Hududiy elektr tarmoqlari


VI. Elektr energiyasini cheklash yoki uzib qо‘yish shartlari



Download 57,16 Kb.
bet5/10
Sana08.02.2023
Hajmi57,16 Kb.
#909104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ulgurji shartnoma 2023

VI. Elektr energiyasini cheklash yoki uzib qо‘yish shartlari
6.1. Quvvat va elektr energiyasi iste’moli bо‘yicha cheklash va uzib qо‘yish jadvallari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchilar bilan birgalikda ishlab chiqiladi, mahalliy davlat hokimiyati idoralari bilan kelishiladi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tasdiqlanadi va yagona elektr energetika tizimida elektr quvvati va energiya tanqisligi paydo bо‘lganda joriy etiladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 dekabrdagi 277-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat kо‘rsatilishi kerak bо‘lgan iste’molchilar rо‘yxatida qayd etilgan Iste’mochilarga asosiy faoliyatini yoki asosiy funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan eng kam darajada yetkazib berilishi nazarda tutiladi.
6.2. Elektr energiyasini cheklash va uzib qо‘yish jadvallari iste’molchining texnologik va avariya bronini aniqlash dalolatnomasiga asosan, joriy yilning 1 oktabridan keyingi yilning 1 oktabrigacha bо‘lgan davr uchun tuziladi hamda jadvallarga kiritilgan barcha iste’molchilar uchun ularni bajarish majburiy hisoblanadi.
Jadvallarning quyidagi turlari tuziladi:
yagona elektr energetika tizimida yoqilg‘i yoki gidroresurslar yetishmaganda elektr energiyasini (kVt*soatda) cheklash jadvali. Jadvalda elektr energiya iste’molini iste’molchilarning texnologik bronigacha, keyinchalik esa avariya bronigacha (cheklashga mansub bо‘lmagan obyektlardan tashqari) va bunda iste’molni 5 ta navbatga bо‘lgan holda qisqartirish nazarda tutilishi lozim;
yagona elektr energetika tizimida quvvat yetishmaganda quvvatni (kVtda) cheklash jadvali. Jadvalda yagona elektr energetika tizimining ertalabki va kechki eng katta yuklamalari yuzaga keladigan soatlarda iste’mol qilinadigan quvvatni iste’molchilarning avariya bronigacha kamaytirish va bunda iste’mol qilinadigan quvvatni 5 ta navbatga bо‘lish nazarda tutilishi lozim;
quvvat taqchilligi yuzaga kelishi natijasida avariya xavfi paydo bо‘lganda va cheklash jadvallarini joriy qilish imkoniyati bо‘lmaganda, quvvatni cheklash jadvali. Jadvalda uzib qо‘yilishi mumkin bо‘lmagan obyektlardan tashqari, yagona elektr energetika tizimi iste’molchilarini tо‘liq uzib qо‘yish va uzib qо‘yiladigan quvvatni 5 navbatga bо‘lish nazarda tutilishi lozim.
Elektr energiyasini cheklash va uzib qо‘yish jadvallari elektr stansiyalari va elektr tarmoqlari uskunalarining yо‘l qо‘yib bо‘lmaydigan sharoitlarda ishlashining oldini olish, yagona elektr energetika tizimining barqaror parallel ishlashini ta’minlash, avariyalar yuzaga kelishining oldini olish hamda iste’molchilarning tartibsiz uzib qо‘yilishini bartaraf etish maqsadida yagona elektr energetika tizimida elektr energiyasi va quvvat tanqis bо‘lgan hollarda tuziladi.
6.3. Cheklash va uzib qо‘yish jadvallarini amalga kiritish tartibi quyidagilar:
elektr energiyasi va quvvatni cheklash va uzib qо‘yish jadvallari “О‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbari farmoyishi bilan amalga kiritiladi. Dispetcherlik boshqaruvining barcha darajalarida elektr energiyasini cheklashni joriy etish farmoyishi operativ jurnalda cheklash hajmi, cheklash boshlanadigan va tugaydigan vaqt qayd etilgan holda beriladi;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchilarga keyingi sutkalarda elektr energiyasini cheklash jadvallarining amalga kiritilishi tо‘g‘risida joriy sutkaning soat 1400 dan kechiktirmay, cheklash hajmi, cheklash boshlanadigan va tugaydigan vaqtini kо‘rsatgan holda ma’lum qiladi.
Elektr energiyasini cheklash jadvallarini zudlik bilan joriy etish zarur bо‘lganda, bu haqidagi bildirishnoma sutkaning vaqtidan qat’i nazar, cheklashning amal qilishi boshlanishidan 1 soat oldin iste’molchilarga yetkaziladi.
Uzib qо‘yish jadvallari iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan uzib qо‘yish jadvallari joriy etilishi tо‘g‘risidagi bildirishnoma olingandan keyin darhol joriy etiladi.
Iste’molchilar – cheklash va uzib qо‘yish jadvaliga kiritilgan, shu jumladan uzluksiz ishlab chiqarish texnologik jarayoniga ega korxonalar, tashkilotlar va muassasalar (cheklash va uzib qо‘yilishi mumkin bо‘lmagan obyektlardan tashqari) cheklash va uzib qо‘yish jadvallarining hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan kо‘rsatilgan muddatda sо‘zsiz bajarilishini tashkil etishi shart. Aks holda, ular uzib qо‘yish va cheklash jadvallari bajarilmaganligi tufayli yagona elektr energetika tizimi markazlaridan majburiy uzib qо‘yish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi va quvvatini cheklash jadvallarini amalga kiritish tо‘g‘risidagi farmoyish iste’molchilar tomonidan bajarilmaganda, ularni ogohlantirgandan sо‘ng elektr energiyasi va quvvat iste’molining belgilangan darajada kamayishini ta’minlovchi miqdorda elektr energiyasi yetkazib berilishini majburiy ravishda cheklaydi.
Bu boradagi texnologik jarayonlar buzilishining oqibatlari uchun javobgarlik Iste’molchi korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
6.4. Qoidalarda nazarda tutilmagan sabablarga kо‘ra Iste’molchilarni elektr energiyasidan о‘chirganlik uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq iqtisodiy choralar qо‘llaniladi.

Download 57,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish