Repressiya (siqib chiqarish, so‘ndirish) – xotiradan ruhiyatga jarohat etkazuvchi noxush uchrashuvlar, voqealar, hodisalarni o‘chirib tashlaydigan tub negizli himoya mexanizmi. O‘zimiz ham bajarolmagan va’da, xunuk xatti-harakatimiz haqida juda tez unutamiz. Lekin bu munofiqlik emas. Inson haqiqatdan ham ko‘rmay, bilmay turib, unutib yuboradi.
8. Regressiya – voyaga etgan insonga o‘zini yosh boladek tutish imkonini beruvchi rivojlanishning dastlabki boqichlariga qaytish. Oilali ayol turmush o‘rtog‘i bilan kelisholmay qolsa, xuddi, avvalgidek, ota-onasi uyida kichkina qizcha davridagidek, himoya va yupanch ilinjida yig‘lay boshlaydi. Ba’zida kattalar qandaydir vaziyatda «bolalarcha ifodalar» bilan gapirishlari mumkin. Bu o‘ziga xos ravishda xavotirga sabab bo‘luvchi voqelikdan, muammolardan o‘ziga xos ravishda chekinishdir.
9.
Do'stlaringiz bilan baham: |