§ Til va nutq
Tilni xalq yaratadi, nutq esa biron bir shaxsga taalluqli bo‘ladi. Til – aloqa quroli. U odamlar bir-biri bilan muloqotga kirishishida vosita bo‘lib xizmat qiladi. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshiradi. Tilning umri uzoq, nutqniki qisqa. Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq, hajmli, shaklli bo‘ladi. Yakka shaxsning ko‘pchilikka aytgan nutqi monolog deyilsa, ikki shaxs o‘rtasidagi nutq dialog deyiladi. Bir necha shaxslar orasida yuz beradigan nutq esa polilog deb ataladi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi, vaziyatga yoki nutq a’zolarining faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi. Nutq so‘zlovchining mavqeyiga, saviyasiga, uslubi va o‘rniga qarab har xil bo‘ladi. Nutqimiz 2 xil shaklda:
a) og‘zaki nutq (yoki muomala tili): suhbat, ma’ruza, radio, telefon, uy, oilada ishlatiladi.
b) yozma nutq: gazeta, jurnal, xat, yozishmalarda ishlatiladi.
Nutqning bosh fazilati va eng muhim belgilari:
Do'stlaringiz bilan baham: |