Gumanitar fanlar” fakulteti “milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi


Jinoyatning jazoga sazovorlik belgisi



Download 149,43 Kb.
bet11/18
Sana13.03.2023
Hajmi149,43 Kb.
#918730
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
2 5440527823661966169

Jinoyatning jazoga sazovorlik belgisi – har qanday jinoyat uchun jazo tayinlanishining muqarrarligini bildiradi. Jazo esa sud hukmi bilan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasidir. Jinoyat kodeksi 42-moddasida jazoga:Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat tomonidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir”,-deb ta’rif berilgan. Lekin bu qoidadan “Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jazolar majburiy va barcha hollarda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo qo‘llanishi kerak” degan xulosaga kelmaslik kerak. Chunki Jinoyat kodeksida jazo belgilangan aybli ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni jazodan ozod qilish ham nazarda tutilgan. (Jinoyat kodeksi, 69-76-moddalar). Biroq yuqoridagi holat Jinoyat kodeksining 14-modda 1-qismida ko‘rsatilgan normadan kelib chiqqan holda, jinoyat tarkibi mavjud barcha ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun jazo qo‘llanilishi kerakligini rad etmaydi.
Jazo tushunchasi jinoyat tushunchasisiz biron-bir mazmun kasb etmaydi, ya’ni jazo haqiqatda sodir etilgan jinoyatning oqibati hisoblanadi. Agar qilmish jinoyat huquqiy javobgarlikni keltirib chiqarmasa, bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi.
Sodir etilgan jinoyatning oqibati real jazo emas, balki aynan “jazo qo‘llash tahdidi” hisoblanadi[11]. Shu bilan birga, jazoga sazovorlik – bu faqat jinoyatning oqibati emas, bunday oqibatga aniq jinoyat uchun qo‘llaniladigan davlatning majburlov chorasi sifatidagi jazo ham kiradi. Jazoga sazovorlik yuqoridagilardan tashqari, jinoyat huquqiy sanksiyadan iborat huquq normasini ifodalovchi keng ma’nodagi tushuncha hamdir.
Har bir huquq sohasi kabi jinoyat huquqida ham sanksiyalar mavjud bo‘lib, ular jinoyat huquqi normalarini buzganlik uchun jinoyat huquqiy ta’sir choralari ko‘rinishidagi jazolarni o‘zida aks ettiradi. Aynan jinoiy jazo jinoyat sodir etishning oqibati sifatida javobgarlikning muqarrarligini keltirib chiqaradi va asosiy ogohlantiruvchi vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham “jinoyat jazoni keltirib chiqaradi” degan qoida javobgarlik muqarraligining kafolati hisoblanadi.
Jazo qo‘llash tahdidini ifodalovchi sanksiyasi bo‘lmagan huquqiy norma jinoyat huquqiy taqiqni anglatmaydi.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida nisbiy-muayyan va alternativ sanksiyalar nazarda tutilgan bo‘lib, ular sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, jinoyatni amalga oshirishda aybning darajasi va shu bilan birga boshqa holatlarni ham e’tiborga olib jazo tayinlash imkoniyatini beradi.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish holatlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar uchun ham muayyan jazo turi yoki turlari ko‘zda tutilgan. Agar sodir etilgan qilmish uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normasida sanksiya, ya’ni muayyan jazo turi nazarda tutilmagan bo‘lsa, u jinoyat hisoblanmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223-moddasi 3-qismida: “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar”, - deyiladi. Jinoyat kodeksi 211-moddasining 4-qismida: “Basharti shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod etiladi.”, - deyiladi. Bu keltirilgan ikki normaning birinchisida shaxsning qonunga xilof ravishda chet elga chiqishi yoki respublikamizga kirishi jinoyatining tarkibi, ikkinchisida esa pora berish jinoyatining belgilari mavjud. Ammo qonunda belgilangan asoslar bo‘lgani uchun bunday qilmish-lari uchun shaxsga jazo qo‘lanilishi nazarda tutilmagan. Shunga ko‘ra bunday shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Demak, jazoga sazovorlik jinoyatning belgisi sifatida jinoyat qonuniga xilof qilmish uchun jazo mavjudligini hamda jinoyat va jazo tushunchalari bir-biri bilan doimo o‘zaro aloqadorlikda ekanligini bildiradi. Jazoga sazovorlik Jinoyat kodeksiga tegishli moddalari dispozitsiyasida ko‘rsatilgan belgilarning mavjudligi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etan shaxsga nisbatan jinoiy jazo qo‘llash lozimligini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, jinoyat belgilari qilmishning jinoiyligini belgilovchi asosiy mezon bo‘lib, jinoyatning moddiy (tashqi) belgisi – “ijtimoiy xavflilik” bo‘lsa, jinoyatning formal belgisi – “huquqqa xiloflilik” deb hisoblanadi, shuningdek, jinoyatning “aybning mavjudligi” va “jazoga sazovorlik” belgilari huquqqa xiloflilik belgisidan kelib chiqadi[12].
Demak, yuqorida sanab o‘tilgan to‘rtta belgining barchasi qilmishda bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lsagina, qilmish jinoyat deb topiladi, va, aksincha, ana shu belgilardan bittasi bo‘lmasa, qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi.4



Download 149,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish