REFERAT
ICHKI AUDITNI REJALASHTIRISH
Tayyorladi: Eshonqulov Botir Zokir o'g'li
ICHKI AUDITNI REJALASHTIRISH
Reja:
Ichki auditni o’tkazish bosqichlari
|
Ichki audit xizmati ishlarini rejalashtirish
|
Audit tekshiruvini o’tzkazish ketma-ketligi
|
Korxonada ichki auditni o’tkazish tartibi
|
Ichki auditni o`tkazish bosqichlari va Ichki audit xizmati ishlarini rejalashtirishning xorij tajribasi
|
Ichki audit tashqi auditdan farqli ravishda korxona xodimlari maxsus bo’lim yoki boshqarma tomonidan amalga oshiriladi. Ichki audit korxona moliyaviy holatining, xarajatlar manbaining, boshqarish tizimini tashhislashning, zahiralarni aniqlashning ichki xo’jalik nazorati uchun qaratilgan bo’lib, u rahbariyatni korxona iqtisodining samaradorligini oshirish bo’yicha ko’rsatmalar bilan ta’minlaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit:
tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini;
korporativ boshqarish printsiplariga rioya qilinishi;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning holatini;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblab chiqilishi va to’lanishi;
moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini;
aktivlarning holatini;
ichki nazoratning holatini tekshirish va ularning monitoringini olib borish yo’li bilan faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Kuzatuvchi kengash tomonidan korxona ixtisosidan kelib chiqib qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishni o’tkazishning boshqa yo’nalishlari belgilanishi mumkin. O’tkazilgan tekshirishlar natijalari bo’yicha bevosita uni o’tkazgan xodim (xodimlar) tomonidan imzolanadigan tegishli hisobotlar tuziladi. Ushbu hisobotlarda:
а) biznes-reja bajarilishini tekshirish natijalari to’g’risida hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:
uning bajarilishining miqdor va sifat ko’rsatkichlari tahlili;
uning bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxslar shaxsan ko’rsatilgan holda aniqlangan sabablar bayoni;
b) korporativ boshqarish printsiplariga rioya qilishni tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
korxona bashqaruv organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning samaradorligi, uning qatnashchilari (muassislar) ning qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi tahlili;
korporativ boshqarish sohasida qonun hujjatlari buzilishi holatlari bayoni (ta’sis hujjatlariga rioya qilish, umumiy yig’ilishlar va korxona boshqaruv organlari majlislari o’tkazilishi, dividentlar to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi va hokazolar);
v) korxonaning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilar o’z ichiga olishi kerak:
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotini tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
aniqlangan buxgalteriya hisobotini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibi buzilishining tavsifi;
g) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblanishi va to’lanishini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va majburiy to’lovlar hisob-kitobi to’g’riligini baholash;
soliqlar va majburiy to’lovlar hisoblash va to’lashning belgilangan tartibi buzilishi holatlarini, soliq solinadigan bazani belgilashda chetga chiqishlarni bayon qilish;
d) moliya- xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishda korxona tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
korxona tomonidan amalga oshirilgan moliya- xo’jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini baholash;
ichki audit davomida aniqlangan korxona tomonidan amalga oshirilgan moliya- xo’jalik operatsiyalarini nomuvofiqligini bayon qilish;
е) ichki nazoratning holatini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
ichki nazorat tizimini va uning faoliyat ko’rsatishidagi mavjud kamchiliklarni bayon etish;
korxona tarkibiy bo’linmalaridagi ijro intizomining holati to’g’risidagi ma’lumotlar, uning aniq xodimlari ishidagi mavjud kamchiliklar.
Aktivlarning holatini tekshirish natijalari aktivlarni xatlovdan o’tkazishning asoslanishi hamda ularning harakati, amalda mavjudligi va saqlanishi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olshi kerak.
Shuningdek, o’tkaziladigan tekshirishlar bo’yicha barcha hisobotlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari faoliyati baholanishini, aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlari bartaraf etishga doir tavsiyalarni, tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga oladigan yakuniy qism bo’lishi kerak.
O’tkazilgan ichki audit yakunlari bo’yicha, yuqoridagilarga asosan, ichki audit rahbari tomonidan imzolanadigan yig’ma hisobot tuziladi. Ichki audit yig’ma hisoboti:
tahliliy qismni;
yakuniy qismni;
tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga olishi kerak.
Ichki audit yig’ma hisobotining tahliliy qismi, yuqoridagilarga asosan, ichki audit xodimlari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari to’g’risidagi umumlashtirilgan axborotni o’z ichiga olishi kerak.
Ichki audit hisobotining yakuniy qismi:
korxonaning ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari faoliyatiga, shuningdek, likvidligigiga umumiy bahoni;
aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etish bo’yicha ichki audit xizmatining tavsiyalarini hamda korxonaning moliya- xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir umumlashtirilgan takliflarni o’z ichiga olishi kerak.
Yig’ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida tugallanishi lozim.
Yig’ma hisobotlar bevosita korxonaning kuzatuvchi kengashiga uning ko’rib chiqishi va keyinchalik tasdiqlashi uchun taqdim etilishi kerak. Hisobotlar nusxalari tasdiqlanganidan keyin korxona ijro etuvchi organiga taqdim etilishi kerak.
Korxonaning ijro etuvchi organi ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rishi shart. Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek umuman korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarning o’z vaqtida va zarar darajada bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmati xodimlari:
o’zlari o’tkazgan tekshirishlar natijalari buzib ko’rsatilganligi;
ularga taqdim etilgan yoki ular tomonidan xizmat vazifalarining bajarilishi munosabati bilan ularga ma’lum bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning sirini tashkil etadigan axborotning maxfiyligiga rioya qilinmaganligi;
olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishi ta’minlanishi uchun javob beradilar.
Ichki auditni o’tkazish bosqichlari quyidagilardan iborat:
Ichki auditni rejalashtirish
Ichki auditni o’tkazish
Ichki audit hisobotini tuzish
Keyingi auditorlik tekshiruvini o’tkazish
Ichki auditning asosiy jarayonlari rejalashtirish, dalil to’plash, natijalarni umumlashtirish, berilgan tavsiyalarning bajarilishi ustidan nazorat va paydo bo’lgan nomuvofiq holatlarni to’g’rilash hisoblanadi. Ichki auditning asosiy xususiyatidan biri uning oldindan puxta tuzilgan reja asosida olib borilishidir. Buning uchun korxona - tashkilotning ichki auditga bo’lgan zaruriyatlarini o’rganish va quyidagi bosqichlarni amalga oshirish kerak bo’ladi:
1. Ichki auditni rejalashtirish. Bu bosqichda quyidagi ishlar tartib bilan bajarilishi lozim:
• tekshiruvga tayyorgarlik;
• tekshiruvni o’tkazish rejasi va dasturini tuzish.
2. Ichki auditni o’tkazish. Tekshiruv jarayoniga ichki auditorlarning ishtiroki shunday rejalashtirilishi kerakki, u
ishni joyida tashkil qilish;
kutilmagan inventarizatsiyani o’tkazish;
tekshirilayotgan ob’ektni tekshirish;
xo’jalik muomalalarini hujjatli tekshirish (zarur hollarda ekspertlarni jalb qilish);
tekshiruvning boshqa jarayonlarini amalga oshirish.
3. Ichki audit hisoboti – tekshiruvning yakuniy bosqichi va u quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• tekshiruv materiallarini bir tizimga keltirish;
• tekshirilayotgan ob’ektning mas’ul shaxslari roziligi va imzosi bilan tasdiqlangan tekshiruv hisoboti hujjatlarini tuzish;
• kuzatuv kengashiga tayinlangan mas’ul shaxslarning tekshiruv natijalari haqidagi axboroti.
4. Keyingi auditorlik tekshiruvini o’tkazish – bu kelgusi hisobot davri uchun amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, u quyidagilarni ta’minlashi zarur:
• Xatolarni, kamchiliklarni, noaniqliklarni bartaraf etish;
• Bartaraf etilishi lozim bo’lgan kamchiliklar yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Ichki auditning bosqichma-bosqich rejalashtirilishi ichki audit xizmati ishining qay darajada olib borilishiga bog’liq.
Ichki auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat:
tekshiruvga tayyorgarlik;
tekshiruvni o’tkazish rejasi va dasturini tuzish.
Ichki audit tekshiruvini o’tkazishga tayyorgarlik:
1. Guruh qatnashchilari: reja bilan to’liq tanishish, tekshiriv chegaralarini aniqlab olish, o’ziga tegishli bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlar bilan tanishish orqali eng muhim savollarga javob topish;
2. Bosh auditor quyidagi vazifalarni bajaradi: rejada belgilangan va tekshiruv ob’yektiga aloqador bo’lgan barcha hujjatlarni to’plash, chunonchi, tashkiliy-boshqaruv va lavozim yo’riqnomalarini, jarayon xaritalari, ularning batafsil bayoni, huquq va majburiyatlar taqsimoti jadvali va hokazo. Bundan tashqari, auditorlik guruhini tayinlashi, tekshiruv jadvalini tuzishi, savol varaqasini tayyorlashi va auditorlarni ishchi materiallar bilan, ya’ni nazorat savolnomasi, auditor jurnali, nomuvofiqliklarni rasmiylashtiruvchi hujjat blankalari va shunga o’xshash materiallar bilan ta’minlashi zarur.
Ichki audit rahbari quyidagilarni bajarishi lozim:
Ichki audit dasturining hajmini belgilash, ichki audit dasturi uchun xatarlarni aniqlsh va baholash
Ichki audit o’tkazish uchun javobgarlik o’rnatish, ichki audit dasturi uchun tadbirlar ishlab chiqish
Zarur resurslarni belgilash, ichki audit dasturining bajarilishini ta’minlash
Ichki audit dasturi bo’yicha ishchi hujjatlarni to’ldirish va ularni saqlanishini ta’minlash, ichki audit dasturini takomillashtirish, uni tahlil qilish va monitoringini o’tkazish
Ichki auditorlik tekshiruvi oldindan belgilangan amallar orqali amalga oshiriladi. Ularning algoritmi quyidagich bo’lishi mumkin:
1. Kirish yig’ilishi;
2. Ma’lumotlarni yig’ish va ularni qayta ishlash;
3. Yakuniy yig’ilish;
4. Auditorlik tekshiruvi haqida hisobotni tuzish;
5. Hisobotni tasqiqlash uchun taqdim etish;
6. Hisobotni korxonaning manfaatdor shaxslariga yuborish;
7. Kamchiliklarni bartaraf etish;
8. Tuzatuv va ogohlantiruv amallarini ishlab chiqish va yo’lga qo’yish;
9. Inspektsion nazorat;
10. Tekshirish natijalarini ro’yxatga olish;
11. Kamchiliklar bartaraf etilishi haqida axborot berish;
12. Ichki auditor faylini shakllantirish.
Ichki auditorlarni o’tkazgan tahlillari:
Moliyaviy hisobotning haqiqiy ko’rsatkichlarini korxonaning reja ko’rsatkichlari bilan solishtirish
Moliyaviy hisobotning haqiqiy ko’rsatkichlarini ichki auditor belgilagan prognoz ko’rsatkichlari bilan solishtirish
Moliyaviy hisobotning haqiqiy ko’rsatkichlarini amaldagi qonunchilik, normativ aktlar va korxonaning o’zi o’rnatgan normativ ko’rsatkichlar bilan solishtirish
Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmagan ma’lumotlar bilan solishtirish
Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini sohaning o’rtacha ma’lumotlari bilan solishtirish
Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlaridagi vaqt o’tishi bilan kechgan o’zgarishlar va ular bilan bog’liq nisbiy koeffisiyentlar tahlili
Ichki audit dasturini bajarish:
ichki audit o’tkazishga oid faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, bu faoliyatni boshqarish va uni yaxshilash uchun zarur moliyaviy resurslar
Ichki auditni o’tkazish usullari, ichki audit dasturi va unga tegishli xatarlar hajmi
Ichki audit dasturining aniq maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmaga ega ichki auditorlar va texnik ekspertlarning mavjudligi
Ichki audit paytida yuzaga keluvchi vaqt va moliyaviy chiqimlar
Mavjud axborot texnologiyalari va kommunikasiya vositalari
Ichki auditorlar ishtirokining shakli va usullari:
Tegishli komissiya va qo’mitalar yig’ilishlarida tegishli masalalarning muhokama qilinishida qatnashish
Korxonaning turli darajadagi rahbarlari bilan ishchi uchrashuvlari o’tkazish
Korxona rahbariyatiga ichki nazorat tizimini qayta qurishda ko’maklashish
Korxonada ichki auditni o’tkazish tartibi
* Korxonada ichki audit xizmatini tashkil etishda “Ichki auditni o’tkazish tartibi” ishchi hujjatni tayyorlash va tasdiqlash juda muhim. Tasdiqlangan bu hujjat keyingi tekshiruvlarda muhim axamiyat kasb etadi. Hujjatni tayyorlashda yillik reja va ichki auditorlik tekshiruvlarining reja-grafiklarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.
Korxonalarda ichki audit o’tkazish tartibi:
Auditorlik tekshiruvini o’tkazishga tayyorgarlik - Audit qilinadigan ob’ektning holati va faoliyatining asosiy parametrlarini aniqlash. Risk omillarini sifatli baholash “Ichki nazorat tizimlarini” baholash
Axborot ta’minoti - Huquqiy, iqtisodiy tashkiliy- texnologik va tashkiliy ta’minot hujjatlari tarkibini aniqlash
Ishlarni o’tkazish rejasini tuzish - Tekshirish masalalari bo’yicha zarur axborotlarni olish. Ishlarning kalendar grafigini tuzishlar va majburiyatlarni taqsimlash. Ishchi hujjatlar tarkibini aniqlash (ish daftari, test blankalari, savolnoma)
Ishlarni bajarish jarayoni - Har bir masala bo’yicha ishlarni bajarish metodlarini aniqlash zarur axborotlarni olish va uni tizimlashtirish
Auditorning hisobotida keltirilgan takliflarni korxona rahbariyati bilan muhokama qilish - Dastlabki takliflarni berish, auditor xulosasini (taklifni) asoslash uchun ma’lumotlarga zarurat tug’ilsa, qo’shimcha axborotlar olish
Auditorning hisobotini va takliflarini tayyorlash - Masalalar bo’yicha auditorlik xulosalarini tizimlashtirish, umumlashtiruvchi xulosalarni rasmiylashtirish, umumiy va xususiy xulosalarning asosiy ishonchlilik darajalariga ajratish
Auditorlik tekshiruvlari natijalari bo’yicha qarorlar va takliflarni joriy etish - Berilgan parametrlardan buzilishlar va og’ishlarni dasturiy bartaraf etish bilan mos holda buyruq va ko’rsatmalar loyihalarini tayyorlash
Ichki audit o’tkazish tartibi :
Tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini tekshirish
Hisob siyosati bo’yicha korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilish
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning holati
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi
Moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi
Aktivlarning holati va ichki nazoratni olib borish
Standart 2200: O’zaro harakat Rejalashtirilishiga qaraganda, ”Ichki auditorlar har bir o’zaro harakat uchun reja ishlab chiqarishi va hujjatlashtirishi shart, buning ichiga o’zaro harakat maqsadlari, vaqt taqsimlanishi,va manbalarning taqsimlanishi ham kiradi ”
O’zaro harakat rejalashtirilishida ichki audit funksiyasi quyidagilarni hisobga olishi kerak:
• Faoliyatning ko’rib chiqilayotgan maqsadlari va faoliyaning o’z ijrosini nazorat qilish usullari;
• Faoliyatga nisbatan bo’lgan ahamiyatli xavf-xatar,uning maqsadlari, zahiralari, shuningdek, operatsiyalar, va xavf-xatarning salohiyatli ta’sirini maqbul darajasida ushlab turish usullari;
• Tegishli doirasida yoki modelga nisbatan faoliyatini boshqarish, xatarlarni boshqarish va nazorat qilish jarayonlari malakasi va samaradorligi
• Faoliyatni boshqarish , xavf-xatarni boshqarish va jarayonlar nazorati uchun muhim yaxshilashlar kiritish imkoniyatlari (Standart 2201: Rejalashtirish Mulohazalari)
Quyidagi standartlar o’zaro harakat ichki auditini rejalashtirganda qo’llaniladi
• “Har bir Ichki harakat uchun maqsadlar o’rnatilgan bo’lishi kerak” (Standart 2210 : Ichki Harakat Maqsadlari)
• “O’rnatilgan ko’lam ichki harakat maqsadlariga erishish uchun yetarli bo’lishi shart “ (Standart 2220 : O’rnatilgan ko’lam ichki harakati)
• "Ichki auditorlar har bir o’zaro harakatning murakkabligi va tabiati, vaqt cheklanishlarini va mavjud resurslarni baholash asosida ish maqsadlariga erishish uchun tegishli va yetarli resurslarini aniqlash kerak".(Standart 2230: O’zaro Harakat resurslari Taqsimlanishi)
• “Ichki auditorlar o’zaro harakat maqsadlariga erishadigan ish dasturlarini ishlab chiqarishi va hujjatlashtirishi zarur ”( Standart 2240 :O’zaro harakat Ish Dasturi)
O’zaro harakatni bajarishda , ichki audit quyidagilarni bajarishi shart:
• “….o’zaro harakat maqsadlariga erishish uchun yetarli, ishonchli, tegishli va foydali ma’lumotlarni aniqlash” (Standart 2310 : Ma’lumotni Aniqlashtirish)
• “….xulosa va o’zaro harakat natijalarini to’g’ri analiz va baholash asosida quring ”(Standart 2320: Analiz va Baholash)
• “….xulosalar va o’zaro harakat natijalarini qo’llab-quvvatlash uchun tegishli ma’lumotlarni hujjatlashtirish ”(Standart 2330: Ma’lumotni Xujjatlashtirish)
• O’zaro harakatning “maqsadlarga erishish kerakli ravishda nazorat qilinayotganiga, sifatga kafolat berilayotganiga, va hodimlar ishlab chiqilayotganiga ishonch hosil qilish” (Standart 2340 : O’zaro Harakat Nazorati)
Do'stlaringiz bilan baham: |