Iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi


Xorijiy mamlakatlarning monetar siyosati tajribasi va ulardan O`zbekistonda foydalanish imkonyatlari



Download 215,11 Kb.
bet10/11
Sana08.04.2023
Hajmi215,11 Kb.
#925865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi

2.3.2.Xorijiy mamlakatlarning monetar siyosati tajribasi va ulardan O`zbekistonda foydalanish imkonyatlari

Bozor iqtisodiyotining asosiy qoidasi shundan iboratki, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida turli xildagi moliyaviy-iqtisodiy siyosatlarni amalga oshiradi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, davlat siyosatining asosiy koʻrinishlari monetar (pul-kredit) siyosat va fiskal sohalarida amalga oshiriladi.


“Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, iqtisodiy sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) hisoblanadi. Monetarizm (monetary - pul) – bu iqtisodiyotdagi tebranma harakatda pul hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb tasdiqlovchi iqtisodiy fandagi oqim. Monetarizm – nafaqat pul to’g’risidagi ta’limot. Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul kategoriyasi, pul-kredit dastaklari turadi; ammo ularni pul mexanizmi, bank tizimi, pul-kredit siyosati, valyuta munosabatlari shunchaki qiziqtirmadi. Monetaristlar ularni pul massasi bilan ishlab chiqarish o’rta-sidagi bog’liqlikni aniqlash uchun tadqiq qildilar. Monetarizm keynschilar ta’limotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir. Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen naza-riyasiga ko’ra, erkinlik va xususiy tadbirkorlik o’rtasida ichki bog’liqlik mavjud. Faqat xo’jalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mum-kin. Iqtisodiyotda nima qilish kerakligini millionlab kishilar-dan ko’ra davlat amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo’jalik jarayonlarga aralashuvi iqtiso-diyotning o’zini-o’zi tartiblash tizimini buzishga olib keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlagan holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog’i lozim”40.
Pul-kredit (monetar) siyosati – bu narxlar barqarorligi, aholining toʻla bandligi va ishlab chiqarishning real hajmi oʻsishini ta’minlash maqsadida muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etuvchi davlatning iqtisodiy siyosatidir. Pul-kredit siyosatining iqtisodiy va tashkiliy asoslarini oʻziga xosligi uning obyektlari va subyektlarining xususiyatlari bilan belgilanadi. Pul-kredit siyosatining obyektlari pul bozoridagi talab va taklifdir. Pul-kredit siyosatining subyektlari deganda, eng avvalo Markaziy bank va u bilan oʻzaro harakat qiluvchi, moliyaviy tizimning ishlashida qatnashuvchi banklar va boshqa pul-kredit boshqaruvi organlari tushuniladi.
Oqilona monetar siyosat – iqtisodiyotni samarali ishlashini ta’minlovchi eng muhim omildir. Haddan tashqari pul massasini oshirish, iqtisodiy oʻsishga “tushov” boʻluvchi inflyatsiya sur’atini yuqori darajaga koʻtarilishiga olib keladi. Ammo oʻta qattiq monetar siyosat ham ishlab chiqarish hajmining kamayishi va ishsizlik darajasini oshishi bilan bogʻliq salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Monetar siyosatni tartibga solish borasida bugungi kunda prezidentimiz tomonida ko`plab oqilona siyosatlar yuritilmoqda va buning isbotini quyidagi president farmonida ko`rishimiz mumkin. “Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilgani qayd etilsin.
Maqbul miqdorda tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha izchil amalga oshirilayotgan siyosat O‘zbekistonning majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan ishonchli, to‘lovga layoqatli xalqaro sherik sifatidagi imidjini ta’minladi, keyinchalik valyuta kursini liberallashtirish uchun zarur oltin-valyuta zaxirasini shakllantirish, valyuta resurslarini real iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiya qilishning ustuvor sohalariga yo‘naltirish, jahon moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini berdi”41.“Mamlakatimizda faqatgina bozor mexanizmlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan valyuta bozorini shakllantirish barcha banklarning mijozlar (yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar) ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun valyuta birjasi savdolarida erkin ishtirok etishini, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasini sotib olish bo‘yicha amaldagi tartib va texnik reglamentlariga rioya etgan holda o‘z valyuta mablag‘larini hech qanday cheklovsiz tasarruf etishini taqozo etadi”42.
Monetar siyosatning qanday strategiyalari eng samarali ekanligini bilish uchun, dunyoning boshqa mamlakatlarida olib boriladigan pul-kredit siyosati tajribalarini oʻrganish zarur. Pul-kredit siyosatining oraliq maqsadlari yoki pul-kredit siyosatining tartibini tanlash, asosan pul-kredit boshqaruvi organlarining nimani afzal koʻrishlari bilan xarakterlansada, ammo, bir vaqtning oʻzida ma’lum darajada joriy makroiqtisodiy va institutsional sharoitlar, hamda pul transmissiyasining ustun keluvchi kanaliga ham bogʻliqdir. Iqtisodiy adabiyotlarda pul-kredit siyosati tartibining asosiy toʻrtta turi ajratib koʻrsatiladi
1.ayriboshlash kursini targetlash;
2.pul agregatlarini targetlash;
3.inflyatsiyani targetlash;
4.aniq nominal langarsiz pul-kredit siyosati.
Narxlar darajasi oʻsishini pasaytirish maqsadida pul-kredit boshqaruvi organlari nominal langar ya’ni oʻgaruvchilarning nominal qiymatidan (inflyatsiya, valuta kursi va pul massasi) foydalanishadi. Nominal langardan foydalanish davlat organlarini belgilangan chegaradan chiqib ketmaslikka majbur etadi. Shunday qilib, nominal langar narxlar darajasini haddan tashqari oshib yoki pasayib ketishini oldini oladi.
Bundan tashqari undan foydalanishga yana bir muhim sabab, u kundalik qarorlarga asoslanib amalga oshiriladigan va uzoq muddatli davrda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan diskretsion (chegaralanmagan) pul-kredit siyosatidagi vaqtinchalik barqarorlik muammosini yumshatishga yordam beradi.
Valuta kursini targetlash pul-kredit siyosatining eng dastlabki tartiblaridan biri. Ushbu tartib milliy valutaning ayriboshlash kursini inflyatsiya darajasi past boʻlgan katta mamlakatning (langar-mamlakat deyiladi) valutasiga bogʻlab qoʻyishni koʻzda tutadi. Bunga muqobil ravishda milliy valutaning ayriboshlash kursi erkin harakatlana oladigan oraliq yoʻl belgilanishi mumkin. Bunda valutaning muntazam qadrsizlanishiga qoʻyib beriladi, shuning uchun valuta kursi sun’iy ravishda ushlab turilgan mamlakatda inflyatsiya langar mamlakatdagiga nisbatan yuqori boʻlishi mumkin43.
1970-yillarda monetar targetlash Germaniya, Shveytsariya, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya, shuningdek AQSHda joriy qilindi53. Ushbu strategiya narxlar barqarorligiga erishish uchun oraliq maqsad sifatida pul agregatlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Amaliyotda monetar targetlash Milton Fridmanning tanlangan pul agregatlari oʻsishning doimiy sur’ati haqidagi taklifidan katta farq qiladi.
Germaniya va Shveytsariyaning monetar siyosatini oʻrganib, ikkita xulosa chiqarish mumkin. Birinchidan, monetar targetlash tartibi uzoq muddatli istiqbolda inflyatsiyani chegaralashga qodir, xatto maqsaddan sezilarli darajada chetga chiqilishiga yoʻl qoʻyilsa ham. Shunday qilib, inflyatsiyani bartaraf qilishda yaxshi natijalarga erishish uchun qattiq siyosat yuritish shart emas. Ikkinchidan, bu ikki mamlakatda monetar tergetlash muvaffaqiyatining asosiy sababi, tez-tez chetga chiqishlarga qaramay, monetar siyosat maqsadlarining aniqligi va ikkala markaziy bankning jamoatchilik bilan oʻzaro faol harakat qilishi boʻldi.

Valuta kursini ayriboshlash, monetary targetlash, inflatsiyani targatlash va noaniq nominal langar strategiyalari bir nechta afzallikka va kamchiliklarga ega. Buni quyidagi 3- va 4-chizmada ko`rishimiz mumkin:





Noaniq nominal langar

Inflyatsiyani targetlash



Monetar targetlash

Valuta kursini targetlash






Ichki inflyatsiya darajasini savdo qilinadigan To-varlar narxining oʻsish sur’atiga bogʻlashi


Mustaqil monetar siyosat ichki muammolarni hal qilishga yoʻnal-tirilishi mumkin

Maqsadning od-diyligi va oshko-raligi

Mustaqil mone-tary siyosat ichki muammolarni hal qilishga yoʻnal-tirilishi mumkin



Mustaqil mone-tar siyosat ichki muammolarni hal qilishga yoʻ-naltirilishi mumkin



Monetar siyosat yurgizish uchun avtomatik qoida

Maqsadga eri-shish toʻgʻrisida tezda signal be-radi



Pul massasi va inflyatsiyaning oʻzaro barqaror aloqasini koʻzda tutmaydi



Maqsadning od-diyligi va osh-koraligi

Pul massasi va inflyatsiyaning oʻzaro barqaror aloqasini koʻzda tutmaydi





Markaziy bank-ning hisobdorlik darajasini oshi-radi



Inflyatsion shok ta’sirini yumsha-tadi

3-chizma. Turli monetar strategiyalarning afzalliklari44


Yuqorida sanab oʻtilgan afzalliklari sababli, bugungi kunda valuta kursini targetlash, birinchi navbatta, rivojlanayotgan va oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarda keng tarqalgan. Ammo monetar siyosatning bu tartibi bir qator yevropamamlakatlari (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) tomonidan muayyan davrlarda samarali foydalanilgan.Bundan tashqari, valuta kursini targetlash – rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyani tezlik bilan jilovlashda samarali vositadir. Masalan, 1994-yilda Meksikada deval’vatsiyadan oldin valuta kursini targetlash inflyatsiyani 1988-yildagi 100 % dan ortiqroq darajadan 1994-yilda 10 % dan kamroq darajaga tushirish imkonini berdi.



Noaniq nominal langar

Inflyatsiyani targetlash



Monetar targetlash

Valuta kursini targetlash






Yetarlicha oshkora emasligi

Mustaqil monetar siyosatni yoʻqo-tish

Maqsadga erishish toʻgʻrisidagi signalning kechikishi

Pul massasi va inflyatsiyaning oʻzaro barqaror aloqasini koʻzda tutadi



Samaradorlik shaxsiy sifatlarga bogʻliq

Qa’tiy qoida oʻrnatilishi mumkin (amaliyotda kuzatilmayapti)

Spekulyativ hujmlarga imkon beradi (valuta boshqaruvida kamchilik kam-roq darajada boʻ-ladi va dollar-lashtirishda butkul yoʻqoladi



Hisobdorlik dara-jasining pastligi



Ishlab chiqarish tebranishining kuchayishi, agar asosiy e’tibor inflyatsiyaga qaratilsa (amaliyotda kuzatilmayapti)



Valuta kursi sig-nalini toʻsib qoʻ-yadi

4-chizma. Turli monetar strategiyalarning kamchiliklari45


Monetar targetlashning valuta tartibiga nisbatan asosiy afzalligi shundaki, u ichki muammolarni hal qilishda markaziy bankka monetar siyosatdan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, monetar agregatlarning maqsadli qiymatlari jamoatchilikka va bozorlarga monetar siyosat holati haqida tezda signal beradi. navbatida, bunday signallar inflyatsion kutishlarni ushlab turishga yordam beradi va mamlakatda inflyatsiya darajasini pasaytiradi.


Yuqorida keltirilgan monetar targetlashning barcha afzalliklari bitta muhim omilga bogʻliq: ular strategik maqsadli oʻzgaruvchi (inflyatsiya yoki nominal daromad) va tanlangan monetar agregat orasida kuchli oʻzaro aloqadorlik mavjudligini nazarda tutadi; agar bunday aloqa kuchsiz boʻlsa, monetar agregatlarni targetlash ishlamaydi. Qolaversa, monetar agregat va maqsadli oʻzgaruvchi oʻrtasidagi oʻzaro aloqaning ishonchli emasligi markaziy bankni, uning jamoatchilik oldidagi javobgarligi va monetar siyosatning shaffofligini kuchaytiruvchi kommunikativ funktsiyasini bajarishiga halal beradi.Soʻngi vaqtlarda mustaqil monetar siyosat olib borishni istovchi koʻpchilik mamlakatlar monetar siyosat tartibi sifatida inflyatsiyani targetlashni qabul qilishmoqda. Yangi Zelandiya 1990-yilda inflyatsion targetlashni rasmiy ravishda qabul qilgan birinchi mamlakat boʻldi; uning ortidan Kanada (1991), Buyuk Britaniya (1992), Shvetsiya va Finlandiya (1993), Avtraliya va Ispaniya (1994) boʻlishdi. Isroil, Chili va Braziliya ham inflyatsiyani targetlash tartibini kiritishdi.Inflyatsiyani targetlash bir nechta tarkibiy qismni oʻz ichiga oladi inflyatsiyaning oʻrta muddatli maqsadli qiymatini sonli ifodada ommaga e’lon qilish; 2) narxlar barqarorligini monetar siyosatning birinchi navbatdagi uzoq muddatli strategik maqsadi sifatida institutsional e’tirofi va bu maqsadga erishish majburiyatini olish; 3) monetar siyosat yuzasidan qarorlar qabul qilishda foydalaniladigan koʻplab oʻzgaruvchilardan (pul agregatlari ham) iborat axborot tizimi; 4) monetar siyosat strategiyasining shaffofligi, jamoatchilik va bozorlarning olib borilayotgan monetar siyosatdan xabardorligi; 5) markaziy bankning inflyatsion maqsadlarga erishishi uchun javobgarligini oshirish.Inflyatsiyani targetlashning valutani targetlash singari yana bir afzalligi ommaga tushunarli va toʻla ravishda shaffofligidir. Inflyatsiyaning maqsadli oraligʻini miqdoriy qiymatlarda aniq qilib belgilash markaziy bankni javobgarligini oshiradi, shuning uchun inflyatsiyani targetlash vaqtinchalik barqarorlik muammosini ham yumshatadi.Inflyatsion targetlashni tanqid qiluvchilar uning toʻrtta kamchiligiga dalil keltirishadi: signalning kechikishi, haddan tashqari qattiqlik, unumdorlik tebranishining kuchayishi xavfi va iqtisodiy oʻsish sur’tini pasayishi46.
Mamlakatning Markaziy banki – ushbu davlat bank tizimining asosiy qismi boʻlib hisoblanadi. Markaziy bank – birinchi navbatda davlat va milliy iqtisodiyot oʻrtasida vositachi boʻlib hisoblanadi. Ammo Markaziy bank oʻz oldiga foyda olishni asosiy maqsad qilib qoʻymaydi. Xalqaro amaliyotda Markaziy bank bajaradigan funktsiyalari uzoq yillar mobaynida deyarli oʻzgarmay aniq modifikatsiyalangan koʻrinishga egadir.
Bugungi kunda yurtimizda Markaziy bank faoliyatini yaxshilash borasida prezidentimiz tomonidan turli farmonlar chiqarilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tuzilmasida bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, moliyaviy ochiqlikni hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo‘lgan Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish vazifalarini bajarishda:
bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlashga, shuningdek, ularning oldini olishga;
bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlashga;
bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga;
moliyaviy ochiqlik darajasini oshirishga va bank xizmatlari iste’molchilarining savodxonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratsin”47.
Shuni ta’kidlash lozimki, tijorat banklari tarkibidan Markaziy banklarning ajralib chiqishi natijasida mamlakatda ikki boʻgʻinli bank tizimi shakllantirildi va birinchi boʻgʻinni Markaziy bank egalladi.Ushbu omil esa Markaziy bankning asosiy maqsadi va vazifalarni ishlab chiqishi taqozo etadi.
XULOSA
Mana, to’rt ming yildan ortiqroq davrni qamrab olgan iqtisodiy fikr, g’oya, qarashlar, nazariya, konsepsiya va ta'limotlarning asosiylari va ularning oqibatlari bilan tanishib chiqdik.. Albatta, eng oddiy tushunchalar hosil bo’lishidan mukammal iqtisodiy ta'limot, qonun vujudga kelishiga qadar bosib o’tilgan yo’lda turli-tuman g’oyalarning dialektik uzviyligi va rivojlanish omili - qarama-qarshiliklar kurashi va birligining guvohi bo’ldik. . Ammo amalda aynan bir masala bo’yicha turlicha qarashlarning mavjudligi o’ziga xos bir mo’'jizadir. Masalan, bozor iqtisodiyotining hayotiy zarurligi munozaradan holi, ammo bu munosabatlarning oxirgi oqibatlari turli mamlakatlarda turlicha, chunki uning asosiy unsurlari bir xil bo’lishiga qaramay, har bir unsurning amaliy qo’llanishi turlicha va oqibat-natija ham butunlay o’zgacha. Bozor iqtisodiyoti yo’lidan rivojlanayotgan davlatlarning turlicha iqtisodiy yakunlari bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Taniqli iqtisodchi olim Mark Blaugning ta'kidlashicha, iqtisodiyot fani va ta'limotlarining tarixi o’ziga xos laboratoriyadir. Har bir iqtisodchi buni tushungan va tushunmagan holda bu laboratoriyani o’zi bilan birga olib yuradi (Blaug M. Ekonomicheskaya mo`sl' v retrospektive, s.659). Bu laboratoriya doim harakatda, doim izlanishda bo’lib, o’tmishdoshlar tomonidan qoldirilgan intellektual merosni bilish muhimdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev davlatimiz qolaversa biz yoshlarning oldiga qo'ygan ushbu vazifani qo`ygan: «Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirish uchun yetarli valyuta tushumini ta’minlash, buning uchun mahsulotlarimiz raqobatbardoshligini oshirib, ularni eksportga jo‘natishni ko‘paytirishimiz darkor. Qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy etish maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz kerak». Va bu vazifani bajarishimiz yo'lida o'rgangan iqtisodiy nazaryalar va ularning oqibatlar borasidagi bilimlarimiz bizga qo'l keladi.
Ya`ni, bozor munosabatlari rivojlanish uchun bir vosita, undan unumli foydalanib yutuqqa erishayotgan mamlakatlar talaygina, ammo shu yo’ldan borayotgan, lekin qoloq davlatlar ham ko’p. Biz ham shu davlatlar qatoriga kirib qolmasligimiz uchun tarixdagi iqtisodiy taraqqiyot yo`liga qarashga majburmiz. Qaysi yo`ldan borsak ularning xatolarini takrorlamaymiz va qaysi yo`l bilan iqtisodimizni muntazam ravishda rivojlantirishimiz mumkin.
Mamlakatimizda moliyaviy bozorlar va umuman bozor iqtisodiyotining
rivojlanish darajasini hisobga olib bugungi kunda majburiy zahira talablari
Markaziy bank olib borayotgan monetar siyosatning tayanch instrumenti ekanligi asoslidir. Ammo jahon amaliyotida ushbu instrumentdan toʻliq voz kechilayotgan yoki “zahira” instrument sifatida foydalanilayotgan bir paytda mamlakatimizda zahira normalarining yuqori darajada qolishi munozaralidir.
2009 – 2014-yillar mobaynida soʻmning devalvatsiya sur’atiga ega
boʻlganligi respublikamiz importyorlarining xorijiy valutalardagi toʻlovlari
miqdorining oshishiga olib keldi va investitsion loyihalarni moliyalashtirish
samaradorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi.
Albatta, mamlakatdagi istalgan sotsial kasalliklarni iqtisodiy tuzum bilan bevosita bog’lash kerak emas, ammo ular o’rtasidagi aloqalarni inkor etish ham xavflidir. Ammo kapitalistik bozor iqtisodiyotining muhim xususiyati shundaki, u bo’layotgan o’zgarishlarga tez moslashadi (adaptatsiya), rivojlanishni ta'minlashga moyillik mavjud. Masalan, 1929-33 yillardagi buyuk depressiya tufayli AQSh va bir qancha davlatlar o’z iqtisodiy siyosatini keskin o’zgartirdi va hokazo. Sobiq sotsialistik mamlakatlar deb atalgan davlatlarning iqtisodiy siyosati adaptatsiyaga moyil bo’lmadi. Bozor iqtisodiyotiga zid (xususiy mulk tugatilib, davlat mulki hal qiluvchi bo’ldi, baholar erkinligi buzildi, qat'iy rejalashtirish joriy etildi, erkin raqobat inkor etildi, yakka partiyaviylik va boshqalar) siyosat bu mamlakatlar inqirozini kuchaytirdi. Buning oqibati esa barchaga ma'lum. XXR va VSR o’z iqtisodiyotini isloh qilishda muhim yutuqlarga erishmoqda. Yuqoridagilardan shunday qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, iqtisodiy ta'limotlarga baho berganda "bunisi yaxshi, unisi yomon" qabilidagi fikrlar unchalik to’g’ri kelavermaydi. Ayniqsa iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda yakkayu-yagona nazariya yoki ta'limotga sof holda asoslanish qiyin. Amalda bir qancha nazariya va ta'limotlarning qorishmasidan foydalaniladi. Shuning uchun ham, mavjud iqtisodiy ta'limotlarni sinchiklab o’rganish va ularni ma'lum tarixiy, milliy, an'anaviy, ijtimoiy va boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda qo’llash samarali natija beradi.
Har qanday nazariya, ta'limotning asosiy mezoni amaliy hayotdir!

Download 215,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish