Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi



Download 2,45 Mb.
bet9/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Regenerasiya hodisasi


Regenerasiya deyilganda, organizmning yo’qolgan qismlarining - hujayralarining, to’qimasining, organnnig bir qismining, yoki hamma qismining o’z-o’zidan qayta tiklanishi tushuniladi. Regenerasiya lotincha regeneratio - tiklanish degan ma’noni bildiradi. Sut emizuvchilar terisining shikastlangan qismining, o’simlik bargining yo’qolgan qismining qayta tiklanishi, regenerasiya hisoblanadi. Regenerasiyani somatik embriogenezdan farqlash uchun olimlar morfataksis, restitusiya, multipolyar forma tenninlarini taklif etishdilar, ammo bu terminlar hozircha regenerasiya terminining o’rnini bosa olmaydi.
Regenerasiyaning 2 turi farqlanadi:
1. Fiziologik regenerasiya. To’qima va organlar hujayralarining yangilanish jarayoni, fiziologik regenerasiya deyiladi. Fiziologik regenerasiya paytida terining epiteliysi, soeh, tirnoq yangidan paydo bo’ladi, o’sadi. Odam terisining epidermis qavati har 7-11 kunda, eritrositlar 2-4 oyda butunlay yangilanadi. Ayrim hayvonlar ba’zi organlarining o’z-o’zidan, zaruriyat paytida tashlab yuborishi, avtotomiya deyiladi. Kaltakesakning dumini tashashi va uning yana tiklanishi bunga misol bo’ladi (grekcha autos - o’zi, tome - tiklanish).
Hujayralar sonining bo’linish orqali tiklanishi, proliferativ regenerasiya deyiladi. Ayrim to’qimalarda maxsus kombial hujayralar va proliferasiya markazi bor. Bu ingichka ichak epiteliy qavatining uchki qismi, suyakning bosh qismi, teri epiteliysining proliferativ qismi hisoblanadi.
Proliferasiya intensivligini, mitoz bo’linishning soniga qarab bilish mumkin. Mitoz jarayonning o’zi 1 soat davom etadi. Somatik hujayralarda mitoz sikli esa 22-24 soat davom etadi. To’qima, yoki organni tashkil etadigan hujayralar qancha vaqtda almashishini, yoki qayta tiklanishini shundan bilish mumkin. Aniqlanishicha, sutkaning har xil vaqtida hujayraning bo’linish tezligi turlicha bo’ladi. Shu yo’l bilan, hujayraning bo’linish ritmi (maromi) aniqlangan. Sutkalik ritmni, jumladan, mitodik faollikni o’rganadigan biologiyaning sohasi xronobiologiya hisoblanadi. Xronobiologiya usullari yordamida mitodik faollik mexanizmlari va uning boshqarish vositalarini o’rganish hamda tibbiyotda foydalanish mumkin. Hujayralar almashinishining sutkalik ritmidan tashqari, yiltik ritmi ham bor.
Shunday qilib, fiziologik regenerasiyaning yemrilish va tiklanish davrlari farqlanadi. Fiziologik regenerasiya yuksak hayvonlar organizmida intensiv sodir bo’ladi. Chunki ularning organizmida fiziologik jarayonlar, intensiv ketadi.
2. Reparativ regenerasiya. Organizmning zararlangan yoki jarohatlangan qismining tiklanishi, reparativ regenerasiya deb ataladi.
Organlarning zararlanishi, jarahatlanishi, tiklanishi turlicha bo’ladi. Mexanik jarohatlar, zaharli moddalardan zaharlanish, kuyishlar, sovuq urishi, nurlanish, och qolish va boshqalar zararlovchi omillar hisoblanadi. Ch.Darvin shilliq qurtlar bosh qismi, salamandralar ko’zi, dumi va oyoqlarining jarohatlangan joyini tez tiklanishini kuzatgan. Butun organizm gavdaning ma’lum bir bo’lagidan, ya’ni somatik hujayralaridan iplanishi mumkin.Bunday hodisa burutlar va kovakichlilarda yaxshi taraqqiy etgan. Shvesiyalik tabiatshunos A.Traamble gidrani maydalab, un elaydigan elakdan o’tkazib suvga tashlaganda, har bir bo’lagidan gidra taraqqiy etishini "Kovakichlilar haqida memuar" (1744) asarida bayon qilgan.
Reparativ regenerasiyaning bir necha turi bor:
Epitelizasiya. Yaraning bitishi jarayonda epiteliy qoplami birdaniga hosil bo’ladi, ya’ni epitelizasiya sodir bo’ladi. Sut emizuvchilarda yaraning epiteliy qavatining bitishi, quyidagicha bo’ladi (9-rasm).
Yaraning chetidagi epiteliy hujayralarining ko’payishi va hujayralar orashning kengayishi hisobidan shishadi. Fibrin iplari epidermis hujayralarining ichkariga kirishi uchun substrat vazifasini bajaradi. Bu hujayralar mitoz yo’li bilan ko’paymaydi, ammo fagositoz hususiyatiga ega. Qarama-qarshi tomonlardagi hujayralar qo’shilib, keratinizasiya sodir bo’ladi. Shundan keyin, mitoz sodir bo’la boshlaydi. Chunki keyin kam bo’ladi.
Epimorfiz - qirqilgan organning qayta tiklanishidir. Triton va aksolotlning qirqilgan oyoqlarining tiklanishi o’zganilgan. Bunda regressiv va progressiv bocqichlar farqlanadi. Regressiv bocqich yaraning bitishidan boshlanadi va quyidagi bocqichlar sodir bo’ladi: qon to’xtashi, yara atrofidagi to’qimalarning qisqarishi, yara ustki qatlamining hosil bo’lishi, epidermis hujayralarming migradsiyasi. Shimdan keyin osteosit hujayralarning yemirilishi boshlanadi. Shu vaqtda yallig’lanish va fogositoz jarayonlari ham boshlanadi. Keyin epidermis ostida biriktinivchi to’qimadan iborat bo’lgan qatlam hosil bo’ladi. Suyakda eroziya kuzatiladi. Epidermis tez qalinlashadi. To’qimalar orasi mezenximaga o’xshash hujayralar bilan to’ladi. Bu regenerasion blastema hosil bo’lishidir. Blastema hujayralari bir xil bo’lib, shu davrdan oyoqning regenerasiyasi boshlanadi.
Shundan keyin, progressiv bocqich boshlanadi. Bu davrda o’sish va morfogenez jarayonlari sodir bo’ladi. Blastermaning massasi va bo’yi tez kattalashadi. Oyoq shakli hosil bo’lganda ham, uning bo’yi qisqa bo’ladi (I0-rasm). Oyoqning to’liq tiklamshi, hayvoning yoshiga, haroratga bog’liq. Aksolotl lichinkasida qirqilgan oyoqlar 3 haftada, jinsiy voyaga yetgan triton va aksolotlda 1-2 oyda tiklanadi.
Epimorf regenerasiyada qirqilgan organ, oldingidek normal holda tiklanmaydi.
Ba’zan regenerasiya davrida qo’shimcha organlar hosil bo’ladi. Agar planariyaning bosh qismi kesib tashlansa, ikki yoki undan ortiq bosh qism o’sib chiqadi (11-rasm). Aksolotl oyog’ining regenerasiyasi davrida ko’plab barmoqlar hosil bo’lishi mumkin.
Morfataksis - regenerasiyaga uchragan joyinng qayta qurilishi tufayli tiklanishidir. Masalan, gidra yoki planariya gavdasining bir qismi qayta qurilib, butun organizmi tiklanadi. Regenerasiyaning bu turini T.Morgan 1900 yilda aniqlagan.
Uchki va tashqi organlar regenerasion va konpensator gipertrofiya yo’li bilan tiklanadi. Regenerasion gipertrofiya- shikastlangan yoki patologik jihatdan o’zgargan toq organlarning morfofunksional jihatdan qayta qurilishidir. Bunda organning oldingi holati tindanmaydi, ammo hajmi va massasi ortadi Kompensator gipertrofiya juft organlardan (buyrak, urug’don) birini olib tashlangandan keyin, ikkinchisining morfo funksional qayta qurilishidir.
Jarohatlangan yoki zararlangan to’qimaning tiklanishi, to’qima regenerasiyasi deyiladi. Muskul to’qimasining tiklanishi uchun, uning har ikkala uchining ozroq bo’lsa-da qismi saqlanib qolgan bo’lishi lozim, suyakning tiklanishi uchun esa, uning ustki qismi saqlanib qolishi kerak. Induktor ta’sviri yordamida, uchki organlar tiklanishiga erishish mumkin.
Regenerasiya jarayonini o’rganish faqat jarohatning tashqi tomondan tiklanishi emas, balki bunda ayrim nazariy muammolar ham borligini ko’rsatmoqda.
Aniqlanishicha, ainfibiyalarning oyog’i qirqilgandan keyin, regenerasiya davrida elektrik faollik ortadi. Baqaning qirqilgan oyog’i orqali elektr toki o’tkazilganda, regenerasiya jarayoni faollashganligi, nerv tolalari ko’payganligi aniqlangan.
Sut emizuvchilarda shu yo’l bilan regenerasiya jarayonini faollashtirishga urinish natija bermagan.
Regenerasiya jarayoni nerv sistemasi orqali boshqariladi. Oyoqni qirqayotganda to’liq denervasiya qijinsa, regenerasiya sodir bo’lmagan. Tritonning oyoq netvlari terining ostiga joylashtirilsa, qo’shimcha oyoqlar hosil bo’lgan. Agar bu nerv tolasi dummng asosiga olib borilsa, qo’shimcha dum hosil bo’lgan. Bu tajribalarning natijalariga asoslanib, "regenerasiya maydoni" gipotezasi yaratildi.Bu gipotezaga ko’ra, regenerasiya jarayonini kuchaytirish uchun nerv tolasi sonini ko’paytirish lozim. Nerv tolasi tipining farqi yo’q. Regenerasiya jarayoniga nerv tolasining ta’svirini trofik vosita orqali tushuntirilmoqda.
Shuningdek, regenerasiya jarayoni gumoral yo’1 bilan ham boshqariladi. jigar regenerasiyasi bunga misol bo’ladi. Agar normal hayvonga jigari olib tashlangan hayvonning qoni, yoki plazmasi quyilsa, normal hayvon jigarida mitotik faollik ortadi. Agar normal hayvon qortini jigari zararlangan hayvonga ko’yilsa, mitoz sekinlashadi. Xulosa chiqarish mumkinki, zararlangan hayvon qonida regenerasiya jarayoni tezlashtiruvchi, normal hayvon qonida esa mitozni sekinlashtinivchi modda bor. Demak, bunda qonning immunologik xususiyatlarini inobatga olish kerak. Organlarni olib tashlash, yoki boshqa ta’sirlar organizmning immunologik imkoniyatlariga ta’sir etadi, auloantitelo hosil bo’ladi, hujayra bo’linishiga ta’sir etadi.
Somatik embriogenezdan regenerasiyaning farqi shundaki, regenerasiya paytida organizmning biror qismni yo’qolsa ham, u hayotiyligini davom ettiradi. Somatik embriogenezda esa bitta, yoki bir necha hujayradan yangi organizm paydo bo’ladi.
M. A. Voronsova, L. D. Liozner (1957) jinssiz, jinsiy ko’payish va regenerasiyani o’zganib, ularni 3 xil ko’payish usuli, deb ataganlar. Regenerasiya davrida diflerensiasiya, determinasiya, o’sish, integrasiya va boshqa embrional rivojlanish davrida sodir bo’ladigan jarayonlar kechadi. Ammo regenerasiya davrida sodir bo’ladigan bu jarayonlar ikkinchi marta, ya’ni jinsiy voyaga yetgan organizmda sodir bo’ladi.
jinsiy ko’payishi hayvonlar evolyusiyasi jarayonda tuzilishi jihatdan, quyidan yuqoriga bo’lgan sari kamayib borgan. Yuqori bocqichda turgan hayvonlarda uchraydigan jinsiy ko’payishni, (ba’zi baliqlarda, kurkada) evolyusiya jarayonda paydo bo’lgan ikkilamchi hodisa, deb qarash kerak. Regenerasiya eng qadimgi jarayon bo’lib, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi jarayonda to’qimalaming jarohatlanishi va tiklanishi shart. Tirik organizmlar dastlab bir hujayrali va sodda tuzilishga ega bo’lgan. Regenerasiya evolyusiya jarayonda ana shu organizmlarning kelib chiqishi va murakkablashuvi natijada paydo bo’lgan va rivojlangan.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish