Fan va uning ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rni reja


Fan - jamiyatning ijtimoiy instituti



Download 41,67 Kb.
bet2/6
Sana12.01.2022
Hajmi41,67 Kb.
#335881
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Fan - jamiyatning ijtimoiy instituti. Jamiyat hayotining mavjudligi va muttasil taraqqiy etib borishi muhim ijtimoiy institutlar faoliyati bilan belgilanadi. Ana shunday ijtimoiy institutlardan biri fandir. Fan boshqa ijtimoiy institutlarga xos bo‘lmagan noyob o‘ziga xos jixatlari bilan jamiyat hayotini ratsional tashkil etishi va ijtimoiy muammolarni samarali hal etishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Fan – ijtimoiy ong shakllari orasida ilmiyligi va yuqori tartiblashganligi bilan ajralib turadi.

Fanni dunyo to‘g‘risidagi, shu jumladan odamning o‘zi to‘g‘risidagi, ob’ektiv bilimlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yuksak darajada tashkil etilgan va ixtisoslashtirilgan faoliyatdir, deb ta’riflash qabul qilingan.

Xususan, rus faylasufi V.P.Koxanovskiy bergan ta’rifga ko‘ra “Fan – bu real faktlarni umumlashtirib ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklar asosida haqiqatni anglash va ob’ektiv qonunlarni kashf etishni bevosita maqsad qilgan kishilarning tabiat, jamiyat va o‘zini anglash to‘g‘risida bilimlarni ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ma’naviy faoliyatlari shaklidir”208.

Fan - dunyo xaqidagi bilimlar tizimi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bog‘liq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli - olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham o‘z ichiga oladi va inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi o‘zining o‘rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini ta’riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.

Fanning quyidagi asosiy funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin:

- ishlab chiqaruvchi kuchlarni takomillashtirish uchun ilmiy bilimlardan foydalanish (fanning texnologik funksiyasi);

- ilmiy bilimlardan fanning o‘zini rivojlantirish uchun foydalanish;

- ilmiy bilimlarni shaxsning har tomonlama kamol topishiga (ijtimoiy progressga) imkon yaratish maqsadida insonni rivojlantirish uchun qo‘llash;

- fandan turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish vositasi sifatida foydalanish.

Ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan fanning roli, uning tashkiliy tuzilishining murakkabligi, ilmiy faoliyat jarayonida foydalaniladigan resurslarning turli tumanligi fan taraqqiyotini prognozlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. 

Ijtimoiy hayot dinamikasi bilimlarning rivojlanish jarayonlariga muhim ta’sir qilib, fanni tuzilmaviy va gnoseologik-metodologik jihatdan ancha ilgari siljitadi. Bu - fanning asosan oddiyroq tizimlarni (eng avvalo fizik va injenerlik tizimlarni) o‘rganishdan murakkab va o‘ta murakkab tizimlarni (ekologik, biologik, iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarni) tadqiq qilishga o‘tishidir.

Fan ham ijtimoiy ong shakli va ijtimoiy institut sifatida o‘z evolyusiyasiga ega. Tadqiqotchilar odatda fan Qadimgi YUnonistonda mil. av. I ming yillik o‘rtalarida vujudga kelgan va falsafiy ta’limotlarda bilimlarning rivojlanishi bilan bog‘liq deb qayd etadilar. Ammo, fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holda maydonga kelgan. Dastlabkibilimlar amaliy xarakterga ega bo‘lgan.

Ilmiy bilimning ayrim unsurlari miloddan bir necha ming yil oldin qadimgi jamiyatlar (SHumer madaniyati, Mayya madaniyati, Qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo va b.)da shakllangan bo‘lsa-da, bo‘lajak fanning ilk asoslari, kurtaklari Qadimgi YUnonistonda vujudga keldi.

Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qadimgi SHarq va YUnonistonda paydo bo‘la boshlagan davrda mifologiya fanga o‘tish bo‘sag‘asida ma’lum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya o‘rnini naturfalsafa egalladi. SHarqda yuzaga kelgan “Avesto”da mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrim-ayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo‘ldi. Ellinizm davrida Evklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi.

Fan hali tarkibiy qismlarga ajralmagan, yaxlit, bir butun, an’anaviy tarzda falsafa deb nomlangan bilim doirasida shakllandi. Mantiq alohida muhim fan ekanligi ta’rifini Aflotunning (mil. av. V asr) dialoglarida (Aflotundan 30 ga yaqin kichik va katta dialoglar bizgacha etib kelgan) o‘qishimiz mumkin. Aristotel (mil. av. V-IV asrlar) formal mantiqning yaxlit sistemasini yaratdi, dialektik metodni ta’riflab berdi va tabiatshunoslik, fizika, sotsiologiyaning juda ko‘p sohalarida fanning vujudga kelishiga zamin hozirladi.

Biroq, fanning paydo bo‘lishini faqat G‘arbiy Yevropa bilangina bog‘lash to‘g‘ri emas. Jahon sivilizatsiyasi, fan Yevropaliklar tomonidan yaratilgan degan g‘oyani ilgari faqat “evropotsentrizm” tarafdorlari olg‘a surganlar.

Fan tarixining taniqli tadqiqotchilari (J.Niddam, A.Koyre, V.I.Vernadskiy va boshqalar), G‘arbda XVI-XVII asrda sodir bo‘lgan ilmiy inqilobni inkor etmagan holda, fan va ilmiy bilimlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga SHarq buyuk sivilizatsiyalari qo‘shgan katta hissaga munosib baho berilmasligi va hatto inkor etilishiga qarshi chiqadilar. A.Koyre o‘rta asrlar arab (shu jumladan Markaziy Osiyo) falsafasi Yevropa fani va madaniyati rivojida o‘ziga xos ko‘prik sifatida muhim rol o‘ynaganini, uning yordamida Qadimgi dunyo ilmiy tafakkuri arabiyzabon faylasuflar tomonidan o‘rganilib, G‘arbiy Yevropaga uzatilganini eslatadi. U “lotin G‘arbining o‘qituvchilari va tarbiyachilari arablar edi” deb qayd etadi. Biroq, ko‘pgina mashhur arabiyzabon faylasuf va olimlar Markaziy Osiyodan chiqqanidan bexabar bo‘lgan A. Koyre ularni arablar deb ataydi va Forobiy, Ibn Sino yoki Ibn Rushdsiz G‘arbiy Yevropa o‘sha davrda Aflotun, Aristotel va qadimiyatning boshqa buyuk mutafakkirlari ta’limotlarini hech qachon tushunmagan bo‘lardi, deb ta’kidlaydi. Zero, Aristotel va Aflotunni tushunish uchun qadimgi yunon tilini bilishning o‘zi kifoya qilmaydi, falsafadan ham xabardor bo‘lish kerak. Qadimgi lotin tili dunyosi esa falsafadan bexabar edi209.

O‘rta asrda SHarq olimlari fanga ulkan hissa qo‘shdilar. Ular qadimgi fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta e’tibor berdilar. Ayni vaqtda fanni yangi yutuklar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. O‘rta Osiyoning buyuk olimlari ilm-fanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonun-qoidalarni kashf etdilar. Muhammad al-Xorazmiy tenglamalar haqidagi fan sifatida algebra va to‘ng‘ich algoritmlarni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al-Farg‘oniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geografiya va geodeziyaga oid stereografik proeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xo‘jandiy (X asr) kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Koshg‘ariy o‘z davrining qomusi bo‘lgan “Devonu lug‘otit turk”ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qo‘ydi (XIasr.) Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Kushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qo‘shdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pog‘onaga ko‘tardilar (XVasr). Yevropada Uyg‘onish davri arafasida, XII asr boshlaridan al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Kindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. SHarqda bilim hamisha yuksak darajada qadrlangan. XII asrda yashab ijod etgan shoir va mutafakkir olim Ahmad YUgnakiy fan va bilim haqida bunday degan: “ ... Olim odamlarga yaqinroq bo‘l. Bilim senga keng yo‘l ochib beradi. Bilimlarga intil, baxt yo‘lini izla. ...Endi o‘zing sinab ko‘r: hisoblab, o‘ylab ko‘r, bilimlardan ham foydaliroq bo‘lgan biron bir narsa bormi. Bilishlik olimni ko‘klarga ko‘taradi, bilmaslik odamni erga uradi”.

Fan ijtimoiy institut, ya’ni bilimning mustaqil tarmog‘i sifatida XVI asr – XVII asrning boshlarida shakllandi. Bu davrda Yevropaning bir qancha mamlakatlarida ijtimoiy inqiloblar sodir bo‘ldi, ular sanoat, savdo-sotiq, qurilish, harb ishi, dengizchilik va h.k.ning rivojlanishiga katta turtki berdi. YAngi Davrgacha fan bilim sistemasi sifatida shakllanishi uchun shart-sharoit bo‘lmay, fanning o‘zi emas, balki fan unsurlarigina mavjud edi.

G‘arbda uyg‘onish va YAngi davrda Leonardo da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi fanlarni rivojlantirdilar. Astrologiya o‘rnini astronomiya, alkimyo o‘rnini kimyo egalladi.

Haqiqiy bilimni tizimga solish va undan samarali foydalanishning yangi shakli bo‘lgan fan ancha murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.

Ma’lumki, fan dastlabki davrda falsafiy tadqiqot doirasidan chetga chiqmas, muayyan falsafiy qoidalar va xulosalarni dalillashning muhim, ba’zan esa – asosiy shakli hisoblanar edi. Ayni vaqtda, fan, falsafiy bilimning tarkibiy qismi sifatida, borliqni muvofiq tarzda aks ettirishning o‘ziga xos izlanish shakllarini, haqiqatni topish va isbotlashning shakl va metodlarini asta-sekin ishlab chiqa boshladi.

Bu jarayon ilmiy tafakkurning erkinligi muhitini vujudga keltirgan Uyg‘onish davrida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ldi. Ilohiy sxolastika va Ptolemeyning geotsentrik sistemasiga asoslangan o‘rta asrlar noilmiy va soxta ilmiy qarashlari ta’siridan asta-sekin qutulish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi. Bu jihatdan N. Kopernik (1473-1543) ta’limoti fanda burilish yasadi. U o‘zining geliotsentrik sistemasini ilgari surdi va asoslab berdi. O‘sha davr tabiatshunosligi (Bruno, Telezio, Galiley va b.) yutuqlari ta’sirida dunyo haqidagi g‘ayriilmiy qarashlar inkor etildi va dunyolarning ko‘pligi, ularning cheksizligi, tabiatning o‘z-o‘zini rivojlantirishi haqidagi g‘oyalar ilgari surildi. Ular XVII asrda tabiatshunoslikda sodir bo‘lgan inqilobga zamin hozirladi. Bu inqilob falsafa va fanning uzil-kesil ajralishiga, fan bilimning mustaqil tarmog‘iga va ijtimoiy institutga aylanishiga olib keldi.


Dedicated to




XVII asrda tajribaga asoslangan fanning rivojlanishi insonning turmush tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi. B.Rassel ta’kidlaganidek, “YAngi dunyoni ancha avvalgi asrlardan farqlantiradigan narsalarning deyarli barchasiga XVII asrda ajoyib yutuqlarga erishgan fan sabab bo‘lgan”.

YAngi davrda fanning inson hayotida din kabi muhim ahamiyatini anglab etib, Rojer Bekon: “Ilm-fan ilohiyot uchun ham foydalidir. Nuh alayhissalom kema yasab, to‘fondan qutulib qolgan. Bu ulkan kemaga Nuhalayhissalom va uning oilasi, er yuzidagi jamiki tirik mavjudotlarning har biridan bir jufti jo bo‘lgan. Uzunligi 30 tirsakli kema quyi, ikkinchi va uchinchi oshyonadan iborat edi. Turgan gapki, bunday kemani handasa fanini bilmay turib yasash mumkin emas210, degan edi.

Frensis Bekon esa fanning asl maqsadini nazarda tutib: “Men odamlarni ilm-fanning asl maqsadini yodda saqlashga chaqiraman. Toki ular ilm-fan bilan o‘z mansablari, ilmiy bahslar, o‘zgalarni mensimaslik, shon-shuhrat, shaxsiy manfaatlari yoki boshqa tuban maqsadlar uchun emas, balki bu bilimlardan hayotga foyda va manfaat etishi uchun shug‘ullansinlar211, deb da’vat etgan edi.

YAngi davr deb ataluvchi bu zamonda fanning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmog‘i vatexnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. XVI—XVII asrlarda klassik fizikaning poydevori qurildi. Fanning nazariya darajasiga ko‘tarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida ta’riflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan XVI—XIXasrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika fanlari shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.

Sanoatda tub o‘zgarishlar yuz berishi (XVIIIasr oxiri) tufayli fanning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. XIXasrda fizikada yangi fanlar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo bo‘ldi, biologiyada evolyusion ta’limot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saqlanish va o‘zgarish qonuni shakllandi, astronomiya va matematikada yangi konsepsiyalar rivojlandi (J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, CH.Darvin, T.SHvann, M.SHleyden). Geometriya sohasida inqilobiy ta’limot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Evklid geometriyasi yagona emasligi, balki noevklid geometriyalar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va keyinchalik isbotlandi. D. M.Mendeleevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki bog‘lanishni ifodaladi. Matematika va fizikada XX asrda ham katta yutuklar qo‘lga kiritildi, texnika fanlarida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo bo‘ldi. Fan va texnikaning yanada rivojlanishiga ta’siri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo fanlaridagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroqo‘rganishga imkon berdi, bu hol qishloq xo‘jaligi va tibbiyot fanlarining rivojlanishiga olib keldi. Fanlarning iilab chiqarish bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot bilan aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi fanlar fan-texnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

V.P.Koxanovskiy fan rivojlanishining uch asosiy bosqichini212 ko‘rib chiqadi:

a) 


Download 41,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish