Rais Agentlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi va Agentlikning o`z
funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi, Agentlik faoliyati ayrim
yo`nalishlarining yuritilishi uchun Rais o`rinbosarlarining hamda Agentlik markaziy
apparati tarkibiy bo`linmalari rahbarlarining mas'uliyati darajasini belgilaydi.
Agentlikda Rais (hay'at raisi), Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy
aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti boshlig`i (kelishuv bo`yicha), Rais
o`rinbosarlari - lavozimiga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar agentligi raisi - lavozimiga ko`ra, Agentlik, Agentlikka qarashli tashkilotlar
boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay'at tashkil etiladi. Hay'at majlislariga
zarur hollarda respublika huquqni muhofaza qilish, moliya organlari va boshqa
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning o`z vakolatlari doirasida O`zbekiston
Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini boshqarishda qatnashuvchi vakillari
taklif qilinishi mumkin.
Hay'at a'zolari soni va uning shaxsiy tarkibi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi
taqdimnomasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hay'ati o`zining
muntazam ravishda o`tkaziladigan majlislarida:
Agentlik
markaziy
apparati
tarkibiy
bo`linmalari,
Qoraqalpog`iston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shaxar
Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, o`ziga qarashli kompaniyalar, firmalar,
markazlar va tashkilotlar, savdo vakolatxonalari, O`zbekiston Respublikasi
elchixonalari xuzuridagi iqtisodiy maslahatchilar
faoliyati;
Agentlik apparati bo`linmalari rahbarlarini, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi va uning o`rinbosarini, o`ziga qarashli
tashkiltlar rahbarlari va ularning o`rinbosarlarini, shuningdek O`zbekiston
Respublikasining
xorijiy
davlatlardagi
elchixonalari
huzuridagi
iqtisodiy
maslahatchilarni tayinlash;
Hukumat topshiriqlarini bajarish va Agentlik faoliyati prognozlari bilan bog`liq
hamda Agentlik vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ko`rib chiqadi.
Hay'at uning majlisida a'zolarining yarmidan ko`pi ishtirok etganda vakolatli
hisoblanadi.
Ko`rib chiqilayotgan masalalar bo`yicha qarorlar oddiy ko`pchilik ovoz bilan
qabul qilinadi. Ovozlar teng bo`lib qolganda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Agentlik belgilangan tartibda Agentlik tizimining, shu jumladan o`ziga
qarashli tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi bo`yicha tadbirlarni amalga
oshiradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar
va Toshkent shahar Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari o`z faoliyatini
O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosati doirasida hamda Tashqi iqtisodiy
aloqalar agentligi rahbarligida amalga oshiradi.
Agentlikka qarashli tashkilotlar va bo`linmalar to`g`risidagi ustavlar va
nizomlar O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi
tomonidan tasdiqlanadi.
Agentlikka qarashli tashkilotlarning aksiyadorlik jamiyatlarida, uyushmalarda,
qo`shma korxonalarda, konsernlarda va tadbirkorlik (tijorat)ning boshqa shakllarida
qatnashishi, shu jumladan yuqorida ko`rsatab o`tilgan subyektlarii ta'sis etishi.
shuningdek qo`shimcha daromad manbai olish maqsadida faoliyatning boshqa
turlarida qatnashishi Agentlik bilan kelishib olinadi.
Agentlik o`ziga qarashli tashkilotlarning majburiyatlari bo`yicha mulkiy javob
bermaydi, bu tashkilotlar esa Agentlikning majburiyatlari bo`yicha javob bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: