Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi


To’g’ri ichak (intestinum rectum)



Download 0,86 Mb.
bet20/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


To’g’ri ichak (intestinum rectum). To’g’ri ichak yo’gon ichakning oxirgi qismi bo’lib, uzunligi 15 - 18 sm. Uning boshlanish qismi V bel umurtqasi bilan dumg’aza suyagi boshlanish qismi birlashishidan hosil bo’lgan chanoq do’ngligiga (promontorium) to’g’ri keladi.

To’g’ri ichakning ikki qismi: chanoq hamda oraliq qismlari farq qilinadi. Birinchi qismi chanoq diafragmasidan yuqorida joylashib, 12 - 15, ikkinchi qismi - diafragmadan pastda joylashib, 3 - 3,5 sm cha keladi.

To’g’ri ichakda yo’g’on ichakning boshqa qismlarida uchraydigan lentalar, yog’li o’simtalar va kengaygan do’mboqchalar

bo’lmaydi. To’g’ri i ichak nomiga yarasha juda ham to’g’ri emas, aksincha, u dumg’aza bilan dum suyaklarining holatiga moslashadigan ikkita bukilma hosil qiladi. Yuqoridagi bukilma dumg’aza bukilmasi (flexura sacralis) deyiladi va oldindan orqaga qarab yo’nalgan bo’ladi. To’g’ri ichak dum suyagi sohasiga kelganda orqadan pastga yo’nalib, ikkinchi bukilmani hosil qiladi, bunga oraliq bukilmasi (flexura perinealls) deyiladi.

Birinchi bukilma qismi chanoq bo’shlig’ida yotgani uchun unga chanoq qismi (pars pelvina) deb, oxirgi, orqa teshikka yaqin qismi esa (pars analis recti) deb ataladi. Oxirgi qism to oraliq bukilmasigacha kengayib boradi. Bu kengaygan joy (ampulla recti) deb ataladi. To’g’ri ichakning ichki tomonida uchta ko’ndalang burma (plicae transversalis recti) va uning tashqi teshikka yaqin qismida tik joylashgan beshtadan o’ntagacha yo’g’on burmalar bor bo’lib, ular (columnae analis Morganii) deyiladi. Bular bir - biridan chuqurchalar vositasida ajralib turadi. To’g’ri ichakdagi bu burmalar pastga tushgan sari kengaya boradi va oxiri bir - biri bilan qo’shilib, orqa teshik yaqinida taxminan 1 sm kenglikdagi silliq xalqaga aylanadi.

Bu halqa orasida yaxshi rivojlangan vena chigali (plexus haemorrhoidalis) joylashgan. Ana shu chigaldagi venalarning kengayib ketishiga bavosil kasalligi (gemorroy) deyiladi. To’g’ri ichakning mushak qavati tashqi va ichki qavatlardan iborat bo’lib, ichkisi dum mushagining hamma tomonidan o’rab, orqa teshik sohasiga kelgach, zichlashadi va silliq muskul tolasidan iborat ichki qisqich (m. sphincter am internus) ni hosil qiladi. Bundan tashqari, tashqi teshik atrofida ixtiyoriy xalqa mushak tolalaridan hosil bo’lgan tashqi qisqich (m. sphincter ani externus) bor.

Bundan tashqari, shilliq qavatning mushak xalqalari qalinlashishidan hosil bo’lgan uchinchi qisqich - rn. sphinc­ter ani tertius (K. F. Gepner) ham bo’lib, u orqa teshikdan taxminan 10 sm yuqorida turadi.

Shunday qilib, to’g’ri ichakda uchta qisqich bo’lib, ulardan ikkitasi silliq mushaklardan hosil bo’lgan ixtiyorsiz va bittasi

ko’ndalang targ’il mushaklardan hosil bo’lgan ixtiyoriy qisqichlardir.

To’g’ri ichakning kichik chanoq bo’shlig’idagi a`zolarga munosabati erkak va ayollarda turlicha: erkaklarda to’g’ri ichak oldingi tomondan qovuqqa, urug’ pufakchalariga, prostata beziga va urug’ tashuvchi yo’lga tegib turadi. Dumg’aza suyagi bilan to’g’ri ichak o’rtasida kletchatka bilan to’lgan oraliq bo’lib, unda qon tomirlar, vena chigallari, simpatik nerv tolalari va limfa tugunlari yotadi. Ayollarda to’g’ri ichak oldindan bachadonning orqa devoriga tegib turadi.

To’g’ri ichak uchta manbadan qon bilan ta`minlanadi. Uning asosiy qon yetkazuvchi manbasi ichak tutqichning pastki arteriyasi bo’lib, uning oxirgi tarmog’i, to’g’ri ichakning ustki arteriya (a. rectalis superior) si deyilib, uning yuqori qismlarini qon bilan ta`minlaydi. Yana ikkita juft arteriyalari ichki yonbosh arteriyalardan chiqib, ularga to’g’ri ichakning o’rta arteriya (a. rectalis media) lari deyiladi. O’z nomlaridan ko’rinib turibdiki, bu arteriyalar to’g’ri ichakning o’rta qismlarini qon bilan ta`minlaydi. Ichak­ning pastki qismlarini ichki uyatli arteriyalardan chiquvchi uning pastki arteriya (a. rectalis inferior) lari qon bilan ta`minlaydi.

To’g’ri ichak venalari ko’p vena chigallarini hosil qiladi. Ular asosan uch joyda: teri ostida, shillik qavati ostida va fastsiya ostida joylashib, bir - biri bilan aloqada bo’ladi. Teri ostidagisi kanal teshigi atrofida, shilliq qavati ostidagisi - shilliq qavati tagida yotadi. Bu oxirgisi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi shilliq qavatda vena chigallarida taxminan 1 sm kenglikdagi silliq xalqaga aylanadi. Bu xalqaga bavosil xalqa (zona haemorroidalis) si deyiladi. Fastsiya ostidagi vena chigallari bo’ylama mushaklar bilan to’g’ri ichak fastsiyasi orasida joylashadi.

To’g’ri ichakning yuqori qismidan vena qoni ustki venalari orqali ichak tutqichning pastki venasiga va u orqali qopqa vena sistemasiga quyiladi. O’rta qismidan esa pastki kovak vena sistemasiga kiruvchi ichki uyatli venalarga quyiladi.

Limfa suyuqligining asosiy qismi, to’g’ri ichakning ustki arteriyasi bo’ylab joylashgan limfa yo’llari orqali ichak tutqichning pastki tugunlariga quyiladi. Ampula qismidan limfa suyuqligi ichakning orqasida joylashgan limfa tugunlariga quyilib, u yerdan dumg’aza sohasida joylashgan ichki yonbosh limfa tugunlariga quyiladi.


To’g’ri ichak simpatik, parasimpatik va sezuvchan nervlar bilan innervatsiya qilinadi. Simpatik tolalar ichak tutqich, aorta va qorin osti chigallaridan boshlanib, yuqori va o’rta to’g’ri ichak arteriyalari bo’ylab, to’g’ri ichakka yetib boradi. Ma`lumki, qorin osti chigallarining hosil bo’lishida qorin osti nervi tarkibida keluvchi simpatik toladan tashqari, II - IV dumg’aza nervidan chiquvchi parasimpatik tolalar ham qatnashadi. Ana shu parasimpatik tolalar chanoq nerv (nn. pelvici) lari deyilib, ular to’g’ri ichakka ham boradi. Bundan tashqari, bularning tarkibida sezuvchi nerv tolalari bo’lib, ular ham qorin osti nervidan farqli o’laroq, to’g’ri ichak devorlariga boradi. Ana shu sezuvchan tolalar to’g’ri ichak to’lishgan paytda sezuvchi impul’slarni markazga yuboradi. To’g’ri ichakning oraliq qismini uyatli nervi (n. pudendus) tarkibida bo’lgan sezuvchi va harakatlantiruvchi tarmoqlar innervatsiya qiladi.



ERKAKLAR CHANOG’INING A`ZOLARI
Qovuq (vesica urinaria). Qovuq ichi kovak a`zo bo’lib, kichik chanoq a`zolariga kiradi. U qov birlashmasi orqasida to’g’ri ichakdan oldinda yotadi. Qovuqning shakli uning to’lgan yoki to’lmaganligiga, yoshga va jinsga bog’liq bo’lib, bolalarda ko’pincha urchuqsimon, kattalarda - tuxumga o’xshaydi. Uning keng asosi pastga, cho’qqisi - yuqoriga qarab joylashadi. Hajmi 200 -600 ml, ammo ayrim vaqtlarda 1500 - 2000 ml gacha siydikni sig’dira oladi. Qovuqda uchta qism tafovut qilinadi: 1) pastdagi qismi ancha keng bo’lib, qovuq tubi (fundus vesicae) deb ataladi; 2) yuqori tomoni toraya borib, cho’qqisi (apex vesicae) deyiladi; 3) bu ikki qismning o’rtasiga qovuq tanasi (corpus vesicae) deyiladi. Qovuq cho’qqisi bilan kindik o’rtasida, qorin devorining orqa (ichki) devori bo’ylab o’rtadan bir boylam tortilgan, unga o’rtalikdagi kindik boylami (lig. plica umbilicalis mediana) deyiladi. Ayollarda qovuqning ustiga bachadon engashib turganligi uchun, qovuq cho’qqisi bo’lmaydi, uning usti tekis va birmuncha yassilangan bo’ladi.

Qovuq tashqi tomondan tolali qo’shimcha to’qima bilan qoplangan. Uning tagida mushakli qobiq bo’lib, uning tolalari bir - biri bilan chegaralanib, har tomonga qarab yo’nalib, bitta mushakni - siydikni quvuvchi (detrusor urinae) mushakni hosil qiladi. Uning ostida shilliq osti tana (tela submucosa) va shilliq qavat (tun. mucosa) lar joylashadi.

Qovuqning shilliq osti tanasi siyrak joylashganligi tufayli, uning shilliq qavati juda ko’p burmalarni hosil qiladi, shuning uchun ham qovuq to’lishganda ancha kengayish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ammo qovuq orqa devorida joylashgan L’eto qovuq uchburchagi (trigonum vesicae Lieuto-idi) sohasida shilliq qavat burmalar hosil qilmasdan, silliq bo’ladi va bu joyda u shilliq parda tagida yotgan mushak bilan bitishib ketgan bo’ladi. Qovuq uchburchagi uchta teshiklarni: yuqoridan - qovuqqa ochiladigan siydik yo’llari teshiklarni va pastda - siydik chiqaruv kanali teshigini o’zaro birlashtirgan chiziqlari ichida hosil bo’ladi.

Qovuqning ikkita ixtiyoriy va ixtiyorsiz qisqichlari bo’ladi. Ularning birinchisi, siydik chiqaruv kanalining erkaklik olatini g’ovak qismidan o’tadigan joyida bo’lib, ikkinchisi - kanalning qovuqdan boshlanadigan qismini o’rab turadi.

Qovuq qorin parda bilan orqadan va qisman ikki yon tomonidan yopilgan. Bunda qorin oldingi devoridan tushib kelgan qorin parda uning ustida ko’ndalang burmani hosil qilib, pastga – orqa sohasiga o’tadi va to’g’ri ichakka o’tib ketadi. Qovuq to’lishganda ko’tarilib, qov simfizidan ancha yuqorida joylashadi. Natijada uning qorin pardadan xoli turgan oldingi devori qovuqdagi operatsiyalarga qulaylik tug’diradi. Qorin pardaning qovuq orqa devorining pastki sohasidan to’g’ri ichakka o’tadigan joyida, ularning orasida qorin pardadan holi bo’lgan uchburchaksimon bo’shliq (spatium retrovesicale) hosil bo’ladi. Bu joyga to’g’ri ichak yoki oraliq orqali borib, qovuqda operatsiyalar o’tkazish mumkin (53- rasm.)

Qovuqning yuqori va yon devorlariga ingichka ichak qovuzloqlari, sigmasimon, ayrim vaqtlarda ko’ndalang chambar ichak hamda ko’r ichak bilan chuvalchangsimon o’simta tegib turadi. Pastdan - siydik kanalining boshlang’ich qismini o’rab turgan prostata bezi, orqa devoriga - siydik yo’llari bilan urug’ pufakchali va urug’ yo’llari tegib turadi.

Qovuq oldingi devoridan oldinda qalinlashgan qovuq oldi yog’ to’qima bo’shlig’i (cavum praevesicale) bo’lib, u oldindan qorinning ko’ndalang fastsiyasi bilan, orqa­dan – qovuq - kindik fastsiyasi bilan, tashqaridan va ustidan - medial kindik boylamlarining birikkan joyi bilan chegaralanib turadi. Qovuq oldi to’qima bo’shlig’i pastdan va ikkala yon tomonlardan qovuq atrofi (spatium paravesicale) yog’ to’qimasi bilan aloqa qiladi.

Qovuqni yuqori va pastki qovuq arteriyalari qon bilan ta`minlaydi. Bularning birinchisi - kindik arteriyasidan, ikkinchisi –

ichki yonbosh arteriyadan chiqadi. Bundan tashqari, qovuq ichki uyatli va yopqich arteriyalardan ham qon oladi.

Qovuqning devorida juda ko’p vena qon tomirlari bo’lib, ular uning pastki sohalarida qovuq vena chigallari (plexus vesicalis) ni hosil qiladi. Bu chigallar oldindan - uyatli vena chigallari va orqadan - to’g’ri ichak vena chigallari bilan aloqada bo’ladi. Vena qoni qovuqdan yonbosh venalarga quyiladi. Uning limfa yo’llari yonbosh va quymich regional limfa tugunlariga (lymphonoduli iliaci et sacrales) quyilib, yana prostata bezi va urug’ pufakchalarining limfa yo’llari bilan ham aloqada bo’ladi.

Qovuq o’ng va chap qorin tepasi pastki nerv chigali (plexus hypogastrici inferiores dextra et sinistra) laridan chiqqan nerv tolalari bilan innervatsiyalanadi. Bundan tashqari, uning

innervatsiyasida qorin pasti yuqori (plexus hypogastrics superior), chegara simpatik stvol (gangl. trunci sympatici) chigallaridan chiqadigan nerv tolalari hamda oldingi quymich nerv tolalari (n. n. splanchnici sacralis) ham ishtirok etadi.



Erkaklarning siydik chiqarish kanali (urethra masculi­ne). Erkaklarning siydik chiqarish yo’li shilliq, shilliq osti va mushak qavatlaridan tuzilgan nay bo’lib, u faqat siydik chiqarish yo’li bo’lib qolmasdan, urug’ chiqarish yo’li hamdir. Shu oxirgi funktsional vazifasi bilan ayollarning siydik chiqarish kanalidan farq qiladi. Uning uzunligi qovuqdan to tashqi teshigi (ostium urethrae externum) gacha 16 - 18 sm bo’ladi.

Siydik chiqarish yo’lining uch qismi: prostata (pars prostatica), parda (pars membranacea) va g’ovak tana (pars spongiosa) qismlari tafovut qilinadi. Birinchi va ikkinchi qismlari erkaklik olatining mahkamlanib turgan, uchinchi qismi - harakatlantiruvchi qismiga to’g’ri keladi.

Prostata qismining uzunligi 2,5 - 3 sm bo’lib, prostata bezining o’rtasidan o’tadi. Uning orqa devorida do’mbog’i (calliculus seminalis) bor. Shu do’mboqning ikki yon tomonida teshikchalari bo’lib, unga prostata bezi (sinus prostaticus) yo’llarining teshiklari ochiladi.

Parda qismining uzunligi 1,5 - 1 sm cha bo’lib, prostata bezining pastki qismidan, olat so’g’oni (bulbus penis) gacha davom etadi. O’z yo’lida siydik - tanosil diafragmasi (diaphragma urogenitale) ni teshib o’tadi. Uning ikki yon tomonlarida Kuper bezlari joylashib, bu bezning chiqaruv teshiklari siydik chiqaruv teshigining g’ovak tana qismiga ochiladi.

Parda qismining shilliq qavati uzunasiga ketgan burmalar hosil qiladi. Undan keyin ikki qavatdan iborat (bo’ylama va sirkulyar) siydik chiqarish kanali ixtiyoriy qisqichining (m. sphincter urethrae) silliq va ko’ndalang targ’il mushak tolalari joylashadi.

Siydik chiqarish kanalining g’ovak tana qismi, uning eng uzun qismi bo’lib, 13 - 15 sm keladi. U olatning pastki qismidan o’tib, uning g’ovak tanasi (corpus spongiosum penis) bilan deyarli o’ralib yotadi. Kanal shilliq qavatning deyarli butun yo’lida mayda bezlar (gl. urethralis) uchrab, ularning chiqaruv teshiklari kanal ichiga ochiladi.

Kanal teshigining hajmi joylariga qarab har xil bo’ladi. Uning eng tor joyi parda hamda qovuqdan kanalga o’tadigan qismida va tashqi chiqaruv teshigida uchraydi. Kengaygan joyi bo’lsa

prostata, olat so’goni va siydik - tanosil diafragmasidan o’tgan joyida bo’ladi. Uning bu holatini qovuqqa kateter kiritayotganda e`tiborga olish kerak. Aks holda, temir kateterlarni hajmini inobatga olmasdan kiritsak kanalning tor joylarini yirtib yuborishimiz mumkin. Bundan tashqari, siydik chiqarish kanalining ikkita egri joyi bo’lib, birinchi egriligi pastga qarab qiyshayib, qov simfizining pastiga qarab yuradi va kanalning parda qismini g’ovak tana qismiga o’tadigan joyiga to’g’ri keladi. Ikkinchi egrilik yuqoriga qarab qiyshayib, olatning ildiziga, mahkamlanib turgan qismini harakatlantiruvchi qismiga o’tadigan joyiga to’g’ri keladi. Shunday qilib, siydik chiqarish kanalining yo’li «S» harfiga o’xshab ketadi. Agar erkaklar olatini uchidan ushlab cho’zib yuqoriga (qorin oldingi devoriga qarab) ko’tarsak, bu yo’l «V» shakliga o’xshab qoladi. Bunda kateterni kiritish osonlashadi.



Prostata bezi (gl. prostata). Prostata bezi qovuqning pastki qismida joylashib, siydik chiqarish kanali boshlang’ich qismini ikki tomondan o’rab turadi. Chanoq fastsiyasi hisobiga qobiqqa o’ralgan bu bez ikki bo’lakdan iborat. Bo’laklarni uning bo’yin qismi birlashtirib turadi. Bezning uzunligi 2,5 - 3 sm, eng qalin joyi - 2 sm, og’irligi 15 - 20 g. Prostata bezining asosi (basis prostatae) qovuqning tubiga, cho’qqisi (apex prostatae) siydik - tanosil diafragmasiga qaragan bo’ladi. Uning oldingi yuzasi qov simfizining orqasiga, yon tomonlari - orqa chiqaruv teshigini ko’tarib turuvchi mushaklarga va orqasi - to’g’ ri ichak ampulasiga tegib turadi. Binobarin, uni tekshirishda to’g’ri ichakka barmoqni tikib ushlab ko’rib, shakli va katta - kichikligini aniqlash mumkin.

Bezning asosiga urug’ pufakchalari va urug’ yo’llarining ampulasi tegib turadi. Prostata bezi ko’pgina mayda bezchalardan tashkil topib, ularning chiqarish yo’llari (ductus prostatici) siydik chiqarish kanalining prostata qismidagi urug’ do’mbog’ining yon tomonlaridagi egatchalariga ochiladi.

Qov simfizi bilan prostata bezining o’rtasida vena tomir chigallari (plexus venosus prostaticus) yotadi. Bez siydik - tanosil diafragmasi hamda qov suyaklariga mahkam birikkanligi uchun ham harakatsiz bo’ladi. Uning qon bilan ta`minlanishida qovning pastki va to’g’ri ichakning o’rta arteriyalari xizmat qiladi. Vena qoni prostata vena chigaliga quyiladi. Limfa yo’llari esa, chanoq limfa tugunlariga ochiladi.

Oraliq (perineum). Oraliq deb, oldindan qov simfizi hamda qov suyagining pastki va quymich suyaklarining ko’tariluvchi butoqlari bilan, yon tomonlardan quymich do’mboqlari va dumg’aza

- do’mboq boylamlari bilan, orqadan - dumg’aza hamda dum suyaklari bilan chegaralanib, kichik chanoq pastki teshigini to’ldirib turgan yumshoq to’qimalarga aytiladi. Oraliq ikkala quymich do’mboqlarini birlashtiradigan chiziq (lin. biischiadicae) orqali ikki sohaga: siydik - tanosil (reg. urogenitalis) va orqa chiqaruv teshigi (reg. analis) sohalariga bo’linadi. Oraliqning shakli rombga o’xshaydi.



Erkaklar oralig’i (perineum masculinis). Sohaning terisi yupqa, markazga qarab qalinlashib boradi. Orqa chiqaruv teshigining atroflarida hamda yorg’oqqa yaqinroq joylardagi teri qoraygan pigmentga boy, jun bilan qoplangan bo’lib, ter hamda yog’ to’qimalarga boydir. O’rta chiziqda choq (raphe) hosil qiladi. Bu sohaning terisi uyatli nervi (n. pudendus) va sonning orqa teri nervining oraliq tolasi (n. cutaneus femoris posterior) bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog’ to’qimasi markazdan tashqariga qarab qalinlashib boradi.

Yog’ to’qimaning ostidagi hamda orqa chiqaruv - oraliq yuzaki fastsiyalari (fascia anoperinealis superficialis) ancha yupqa, sohaning oldingi yuzasida yorg’oq fastsiyasiga qo’shilib, uning go’shtdor qavat (tunica dartos) iga o’tib ketadi. Yon tomonlaridan esa, u sonning yuzaki fastsiyasiga o’tadi. Uning ostida oraliq mushaklarini yopib turuvchi aponevrozning tashqi qavati kelib, u yon tomonlardan qov hamda quymich suyaklariga, orqadan - quymich do’mboqlarini bir­lashtirib turadigan chiziq (linea biischiadicae) qa birikadi. Keyin egilgan holda, ichkariga o’tib, oraliqning yuzaki ko’ndalang mushagining (m. transversus perinei superficialis) orqa sohasida chuqur yotgan aponevroz bilan birlashadi (54- rasm).

Aponevrozdan so’ng sohaning yon tomonlarida bir - biriga simmetrik va to’g’ri burchak hosil qilgan holda uchta mushaklar yotadi. Bulardan biri – quymich - g’ovak tana (m. ischiocavernosus) mushagi bo’lib, uchburchakning yon tomonlarida joylashadi. Ikkinchisi - uchburchakning orqa devorini hosil qiluvchi oraliqning yuzaki ko’ndalang (m. transversus perinei superficialis) mushagi va uchinchisi - ichki tomonda yotib, g’ovak tana - piyozcha mushagi (m. bulbospongiosae) deyiladi. Bu sohada erkaklik olatining g’ovak tana hamda so’g’oni joylashadi.

Bularning ostida o’rta qavat aponevrozi yotib, u orqadan yuzaki qavat aponevrozi bilan birikadi, oldindan esa - simfizgacha yetmasdan ravoqsimon bo’lib tugaydi. Keyingi qavatda oraliqning ko’ndalang chuqur mushagi (m. transversus perinei profundus), so’ngra oraliq chanoq parietal fastsiyasidan hosil bo’lgan aponevrozning uchinchi varag’i joylashadi.

Siydik chiqaruv kanalining siydik - tanosil diafragmasini teshib o’tgan qismi uning pardali qismi deyiladi. Bu yerda oraliqning chuqur ko’ndalang mushagi unga ixtiyoriy qisqichini hosil qiladi. Siydik - tanosil diafragmasini ichki uyatli arteriya qon bilan ta`minlaydi. Bu yerdagi vena qoni ham shu nomli vena orqali chiqib ketadi. Diafragmani uyatli nerv innervatsiya qiladi.


Erkaklarning uyatli sohasi (reg. pudendalis). Bu sohada erlik olati, yorg’oq va uning ichida joylashgan moyaklar joylashadi.

Erlik olati (penis). Asosan uchta g’ovak tanadan hosil bo’lib, uning ildizi (radix penis), tanasi (corpus penis) va boshi (glans penis) farq qilinadi. G’ovak tanalarning bittasi siydik chiqarish kanalining orqa tomonidan o’tib, uni o’rab turadi va corpus spongiosum penis deyiladi. Qolgan ikkitasi uning ustida va ikki yon tomonida joylashadi.

Bularning uchchalasi ham erlik olatining umumiy fastsiya (fascia penis) si bilan qoplanib, ularning ichida juda ko’p katta - kichik bo’shliqlar, kataklar bo’ladi. Ana shu bo’shliq va kataklar epiteliy bilan qoplangan bo’lib, qon bilan to’lib turadi. G’ovak tanalarining o’zlari silliq mushak tolalari va elastik fibroz to’qimalardan tuzilgan bo’lib, cho’ziluvchanlik xususiyatiga egadir.

Erlik olatining terisi yupqa, cho’ziluvchan bo’lib, uning ichida erkin qoplab turuvchi qism (preputium) ni hosil qiladi. Teri ostida siyrak to’qima, uning ostida silliq mushak tolalari joylashadi.

Olatning taranglanishida uning ushlab turuvchi boylami katta xizmat qiladi. Bundan tashqari, olatning g’ovak tanalari quymich va qov suyaklarining ichki yuzalariga ham mahkam birikib yotadi.

Erlik olatining orqasidagi g’ovak tanalar oraliqlarida fastsiya va o’siqsimon pardaga o’ralib, olatning orqa venasi (v. dorsalis penis) o’tadi. G’ovak tanalardan chiqadigan vena qonlari asosan shu vena orqali qovuq vena chigaliga quyiladi. Bu venaning ikki yon tomoni bo’ylab ichki uyatli arteriyasining tarmoqlari bo’lmish olatning orqa arteriya (a. dorsalis penis) lari o’tadi. Bundan tashqari, uyatli arteriyalar siydik chiqarish kanaliga va olat so’g’oniga ham (a. bulbi penis) tarmoq beradi. G’ovak tanalarning ichidan olatning chuqur arteriyasi (a. profunda penis) o’tadi.

Olat orqa arteriyalarining yon tomonlari bo’ylab uyatli nerv tarmoqlari bo’lmish olatning orqa nervlari (n. dorsalis penis) o’tadi. G’ovak qavatlar simpatik nervlar bilan ham innervatsiyalanadi. Ular olatga prostata chigalidan chiqib g’ovak nervlari (n.n. cavernosi penis) tarkibida keladi.



Yorg’oq (scrotum). Yorg’oq - erlik olatining ildizi bilan oraliq o’rtasida joylashgan teri xaltachadir. Uning ichi to’siq bilan ikkiga bo’lingan bo’lib, har birida siyrak yog’ va qo’shimcha to’qimaga o’ralgan moyak va moyak ortig’i hamda urug’ tizmasining oxirgi uchlari yotadi. Yorg’oqning terisi pigmentga boy bo’lib, organizmning boshqa joylaridagi teridan o’zining yupqaligi,

cho’ziluvchanligi bilan farq qiladi. U ter va yog’ bezlariga boy. Yorg’oqning o’rtasidagi chok (raphe scroti) uni ikkiga bo’ladi.

Yorg’oq terisi ostida yog’ qavati bo’lmaydi. Uning o’rnida go’shtdor qavat (tunica dartos) bo’lib, u teri bilan mustahkam birikkan bo’ladi. Bu qavat yorg’oqning ichida o’simtalar chiqarib o’rta chiziqda to’siq (septum scroti) hosil qilib, yorg’oq bo’shlig’ini ikkiga bo’ladi. Go’shtdor qavatning ostida bir necha qavat bo’lib, fastsiyalar yotadi.

Ularning eng yuzakisi yorg’oqning tashqi urug’ fastsiyasi (fascia spermatica externa), qorin devoridagi yuzaki fastsiyaga to’g’ri keladi. Keyin moyakni ko’taruvchi mushakning fastsiyasi (fascia cremasterica) keladi. Bu fastsiya oyoqchalararo (chov kanaliga qaralsin) fastsiya (fascia intercruralis) ning davomi bo’lib, uning ostida moyakni ko’tarib turuvchi mushak (m. cremaster) yotadi. Bu mushak qorin ichki qiyshiq va ko’ndalang mushaklar tolalaridan hosil bo’ladi. Keyingi qavat ichki urug’ fastsiyasi (fascia spermatica interna) deyilib, qorin ko’ndalang fastsiyasining davomidir. U moyakning seroz qobig’ini va urug’ tizmasini o’raydi.

Bularning ostida moyakning g’ilof pardasi (tunica vaginalis testes) yotib, qorin pardaning qinli o’simtasidan hosil bo’ladi. Buning ikkita varag’i (parietal va vistseral varag’lari) bo’lib, vistseral varag’i moyakning oqsil pardasi (tunica albuginea) bilan mustahkam birikkan bo’ladi. (55- rasm). Parietal va vistseral varaqlar orasida bo’shliq (cavum vaginale) bo’lib, patologik jarayonlarda bu yerga suyuqlik yig’iladi (moyak istiskosi).

Yorg’oq ikki guruh arteriyalardan qon bilan ta`minlanadi. Birinchi guruhdagi arteriyalarga yorg’oqning oldingi arteriyasi (a. scrotalis anteriores - tashqi uyatli arteriyadan) va yorg’oqning orqa arteriyasi (a. scrotales posteriores - oraliq arteriyasidan) kiradi. Bularning ikkalasi ham yorg’oq terisini qon bilan ta`minlaydi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar uning qolgan ichki qavatlarini qon bilan ta`minlab, bularga a. cremastericaning (qorin tepasi, ichki arteriyasining tarmog’i) bir nechta tarmoqlari kiradi.

Yorg’oq venalari juda ko’p vena chigallari va anastomozlarni hosil qiladi. Undagi vena qoni ko’pgina vena tomirlari orqali erlik olati, oraliq va son venalariga, qorin devorining pastki sohalariga, ichki va tashqi uyatlik venalariga quyadi. Limfa yo’llari ham erlik olati, chov limfa tugunlariga ochiladi. Uning innervatsiyasi oldingi va orqa yorgoq nervlari (nn. scrotales anterior et posterior) hisobiga bo’lib, birinchisi - r. genitalis n. genitofemoralisdan, ikkinchisi - r.

perinealis n. pudendis dan chiqadi. Bundan tashqari, pastki qorin chigali boshqa qavatlarini innervatsiya qiladi.



Moyaklar (testis). Erkaklik tanosil a`zolariga kirib, erlik urug’ini - spermatozoidni ishlab chiqaradi. Ular moyak xaltasida joylashib, ellipssimon shaklga ega, biroz yassiroq bo’ladi.

U mustahkam qobiqqa (tunica albuginea) o’ralgan. Moyakning oldingi va orqa qirg’oqlari (margo anterior et posterior), medial va lateral yuzalari (facies lateralis et medialis) hamda ustki va pastki uchlari (extermitas superior et inferior) tafovut qilinadi. Uning orqa qirg’og’ida ortig’i (epididymis) yopishib turadi.

Moyak ortig’ida bosh (caput epididymis), tana (corpus epididymis) va dum (cauda epididymis) qismlari bo’lib, uning dum qismidan tashqari hamma joyi moyakka o’xshab vistseral parda bilan qoplanib yotadi. Moyakning uzunligi - 5 sm, eni - 3,5 - 4 sm, qalinligi - 3 sm va og’irligi – 25 - 30 g keladi.

Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, yorg’oqning ham, moyakning ham devorlarining qavatlari qorin oldingi devorining qavatlaridan hosil bo’lar ekan. Masalan, qorin terisi yorg’oq terisiga, qorin yuzaki fastsiyasi – fascia spermaticf externa –

a, qorin xususiy fastsiyasi va tashqi qiyshiq mushak tolalari - fascia cremastericaga, ichki qiyshiq va ko’ndalang mushak tolalari - m. cremaster ga, qorin ko’ndalang fastsiyasii - fascia spermastica internaga, qorin parda - moyakning g’ilof pardasiga mos keladi.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish