Bu ne holki, bir necha daqiqa orasida har ikkala oshuq-ma’shuqni ham ko‘rsa! (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 35-bet) Bu aniqlovchi ergash gap. “Bu ne holki” – bosh gap, “ bir necha daqiqa orasida har ikkala oshuq-ma’shuqni ham ko‘rsa” – aniqlovchi ergash gap. Aniqlovchi ergash gap bosh gapda “ne” so‘roq olmoshi bilan ifodalangan, “nima” olmoshining qisqa “ne” shaklining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. “ne” (qanday olmoshining ma`nosini ifodalab kelgan aniqlovchisi “holki” kesimning belgisini bildirib kelgan.
3. Bosh gapdagi to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zning ma’nosini aniqlashtirib keladi: Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mu’tabar bo‘lsin (Oybek). Men siz bilan shunday ishlarni orzu istaymanki, To‘g‘onbek janoblari, unday ishlar dunyoda hech bir tojdorga muyassar bo‘lmagandir (Oybek). Bu gap ham aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. “Biz
Do'stlaringiz bilan baham: |