Teatr, kino san’ati taraqqiyoti
Sobirov Diyorbek
Sayfullayev Ruslan
Norqobilova Sarafroz
Reja
- Kino san’atining taraqqiyoti
- Teatr san’atining taraqqiyoti
- Farmonlar
Film (inglizcha: film — „tasma“) yoki kinofilm — maʼlum bir sujet asosida boʻglangan fototasvirlar ketma-ketligi. Bunda harakat tasvirlanib, tomoshabinga voqea rivoji koʻrsatiladi. Film, uni ishlab chiqarish va namoyish qilish kinematografiya vazifasidir. Film birin-ketin plyonkaga tushirilgan foto tasvirlar majmui, ular bir sujet asosida suratga olinib, ekran orqali koʻrsatishga moʻljallanadi.[manba kerak]
Film deganda odatda badiiy film, yaʼni sujeti badiiy asar boʻlmish, toʻqib chiqarilgan film tushuniladi. Bundan tashqari hujjatli film ham bor.
Kino san'ati. Mustaqillik yillarida kino san'ati rivoj topdi. 1996— yilda «O'zbekfilm» tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996— yilda tashkil etilgan «O'zbekkino» davlat aksionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlanishi kino san'atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1991-2002— yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. «Temir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma'rif», «Tilla bola», «Buyuk Amir Temur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda milliylik va zamonaviylik uyg'unligi yaqqol namoyon bo'ldi.
1997— yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo'lib o'tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xafqaro tashkilotdan vakillar, kino san'ati ustalari qatnashdi. «Buyuk Amir Temur» filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini — «Neksiya» avtomobili berildi.Mustaqillik yillarida o'nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O'zbekiston bahorlari», «Ulkan odim», «Ular Germaniyada o'qigan edilar», «O'zbekiston qahramonlari», «Umid qaldirg'ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir.
Teatr (yunoncha θέατρον - "tomoshagoh") cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san’at janridir. Ba’zan teatr tomoshalari oʻtkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash oʻrinli).
Teatr (yun. theatron — tomoshagoh) — 1) sanʼat turi; uning oʻziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi oʻyini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. T. sanʼatida ham boshqa sanʼatlarda boʻlganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati bilan bogʻliq holda oʻzgarib, takomillashib boradi. T. asosida ogʻzaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.
Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlar jarayonida teatr san'ati ham rivojlandi.1993— yilda foydalanishga topshirilgan «Turkiston» saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatayotgan yoshlar teatri Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.Respublika Prezidentining 1995— yil 20-oktabrdagi «O'zbekistonda teatr va musiqa san'atini yanada rivojlantirishni qo'llab-quwatlash va rag'batlantirish chora-tadbirlarito'g'risida»gi, 1998— yil 26-martdagi «O'zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g'risida»gi farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qo'llab-quwatlandi.
Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995— yilda beg'araz ajratilgan 47 mln. iyen qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. Respublikamizda 41 ta professional teatr faoliyat ko'rsatmoqda. Наг bir viloyatda qo'g'irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilmoqda.
Respublika Prezidentining 1995— yil 20-oktabrdagi «O'zbekistonda teatr va musiqa san'atini yanada rivojlantirishni qo'llab-quwatlash va rag'batlantirish chora-tadbirlarito'g'risida»gi, 1998— yil 26-martdagi «O'zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g'risida»gi farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qo'llab-quwatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998— yilda «O'zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
1997— yil oktabrda Toshkentda bo'lib o'tgan «Teatr: Sharq-G'arb» xalqaro festivalida Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san'atkorlarining chiqishlari bo'ldi.
Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e'tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari «Sohibqiron», Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri «Jaloliddin Manguberdi», Abror Hidoyatov nomli o'zbekdavlat teatri «Buyukipakyo'li» kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo'ydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Vikipedia.org
- Uzmedia.net
- Ok.ru.
- Ruskino.ru
- Iticket.ru
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |