Iqtisodiy tahlil



Download 1,13 Mb.
bet5/105
Sana19.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#564255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
УМК Иқтисодий таҳлил 2016

Taqqoslanuvchanlik tamoyili taqoqslanuvchanlik shartiga rioya qilinishini talab qiladi. Taqqoslanuvchanlik ta’minlanishi uchun taqqoslanayotgan davrlarda ko’rsatkichlar o’lchanishi va aks ettirilishi yagona uslubiyot bo’yicha amalga oshirilishi lozim.
Korxonalar faoliyatini tavsiflovchi axborot barcha ma’lumotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli, ixcham, qulay va qayta ishlashda tushunarli bo’lishi lozim. Mutanosib axborot manbalarida aks ettirilgan ma’lumotlar va natijalar foydali, mazmunli va turli hisobot davrlari uchun taqqoslanuvchan bo’lishi darkor.


4. Iqtisodiy tahlilning mazmuni
Tahlil (uni xo’jalik faoliyatiga bog’lamasdan va mustaqil fan sifatida ajratmay) azaldan mavjud va insoniyatning jami ilmiy va amaliy faoliyati asosida yotuvchi ancha keng tushuncha hisoblanadi. Tahlil ob’ekt va hodisalarni qismlarga ajratib o’rganish jarayonini o’zida aks ettiradi. Tahlilga teskari jarayon sifatida sintez namoyon bo’lib, u bilan tahlil ko’pincha amaliy yoki bilish faoliyatida uyg’unlashadi. O’rganilayotgan ob’ekt turi, uning strukturasi murakkabligi, o’rganilayotgan jarayonning mavhumlik darajasi va ularni amalga oshirish usullariga bog’liq ravishda tahlil turli shakllarda namoyon bo’ladi, jumladan ko’pincha ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlar(kimyoviy tahlil, matematik tahlil, biologik tahlil, iqtisodiy tahlil)da tadqiqot so’zining sinonimi hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil fan sifatida ob’ektiv iqtisodiy qonuniyatlar hamda ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish bilan bog’liq maxsus bilimlar tizimini o’zida aks ettiradi.
Boshqaruv funktsiyasi sifatida rejalashtirish, hisob, tahlil va boshqaruv qarorlari o’zaro chambarchas bog’langan. Tahlil boshqaruv qarorlarini qabul qilishning ilmiy asosi hisoblanadi, uning yordamida iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalari o’rganiladi, faoliyat natijalarining o’zgarishi omillar asosida tadqiq qilinadi, biznes-rejalar va boshqaruv qarorlari asoslanadi, ularning ijrosi ustidan nazorat amalga oshiriladi, samaradorlikni oshirish zaxiralari aniqlanadi. Yuqorida aytib o’tilgan boshqaruv funktsiyalarisiz hech qanday boshqaruv qarorini qabul qilish mumkin emas.
Amaliy iqtisodiy fanlar tizimida markaziy o’rinni egallovchi iqtisodiy tahlil bevosita xo’jalik faoliyati bilan bog’liq qator o’ziga xos funktsiyalarni bajaradi. Iqtisodiy qonuniyatlar namoyon bo’lishini o’rganish, korxonalarning aniq sharoitida iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning qonuniyatlari hamda tendentsiyalarini aniqlash, ularni tadqiq qilish asosiy funktsiyalardan biri hisoblanadi. Masalan, talab va taklif qonuniyati. Talab o’ta harakatchan va o’zgaruvchan, chunki uning miqdori va dinamikasiga ham iqtisodiy, ham ijtimoiy tusdagi ko’p sonli omillar ta’sir qiladi. Tovarga talabning o’zgarishiga, misol tariqasida olsak, reklamadan foydalanish, moda, afzal ko’rish, atrof-muhit, did, tovarlar hammabopligi, daromadlar miqdori, buyum foydaliligi, o’rnini bosuvchi tovarlar uchun narxlar, aholi soni o’zgarishi ta’sir etishi mumkin.
Tahlilning keyingi muhim funktsiyasi joriy va istiqboldagi rejalarni ilmiy asoslash hisoblanadi. Ilmiy asoslangan reja korxonalar faoliyati samarasini baholash mezoni sanaladi. O’tgan yillar (5-10 yil) uchun korxonalar faoliyat natijalarini iqtisodiy tahlil qilmasdan, istiqbol uchun asoslangan prognozlashsiz va korxonalar iqtisodiyotining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganmay turib, o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan kamchilik va xatoliklarni aniqlamasdan ilmiy asoslangan rejani ishlab chiqish, boshqaruv qarorlarining optimal variantini tanlashning iloji yo’q.
Rejalashtirish zamonaviy korxonalarda moliyaviy resurslar, birinchi navbatda, pul mablag’lari bilan bog’liq, ular oxir-oqibatda moddiy, mehnat va boshqa resurs turlariga o’zgaradi. Korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ulardan samarali foydalanishga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, sotish va investitsion rejalarni professional darajada tayyorlash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun eng muhim omil hisoblanadi.
Rejalar va boshqaruv qarorlari bajarilishi, resurslardan tejamli foydalanish ustidan nazorat korxona uchun muhim ahamiyat kasb etadi va tahlilning asosi y funktsiyalaridan biri sanaladi. Rejalar bajarilishini baholash rejada ko’zda tutilgan xo’jalik operatsiyalarini bajarish muddati tugashi bo’yicha amalga oshiriladi. Erishilgan natijalarni baholashda kamchilik va xatolar aniqlanadi, ularni bartaraf etish bo’yicha tezkor qarorlar qabul qilinadi.
Iqtisodiy tahlil real foyda keltirganda o’zini oqlaydi. Iqtisodiy tahlilning haqiqiy nafi ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida foydalanilmagan zaxiralarni aniqlashdan ham iborat.
Iqtisodiy tahlilning muhim funktsiyalaridan biri – resurslardan samarali foydalanishdagi foydalanilmagan zaxiralarni aniqlash, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish hamda fan va amaliyot yutuqlari, ilg’or tajribalar o’rganilishini hisobga olgan holda korxonani muvaffaqiyatli rivojlantirish va daromadlilik darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlil tasnifida texnik-iqtisodiy tahlil, moliyaviy-iqtisodiy tahlil, boshqaruv tahlili, ijtimoiy- iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-statistik tahlil, iqtisodiy-ekologik tahlil va marketing tahlili kabilar o’rin olgan.
Iqtisodiy tahlil boshqaruv ob’ekti (xo’jalik faoliyati)ning asosiy va yirik bo’limlari hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilni tashkil qilish, ob’ektlari, vazifalarni echish usullari o’ziga xoslikka ega.
Moliyaviy-iqtisodiy tahlil (korxonaning moliya xizmati, moliya va kredit organlari) korxona faoliyati natijalariga: moliyaviy reja bajarilishi, o’z va qarz kapitaldan foydalanish samaradorligi, foyda miqdorini oshirish zaxiralarini aniqlash, rentabellik o’sishi, korxonaning moliyaviy ahvoli va to’lov qobiliyati yaxshilanishi kabilarga asosiy e’tibor qaratadi.
Buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslanuvchi moliyaviy tahlil tashqi tahlil hisoblanadi va quyidagi xususiyatlarga ega:
– tahlil sub’ektlari (axborotlardan foydalanuvchilar) ko’pligi;

  • tahlil sub’ektlari maqsad va manfaatlari rang-barangligi;

  • hisob va hisobotning namunaviy metodikalari, standartlari mavjudligi;

  • tahlilning faqat korxonaning ommaviy hisobotiga yo’nalganligi;

  • korxona faoliyati haqida axborotlardan foydalanuvchilar uchun natijalarning maksimal oshkoraligi.

Moliyaviy (tashqi) tahlil jarayonida quyidagilarni aniqlash bo’yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi:
– foyda, tushum va xarajatlarning mutlaq ko’rsatkichlari;

  • rentabellikning nisbiy ko’rsatkichlari;

  • bozor barqarorligi, balans likvidligi, korxona to’lov qobiliyati;

  • o’z kapitaldan foydalanish samaradorligi;

– qarz mablag’lardan foydalanish samaradorligi;
– kapitalni avanslash samaradorligi (investitsion tahlil);
– korxonaning moliyaviy ahvoli va emitent korxonaning reyting bahosining iqtisodiy diagnostikasi.
Boshqaruv tahlili korxonaning barcha xizmatlari tomonidan olib borilib, bunda rahbariyatga rejalashtirish, nazorat, optimal boshqaruv qarorlari qabul qilish, moliyaviy siyosat masalalari bo’yicha strategiya va taktika ishlab chiqish, marketing faoliyati, sovershenstvovaniya ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika, texnologiyasi uchun zaruriy axborotlarni taqdim etish maqsad qilinib, operativ xarakterga ega. Uning natijalari esa tijorat siri hisoblanadi.
Boshqaruv tahliliga xos xususiyatlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
– tahlil natijalarining korxona rahbariyatiga yo’nalganligi;
– tashqaridan tahlilni tartibga solish mavjud emasligi;
– korxona faoliyatini, moliyaviy va texnik jihatlarini o’rganish, tahlil qilish majmuaviyligi;
– hisob, tahlil, rejalashtirish va qaror qabul qilish integratsiyasi;
– tijorat sirini saqlash maqsadida tahlil natijalari maxfiyligi.
Boshqaruv yoki ichki xo’jalik ishlab chiqarish tahlili predmeti quyidagilar hisoblanadi:
– biznes-rejani asoslash;
– marketing tizimi;
– xo’jalik faoliyati samaradorligining kompleks iqtisodiy tahlili;
– texnik-tashkiliy daraja va ishlab chiqarishning boshqa shart-sharoitlari;
– ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi;
– mahsulot ishlab chiqarish va sotish;
– tannarx, mahsulot hajmi va foydaning o’zaro aloqasi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti tahlilni ichki boshqaruv va tashqi moliyaviy tahlilga differentsiatsiyalash ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ichki boshqaruv tahlili – boshqaruv hisobining tarkibiy qismi, ya’ni korxona rahbariyati, ma’muriyatining axborot-analitik ta’minotidir. Tashqi moliyaviy tahlil esa moliyaviy hisobning tarkibiy qismi sanaladi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil moliya-xo’jalik faoliyatini boshqarish tizimining muhim elementi hisoblanadi, undan investitsion loyihalarni baholashda oldindan prognozlash varianti sifatida; moliyaviy shart-sharoit va natijalarni prognozlash instrumenti sifatida; ishlab chiqarishni boshqarishdagi joriy muammolarni aniqlash; har bir faoliyat yuritayotgan ob’ektga tegishli ichki zaxiralarni aniqlash, korxonaning moliyaviy ahvolini baholash maqsadida foydalanish mumkin.
Iqtisodiy tahlil o’tkazish jarayonida muhim aloqa va tavsiflarni aniqlash, iqtisodiy ma’lumotlarni axborotga aylantirish maqsadida analitik vositalar tizimi hamda turli iqtisodiy va moliyaviy hujjatlar ko’rsatkichlarini o’rganish usullaridan foydalaniladi.
Analitik jarayon va baholash uchun qanday turdagi hisobot manba sifatida xizmat qilishiga bog’liq ravishda iqtisodiy tahlil turkumlanadi (1-chizma).



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish