Germaniyada inqilobning kelib chiqish sabablari. 1848-yilgi inqilob. Italiyaning birlashtirilishi



Download 39,5 Kb.
bet1/3
Sana27.06.2022
Hajmi39,5 Kb.
#711697
  1   2   3
Bog'liq
22-mavzu. 1800–1870-YILLARDA GERMANIYA VA ITALIYA


22-mavzu: 1800–1870-YILLARDA GERMANIYA VA ITALIYA
Reja:

  1. Germaniyada inqilobning kelib chiqish sabablari.

  2. 1848-yilgi inqilob.

  3. Italiyaning birlashtirilishi.

  4. Germaniyani birlashtirish uchun kurash.

Germaniyada inqilobning kelib chiqish sabablari. Germaniya inqilobining asosiy sababi – O‘rta asr feodal tartiblarining kapitalistik taraqqiyotga to‘siq bo‘lib kelayotganligi edi. Buning natijasida Germaniyada hamon siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Oqibatda, yagona umumiy bozor vujudga kelmadi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi boshqa ilg‘or davlatlardan orqada qoldi. Zo‘ravonlikka asoslangan davlat boshqaruvi har qanday hurfikrlikni ta’qib qilar edi. Bu omillar Germaniyada ham inqilobning yetilishiga olib keldi. Inqilobning asosiy maqsadi Germaniyaning siyosiy tarqoqligiga barham berish va feodal tartiblarni tugatish edi. Inqilobga burjuaziyaning konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori bo‘lgan mo‘tadil qismi rahbarlik qildi.
1848-yilgi inqilob. Yevropaning boshqa davlatlarida 1847-yili yuz bergan iqtisodiy inqiroz Germaniyani ham chetlab o‘tmadi. Bu inqiroz ishsizlikning ko‘payishiga, ish haqining pasayishiga olib keldi. Barcha tovarlar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘tarilib ketdi. Oqibatda, och qolgan aholi ko‘chaga chiqdi. Fransiyada boshlangan 1848-yilgi fevral inqilobi ta’sirida Berlinda qo‘zg‘olon boshlandi. Berlin ko‘chalari barrikadalar bilan qamrab olindi. Tun bo‘yi shiddatli ko‘cha janglari davom etdi. Shunday sharoitda Prussiya qiroli murosa yo‘lini izlashga majbur bo‘ldi va Millat majlisi (parlament)ga saylov belgilashga hamda konstitutsiya ishlab chiqishga va’da berdi. Siyosiy vaziyatning, biroz bo‘lsa-da, yumshashiga erishgan qirol hokimiyati inqilobni bostirishga erishdi, biroq inqilob butunlay izsiz ketmadi.
1848-yili Prussiya qirolligida konstitutsiya joriy etilishining o‘zi katta siyosiy voqea bo‘ldi.

Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish