3. “Klaster “ .
Klaster inglizcha so’z bo’lib ( cluster ) , bosh , bir shingil , popuk ma’nosini anglatadi . Klaster – bu ma’lum bir mavzu bo’yicha o’ylashga yordam beruvchi strategiya bo’lib fikrlashning nochiziqli shaklidir .
Klasterni o’tkazish usuli
1 .Doskaning o’rtasiga tayanch , asosiy formula , tushuncha yoki fizik qonun yozib qo’yiladi .
2 O’quvchilar shu so’z bilan bog’liq hayoliga kelgan barcha so’z va gaplarni aytadilar . Ularni o’qituvchi , boshlovchi o’quvchi yoki fikr aytgan o’quvchining o’zi doskaga yozib qo’yadi .
3 Go’yalarni aytish va yozish belgilangan vaqt davomida amalga oshiriladi .
4 Yozish tugagach , yozilgan so’zlar orasida bog’liqlik tahlil qilinadi va chiziqchalar chiziladi .
Klasterga misol :
Kuch
Doira atrofiga :
Og’rlik kuchi , elastiklik kuchi , jism tezligini o’zgartiruvchi sabab , Nyuton ,
dinamometr , jism shaklini o’zgartiruvchi sabab …. yozilishi mumkin . bog’liqlik chiroyli chiqmasa shingil , yoki popuk hosil bo’lmay qoladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |