Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘layotgan raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o‘zgartirib, keng imkoniyatlar yaratish bilan birga


-mavzu:Axborot texnologiyalari haqida tushuncha



Download 4,09 Mb.
bet7/70
Sana24.03.2022
Hajmi4,09 Mb.
#507906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
Bog'liq
ma\'ruza1

3-mavzu:Axborot texnologiyalari haqida tushuncha.
Reja:

  1. Axborot texnologiyasining jamiyat rivojidagi o’rni;

  2. Axborot texnologiyasi haqida;

  3. Zamonaviy axborot texnologiyalari.



Tayanch tushunchalar: kompyuter texnologiyasi, axborot texnologiyasi, texnoloya, zamonaviy axborot texnologiyalarining tamoillari, zamonaviy axborot texnologiyalarining xususiyatlari

Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnalogiyalari iboralari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar dsesak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashinish, ularni uzatish inson faoliyatning asosiy negizini tashkil etadi.


Hozirgi kunda axborot texnalogiyasi jamiyatning jadal rivojalanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnalogiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsada, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnalogiyalari mavjud yangi texnalogiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda.
Axborot texnalogiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog’liq faoliyat sohalari tashkil etadi. Axborot texnalogiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnalogiyalari turmushning barcha sohalariga brogan sari ko’proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.
Bugungi kunda axborot texnalogiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratilishi mumkin. Birinchi turdagi texnalogiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnalogiyalariga chiptalar buyurtma qilish , mehmonxona hisob- kitoblari tizimlari misol bo’ladi. Yaratuvchi axborot texnalogiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalaniladigan va insonni tarkibiy qism sifatida o’z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnalogiyalarining hozitgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axcborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo’ladi.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish- inson hayotining barcha jabhalarida intellectual faolyatning rolini oshirish bilan bog’liq obyektivjarayon hisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublkamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o’sishi hamda fan – mexanika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini besh asosiy yo’nalishiga ajratish mumkin:

  1. Mehnat, texnalogik va ishlab chiqarish jarayoyonining vosita jarayonini kompleks avtomatlashtirish.

  2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.

  3. Tashkiliy – iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

  4. Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish.Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Axborot har qanday fan borligini ba’zi tushunchalarni umumlashgan bir- biriga bog’langan holda o’rganadi. Masalan, fizika tabiddagi voqealar hodisalar ularning kelib chiqish shar- sharoitlari, ulardan hayotda foydalanish kabilar foydalanadi. Fizikani o’qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o’zlashtirilgan bilimni amalda tekshirish tashkil etadi. Har ikki holda ham materialni o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga yetkazish.
Bilimolish, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoyat kattadir. Axborot qanday ko’rinishda foydalanishdan qat’iy nazar, uni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidaglar belgilaydi:
Birinchidan o’qitishda yangi axbotrot texnalogiyalaridan foydalanish standart ( anaviy) tizimga nisbatan o’quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilimga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o’stiradi. Bilim berishga deferensiyalash bilan yondashish, olingan bilimlar takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi. Talabani o’quv jarayonini suvyektlashtiradi.
Ikkinchidan yangi axborot texnalogiyalaridan ta’lim tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:

  • Ma’lum predmetlarni o’qitishda kompyuter darslari.

  • Kompyuter darslari ko’rgazmali material sifatida.

  • Talabalarning guruhiy va fondlash ishlarini tashkillashtiradi.

  • Talabalarning ilmiy izlamnishlarini tashkillashtirishda;

  • Talabalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va h.k.

Hozirgi davrni informatikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning barcha sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi - axborotdir.


Axborot atrof - muhit obyektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari, xosiyatlari va holatlari to’g’risidagi ma’lumotdir.
Axborot texnologiyasi (AT) obyekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang’ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Telekommunikasiya kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatish.
Axborot jamiyatining moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikasiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan:
Axborot - xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zaxira bo’lib, energetika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko’proq ta’sir ko’rsatmoqda.
Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma’lumotlari, bilimlari yig’indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan - texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va "xom ashyo"sidir.
Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan - texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig’indisidir, ya’ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi.
Ko’rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to’liq, axborot jarayonlari ko’p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda.
Yuqorida qayd qilinganidek, jamiyatni axborotlashtirishda muhim tushunchalardan biri axborot zaxiralari tushunchasidir.
Axborot zaxiralari - alohida hujjat va alohida hujjat to’plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlaridagi)dagi hujjatlar va hujjatlar to’plamidir.
Texnologiya - so’zi yunoncha (techne) san’at, mahorat, o’quv ma’nolarini anglatadi.
Axborot neft, gaz, foydali qazilmalar va boshqalar kabi an’anaviy moddiy zaxira turlari kabi jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslanganda texnologiya sifatida qabul qilinishi mumkin.
Axborot texnologiyalarining maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti - harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdir.
Axborot texnologiyasi obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar (boshlang’ich axboroti)ni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.
Zamonaviy axborot texnologiyalari - shaxsiy kompyuterlar va telekommunikasiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do’stona interfeysli axborot texnologiyasidir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining uch asosiy tamoyili:

  • kompyuterli interaktiv (muloqotli) ish rejimi;

  • boshqa dasturiy mahsulotlar bilan integrasiyalashlik (tutashish), o’zaro aloqa;

  • ham ma’lumotlar, ham vazifaning qo’yilishi jihatidan o’zgarishlar jarayonlarining moslashuvchanligi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining


asosiy xususiyatlari

Uslubiyat

Asosiy belgi

Natija

Axborotni qayta ishlashning prinsipial yangi vositalari

Boshqaruv texnologiyasi "ichiga o’rnashish"

Kommunikasiyalarning zamonaviy texnologiyasi

.Yaxlit texnologik tizimlar

Mutaxassislar va menejelar ishining integrasiyasi

Axborotni qayta ishlashning zamonaviy . texnologiyasi

Axborotni maqsadga yo’naltirilgan xolda yaratish, uzatish, saqlash va aks ettirish

Ijtimoiy muhit qonuniyatlarini hisobga olish

Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning zamonaviy texnologiyasi

Axborot texnologiyalari o’ziga asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan chambarchas bog’liq. Axborot texnologiyalari kompyuterda saqlanuvchi ma’lumotlar ustidan turuvchi turli murakkablik darajasidagi operasiyalar, amallar, bosqichlarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi - axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish.


Zamonaviy axborot texnologiyasidan foydalanishning oqilona uslubiyati katta moslashuvchanlikka erishish, umumiy standartlarni qo’llab - quvvatlash, mahalliy axborot mahsulotlarining to’g’ri kelishini amalga oshirish, faoliyatda bir - birini takrorlashni kamaytirish va boshqalarni amalga oshirish imkoniyatini va iqtisodiy jihatdan yuqori unumdorlikka erishishga yo’l ochib beradi.
Axborot texnologiyalarining samaradorligi va moslashuvchanligi ko’p jihatdan qaror qabul qilishni qo’llab - quvvatlashning interfeys tizimi xususiyatlariga bog’liq. Interfeys: foydalanuvchining tili; displey ekranida muloqotni tashkil etuvchi kompyuter xabarining tili, foydalanuvchining bilimini belgilaydi.
Foydalanuvchi tili - bu shunday harakatlarki, ularni foydalanuvchi tizimga nisbatan klaviatura imkoniyatlari; ekranda yozuvchi elektron qalamlar djoystika; " sichqonlar "; ovoz bilan beriladigan buyruqlar va hokazolardan foydalanish yo’li bilan amalga oshiradi. Foydalanuvchi tilining eng sodda shakli kirish va chiqish hujjatlari shaklini yaratishdir. Foydalanuvchi kirish shaklini (hujjatni) olib, uni zarur ma’lumotlar bilan to’ldiradi va kompyuterga kiritadi. Qaror qabul qilishni qo’llab - quvvatlash tizimi zarur tahlilni amalga oshiradi va belgilangan shakldagi chiqish hujjati ko’rinishida natijalarni beradi.
Mavjud ishlanmalar foydalanuvchidan jiddiy cheklanishlar: muayyan so’z va ifodalar jamlanmasi; foydalanuvchi ovozining o’ziga xosligini hisobga oluvchi maxsus sozlash; odatdagi silliq nutq ko’rinishida emas, balki diskret buyruq ko’rinishidagi boshqarishlarni talab etadi.
Xabarlar tili - bu, foydalanuvchi displey ekranida ko’radigan (ramzlar, grafika, rang ) printerda olinadigan ma’lumotlar, tovushli signallar va hokazolardir. Hozirgi paytda quyidagi muloqot shakllari: so’rov-javob rejimi, buyruq rejimi, menyu rejimi kompyuter taklif etgan ifodalarda kirishga qo’yish (propusk)ni to’ldirish rejimi eng ko’p tarqalgandir.
Har bir shakl vazifaning turi, foydalanuvchining o’ziga xosliklari va qabul qilayotgan qarorlariga bog’liq holda o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Uzoq vaqtlar xabarlarni amalga oshiruvchi yagona til harflarda yoki displey ekraniga chiqarilgan hisobot yoki xabarlar bo’lgan. Endilikda chiqish ma’lumotlarini taqdim etuvchi yangi imkoniyat – mashina grafikasi paydo bo’ldi. U ekran va qog’ozda uch o’lchovli ko’rinishda rangli grafik tasvirlarni yaratish imkoniyatiga ega. Mashina grafikasidan foydalanish chiqish ma’lumotlarining ko’rgazmaliligi va talqin ettirishni ancha oshira borib, qaror qabul qilishni qo’llab – quvvatlashning axborot texnologiyalarida tobora ommaviylashmoqda.
So’nggi bir necha yil mobaynida mashina grafikasi rivojlanishining yangi yo’nalishi – multiplikasiya ko’zga tashlanadi. Multiplikasiya jismoniy tizim va obyektlarni modellashtirish bilan bog’liq qaror qabul qilishni qo’llab – quvvatlash tizimlarini talqin qilish uchun ayniqsa samarali bo’lmoqda.
Yaqin yillarda xabarlar tili sifatida inson ovozidan foydalanish kutilmoqda. Hozir bu shakl moliya sohasida qarorolarni qabul qilishni qo’llab – quvvatlash tizimida qo’llanilmoqda, unda favqulodda hisobotlar yuzaga kelishi jarayonida u yoki bu holatning yagonaligi sabablari tushuntirilmoqda.
Foydalanuvchining bilimlari – bu, foydalanuvchi tizim bilan ishlashda bilishi lozim bo’lgan narsalardir. Ular nafaqat foydalanuvchi miyasida bo’lgan hatti – harakatlar rejasi, balki kompyuter beradigan darsliklar, ko’rsatmalar, ma’lumotnoma xabarlariga ham oiddir.
Qarorlarni qabul qilishni qo’llab – quvvatlash tizimi interfeysini takomillashtirish ko’rsatilgan uch kompyuterlardan har birining rivojlanishidagi yutuqlar bioan belgilanadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining kundan – kunga rivojlanib borishi ulardan xalq xo’jaligining barcha sohalarida unumli foydalanish uchun zamin yaratib bermoqda.


Savol va topshiriqlar

  1. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining boshqa davr jamiyatidan farqi nimada?

  2. Texnologiya atamasining ma’nosi qanday?

  3. Axborot texnologiyasi nima?

  4. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini qanday yo’nalishlarga ajratish mumkin?

  5. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy tamoillari qaysilar?

  6. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari qaysilar?



Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish