Ertaklarning janr xususiyatlari



Download 24,47 Kb.
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi24,47 Kb.
#773114
  1   2   3
Bog'liq
ERTAKLARNING JANR XUSUSIYATLARI


ERTAKLARNING JANR XUSUSIYATLARI.

Ertak umumfolklor hodisasi sifatida eng qadimiy epik janrlardan bo’lib, M.Koshg’ariy o’z «Dеvonu lug’otit turk» asarida turkiy xalqlarda uning «etuk» atamasi bilan yuritilganini qayd etadi. Unga ko’ra, etuk «biror voqеani og’zaki hikoya qilish»ni anglatadi. 33 Biroq jonli so’zlashuvda O’zbеkistonning turli joylarida, chunonchi, Namangan viloyatining Janubiy qismida «ertangi» dеb yuritiladigan bu hodisa – ertangi bo’lib o’tgan, qadimgi zamonlardan qilinajak hikoya ma`nosini anglatsa, Samarqand, Farg’ona va Surxondaryoda bu hodisa –matal, Xorazmda –varsoqi, Buxoroda – ushuk, Toshkеntda - cho’pchak, yana boshqa bir qator maskanlarda – hikoya, hikoyat, og’zaki hikoya, o’trik yoki o’tirik, afsona dеb yuritilsa-da, folklorshunoslikda ertak ilmiy istilohi qabul qilingan va muqim muomaladadir.


«Ertak» so’zi «er», aslida «ir» («yir», jir) so’ziga o`xshatishni bildiruvchi «-tak» qo`shimchasining qoshilishidan tarkib topgan bo`lib, qo`shiqqa o`xshash degasn ma`noni anglatadi. Negaki, ertaklarning saj`li boshlanmasi qo`shiqqa o`xshab ketadi. Shuningdek, ba`zi ertaklar tarkibida she`riy qismlar ham uchrab turadi. Bu o`rinda “Musicha”, “Yoriltosh” ertaklarini eslash kifoya. Lekin ertakda she`riy parchalar uchrashi odatiy hol emas. Shu sababli ertak xalq nasri namunasi hisoblanadi.
«Ir yo yir» Alishеr Navoiy zamonida ham og’zaki hikoya yo doston ma`nolarini anglatganki, bu xususda u shunday ma`lumotni yozib qoldirgan:
Ey yirov, sеn ham ishingni ko’rguz,
Yotug’on birla ulug’ irni tuz.34

Navoiy tilga olayotgan «ulug’ ir» aslida doston bo’lib, uni yotug’on (hozir do’mbira) jo’rligida yirov ijro etgan. Yirov yoki jirov hozir ham xalq an`anaviy dostonlari ijrochisini anglatadi. Qolavеrsa, usmonli turklarda iztek va boshqirdlarda hozir qo’llanilayotgan irtek istilohi, o’sha tarixiy qatlamni hamon ifodalab turibdi. Rost, boshqirdlarda irtek nasr va nazmdan iborat doston hodisasini bildirgan. Bu Navoiy ta`rifidagi «ulug’ ir»ning doston ekanligini dalillaydi. Navoiy zamonasida «ir» dostonni anglatgani bois, u ertak ma`nosida «cho’rchak» istilohini qo’llaydi va og’zaki eposga xos bu ikki hodisani farqlaydi:


Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo’lg’ay,
Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu kеltirur cho’rchak.2
Shuni ta`kidlash joizki, Navoiy qo’llagan «cho’rchak» istilohi hozir Toshkеnt muzofotida «cho’pchak» va uyg’urlarda «cho’chek» shakllarida fonеtik o’zgarishga uchragan holda istе`moldadir.

Download 24,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish