Fargʻona Politexnika InstitutI Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari yoʻnalishi 69-20 gruh talabasi Mahamadaliyev Farhodning fizika fanidan tayyorlagan taqdimoti
TAQDIMOT
Taqdimot mavzulari: 1. Yorugʻlikning yutilishi 2. Buger qonuni 3. Vavilov-Cherenkov nurlanishi 4. Dopler effekti Yorugʻlikning yutilishi Yorugʻlikning yutilishi – muhitdan oʻtayotgan yorugʻlik intensivligining yorugʻlikning muhitdagi zarralar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida kamayishi. Bunda, odatda, muxit isishi, ionlanishi yoki atom va molekulalari gʻalayonlanishi mumkin. Yutilgan yoruglik kvanti yutuvchi muxit elektronlari bilan oʻzaro taʼsirlashib, energiyasini ularga uzatadi. Demak, yorugʻlik yutilsa, uning intensivligi kamayadi; intensivlik kamayishi quyidagicha ifodalanadi: 1=10e~”x. Buger—Lambert—Ber konunitz. Asosan yorugʻlik intensivligi yutuvchi muhit qatlami qalinligi x ga bogʻliq holda eksponensial kamayadi. / — x qatlamdan oʻtgan yoruglik intensivligi; /0 — muhitga tushayotgan yorugʻlik intensivligi; s — muhit xossasiga bogʻliq yutish koeffitsiyenta. Buger qonuni Buger, yutuvchi modda orqali yorugʻlik oʻtganda yorugʻlikning intensivligi kamayishini ifodalaydigan qonun. B.—L.— Buger qonunini 1729-yilda P. Buger topgan, 1760-yilda nemis olimi I. Lambert toʻla oʻrgangan va 1852-yilda nemis olimi A. Ber tajribada tekshirgan. Vavilov-Cherenkov nurlanishi Cherenkov-vavilov nurlanishi, Cherenkov-Vavilov effekti — tez harakatlanuvchi zaryadlangan zarralar (elektronlar, protonlar, mezonlar va boshqalar) biror moddadan oʻtganda sodir boʻladigan yorugʻlik nurlanishi. SM.Vavilov tashabbusi bilan P.A.Cherenkov radiyning unurlari taʼsirida toza suyuklikning yorugʻlanishini kuzatayotib kashf etgan (1934). Bu hodisani 1937 yilda N.Ye.Tamm va I.M.Frank nazariy tomondan tushuntirib berganlar. Zichligi katta moddadagi elektronlarning nurlanish sodir qilishi uchun bir necha yuz ming eV protonlar shunday tezlikka erishishi uchun 10 mln. eV energiya kerak boʻladi (chunki protonning massasi elektronnikidan ancha ogʻir). CH.—Cherenkov-vavilov nurlanishining oʻziga xos xususiyati uning yoʻnalganligi: yorugʻlik har tomonga nurlanmay, balki zarraning harakat trayektoriyasi bilan oʻtkir burchak hosil qiladigan yoʻnalishda nurlanadi. Dopler effekti Dopller siljishiga oddiy misol, harakatlanayotgan transport vositasining kuzatuvchi (odam)ga yaqinlashganda va uzoqlashganda undan chiqadigan tovushning o’zgarishini keltirish mumkin. Chiqarilgan chastota bilan taqqoslaganda, qabul qilinadigan chastota yaqinlashganda yuqori bo’ladi, o’tish vaqtida bir xil bo’ladi va turg’unlik paytida past bo’ladi. Doppler effekti (yoki Doppler siljishi), toʻlqin manbayi bilan oʻzaro nisbiy harakatlanayotgan kuzatuvchiga nisbatan toʻlqin chastotasi yoki toʻlqin uzunligining oʻzgarish hodisasi. Bu hodisani 1842-yilda avstriyalik fizik olim Christian Doppler tasvirlab bergan, va uning sharafiga bu hodisa “Doppler effekti” (Doppler taʼsiri) nomi bilan fanga kiritilgan. Eʼtiboringiz uchun rahmat ! Mahamadaliyev Farhodjon
Do'stlaringiz bilan baham: |