini ko`radi;
4) advokatlar byurolari, hay'atlari, firmalari va Oliy malaka komissiyasi faoliyatiga
yordam beradi.
O`zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati O`zbekiston Respublikasining
1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va
advokatlarning ijtimoiy himoyasi to`g`risida»gi qonuni
199
bilan ham tartibga solinadi.
Qonunga binoan advokatlik faoliyati bilan O`zbekiston Respublikasining fuqarolari
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy
mavqeidan qat'i nazar, shug`ullanishga xaqlidir.
Advokatlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
advokatning mustaqilligi;
kasb etikasiga, advokatlik siri va kasamyodiga qat'iy rioya etish;
qonun xujjatlarida man qilinmagan usullar va vositalarni qo`llash.
Advokat O`zbekiston Respublikasining butun xududida, shuningdek, agar
olingan topshirikni bajarish zaruriyati taqozo etsa va tegishli. davlatlarning qonun
hujjatlariga zid bo`lmasa, respublika tashqarisida ham advokatlik faoliyati bilan
shug`ullanish xukukiga. ega.
Muayyan ishni olib borishga advokatning vakolatli ekanligi order bilan
tasdiklanadi.
Advokat, taraf sifatida, sud ishlarini yuritishning hamma bosqichida
protsessning barcha ishtirokchilari bilan teng huquqlarga ega.
Advokatning mustakilligi:
1) unga qonunda belgilangan tartibda advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun
ijozat berish, bu faoliyatni to`xtatib turish va
tugatish;
2) advokatning daxlsizligi;
3) advokatlik sirini oshkor etishni talab kilishni man etish;
4) advokat olib borayotgan ishlarga aralashganlik yoxud advokatning daxlsizligini
buzganlik uchun javobgarlik;
5) davlat tomonidan unga advokatlik faoliyati kafolatlari berilishi xamda ijtimoiy
ximoyalanishi orkali ta'minlanadi.
Advokatning shaxsi daxlsiz. Advokatning daxlsizligi uning uy-joyiga, xizmat
xonasiga, foydalanishidagi transporti va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga,
unga tegishli ashyolar va xujjatlarga xam taalluklidir.
Advokat yuridik va jismoniy shaxslarning xukuklari va qonuniy manfaatlarini
ximoya qilish. bo`yicha o`z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganida uning
faoliyatiga aralashishga yo`l qo`yilmaydi.
Advokat va uning kasbiy faoliyati davlat ximoyasida bo`ladi.
Davlat tomonidan advokatga kuyidagilar ta'minlanadi: kasbiy vazifalarini
bajarish imkoniyati; O`zbekiston Respublikasi xududida, shuningdek uning
tashkarisida yuridik yordam so`rab murojaat qilgan shaxslarga maslaxat berish
imkoniyati; o`z kasbiy vazifalarini bajarishi tufayli xayoti va sog`lig`i uchun xavf-
xatar yuzaga kelganda zarur darajadagi ximoya.
Advokatning xayoti va sog`lig`i davlat ximoyasida bo`ladi.
199
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 №1, 12-m.
Advokatura notijorat tashkilotdir va faoliyatni o`z mablag`lari xisobidan
amalga oshiradi.
Davlat xar bir fukaroning teng va erkin yuridik yordam olish huquqini
ta'minlash uchun advokatura bilanxamkorlik kiladi.
Advokatura manfaatlariga daxldor masalalar davlat organlari tomonidan
respublika advokatlar jamoat birlashmasi ishtirokida belgilangan tartibda xal etiladi.
Davlat advokaturani fukarolar murojaat etishi uchun qulay bo`lgan joylarda
zarur binolar bilan belgilangan tartibda ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: