Mexanikaviy termometrlar - Ularga dilatometrik va bimetall termometrlar kiradi. Ishlash prinsipi: ikki xil qattiq jismning har xil temperaturaviy kengayishiga asoslangan.
- Asosiy elementi trubka. U issiqdan kengayish kaeffitsiyent baland materialdan mis, latun, alyumindan qilingan bir tomoni yopiq. Sterjen esa trubaga kiritilgan bo’lib, tubiga qadalib turadi. (prujina yordamida).
- Sterjen chinni, kvars, invar qotishmasidan qilinadi. Temperatura o’zgarganda trubkaning uzunligi o’zgarib sterjen harakatga keltiradi va sterjenni siljitadi. TUDE pribori –60 dan + 1000 (C gacha temperaturani o’lchab, rostlashi mumkin (kontaklari bor bimetall termometrlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |