5. Barcha respublika va iqtisodiy rayonlash iqtisodiy taraqqiyoti darajalarini baravarlashtirish; 6. Iqtisodiy rayonlash va mintaqalar o’rtasida ham ular ichida ham xalq xo’jaligini hamda hududiy-ishlab chiqarish aloqalarini iqtisodiyj ihatdan engo qilona tashkil etish; 7. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash talablarini hisobga olish; 8. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shahar bilan qishloq o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni tugatish va muhim tafovutlarni bartaraf etish; 9. Bozor iqtisodiyoti davrida qoloq rayonlarni iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini tezlashtirish
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishni oqilonalashtirish muammosining qo’yilishi umumiy qonuniyatlar va printsiplarni ta‘riflash bilan birga joylashtirishni belgilab beruvchi eng muhim omillar hamda shart-sharoitlarni ajratishni ham ko’zda tutadi. Eng muhim o’ziga xos omillarga tabiiy sharoitlar, mehnat resurslari, ishlab chiqarishning texnika darajasi va fan-texnika taraqqiyotining sur‘atlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari, energatika va transport sharoitlari, infratuzilma hamda aglomeratsiya kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |