Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1


"Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha



Download 0,94 Mb.
bet6/19
Sana08.04.2023
Hajmi0,94 Mb.
#925989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1.Psixologiya fanining predmeti, maqsad va jami

"Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha
Hozirgi kunda asosiy muammolardan biri bir shaxsning boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishga ega ekanligidir. Ushbu psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi.
Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir necha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi binobarin, ushbu bo’laklarning yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanida psixologlar shaxsning psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli jihatlariga asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar.
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning voqelikka ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha endo ichki degan ma'noni bildiradi) degan g’oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko’ra, "endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixika" aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "endopsixik" qismi bo’lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo’lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo’r berish xislatlarini ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab oladi. Tabiiy asosga ega bo’lgan "endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog’liq bo’lsa, "ekzopsixika" aksincha ijtimoiy voqeliklar ta'sir ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.
Ta'kidlab o’tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. qo’sh omillik nazariyasi tadqiqotchilari tajribalarida 80-130 sm balandlikdagi odamning shaxs xususiyatlarini tarkib toptirish uchun o’rganilgan. Buning natijasida ular shaxsi tuzilishida ko’p xislatlari o’xshashligi topilgan. Bunday odamlarning past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech qanday nuqson va kamchilik yo’q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi bolalarga xos kulguni hech bir tanqidsiz, o’ta soddalikni, muayyan darajada emosional (hissiy) zo’riqishni namoyon qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkin. Shaxsning xislatlariga na "endopsixika", na "ekzopsixika" qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning mahsuli bo’lib ular bo’yicha nisbatan o’z tengqurlari o’rtasidagi farq aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo’lishi, tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni alohida ta'kidlab o’tish joizki, mitti odamlarga bo’ydor kishilarga qaraganda boshqacha munosabat - ularni pisand qilmaslik, kamsitilish, ular ham barcha kabi narsalarni his qilishi, orzu qilishi, ajablanishi, jayron qolishi sababli ularda shaxsning o’ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, xatto o’zlariga nisbatan tajovuzkorona yo’l tutish-larini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti o’zlari bilan bap-baravar bo’yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar sifatlar mujasassamlashishi mumkin bo’lar edi.




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish