1.2. Davlat budjeti soliqli daromadlarida egri soliqlarning o’rni va
ularning o’ziga xos xususiyatlari
Soliqlar davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta‘minlashning asosiy iqtisodiy vositalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlar muhim o’rin tutadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ijtimoiy xarajatlari o’sish tendentsiyasiga ega ekanligi davlat byudjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i kabi barqaror daromad manbalarini, byudjet daromadlarini uzluksiz ta‘minlashni taqozo qiladi.
Egri soliqlarning huquqiy to’lovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og’irligi haqiqatan ham tovar (ish, xizmat)ni iste‘mol qiluvchilar, ya‘ni egri soliqlarning barchasi bevosita iste‘molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo’shimcha ravishda qo’yiladi.
Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular Respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo’lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi. Bu tovar va xizmatlarga soliqlar: mablag`lar aylanmasidan soliq – ko`pchilik rivojlangan mamlakatlarda qo`shilgаn qiymat solig`i bilan almashtirilgan; aksizlar (tovar yoki xizmat bahosiga to`g`ridаn-to`g`ri qo`shilgаn soliqlar); merosdan
olinadigan soliqlar; ko`chmаs mulk va qimmаtli qog`ozlar bilan tuzilgan bitimlardan olinadigan soliq va boshqalаr. Ular qismаn yoki to`lаligichа tovar yoki xizmatlar bahosiga qo`shilаdi. (3-rasm) Egri soliqlar tovarning bevosti tannarxiga qo’shilmasdan uning bahosiga tasir etadi, ya’ni egri soliqlar tovar (ish, xizmatlar) xaridor uchun berilayotganda uning bahosiga nisbatan qo’llaniladi. Bu ishlab chiqaruvchilar uchun bir qarashda zarardek tuyilmidi lekin mahsulotning bahosini oshishiga olib keladi va buning natijasida mahsulotga bo’lgan talabni kamayishiga olib keladi.
Egri soliqlar o`z xarakteriga ko`rа turlidir, ular:
individual (tovarlarning ayrim turlari va guruhlari bo`yicha);
universal (fiskal monopoliya va bojxona bojlari) bo`lishi mumkin.
Egri soliqlar undirib olishning soddaligi bilan ajralib turadi, ularni qo`llаnish, hatto ishlab chiqarish pasayib ketgan sharoitlarda ham fiskal samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |