Ishlab chiqarish sharoitida ultrabinafsha nurlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari


-bob. Ultrabinafsha nurlari (nurlanish) uchun ruxsat etilgan intensivlik



Download 18,71 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2022
Hajmi18,71 Kb.
#506079
1   2   3   4
Bog'liq
0014-21 16.06.2021

2-bob. Ultrabinafsha nurlari (nurlanish) uchun ruxsat etilgan intensivlik
6. Terining 0,2 m2 dan ko‘p bo‘lmagan himoyalanmagan qismi maydoni mavjud bo‘lgan taqdirda nurlanish intensivligi bir smenada 30 daqiqa to‘xtalish bilan 5 daqiqagacha nurlantirilgan holda, quyidagi sohalar:
UB-A — 50.0 Vt/m2;
UB-V — 0.05 Vt/m2;
UB-S — 0.001 Vt/m2;
uchun umumiy ta’siri davomiyligi 60 daqiqadan oshmasligi lozim.
7. Terining 0,2 m2 dan ko‘p bo‘lmagan himoyalanmagan qismi maydoni mavjud bo‘lgan taqdirda ultrabinafsha nurlantirish intensivligi bir smenada 5 daqiqadan yuqori bo‘lgan nurlanilgan holda quyidagi sohalar:
UB-A — 10.0 Vt/m2;
UB-V — 0.01 Vt/m2;
uchun umumiy ta’siri davomiyligi to‘rt soatdan oshmasligi lozim.
UB-S — 0.001 Vt/m2 sohada esa yo‘l qo‘yilmaydi.
8. UB-V va UB-S-nurlarini o‘tkazmaydigan maxsus kiyim hamda yuz va qo‘lni himoya qiluvchi vositalar ishlatilganda nurlanish intensivligi 1 Vt/m2 oshmasligi kerak.
9. Ish jarayonida ultrabinafsha nurlarining juda yuqori va yuqori bosimli simob-kvarsli chiroqlari ishlatilganda, nazorat hududida ultrabinafsha nurlanishining intensivligi 65 mVt/m2 dan oshmasligi kerak.
10. Ish jarayonida ultrabinafsha nurlarining yuqori va past bosimli simob-kvarsli chiroqlaridan tashqari boshqa maxsus chiroqlar ishlatilganda, nazorat hududida ultrabinafsha nurlanishini intensivligi 20 mVt/m2 oshmasligi kerak.
11. Ultrabinafsha nurlanishning intensiv ko‘rsatkichi oshganda mazkur Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining 1-ilovasiga muvofiq ta’sir vaqtini kamaytirish mumkin.
12. Ish joylarida (ko‘mir va tog‘-kon sanoati ishchilari, yer osti ishlari, tabiiy yorug‘liksiz va tabiiy yorug‘lik yetarli bo‘lmagan ishlab chiqarish binolari) tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti (TYOK) 0,1% dan kam bo‘lgan tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanmagan yoki yetarli ta’minlanmagan binolarda ishlayotganlar uchun ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslamalar o‘rnatiladi.
13. Ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslamalar balandligi 3 metrdan 8 metrgacha bo‘lgan hamda bir nafar xodimga 6 m2 maydon to‘g‘ri keladigan binolarda o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi.
14. Nurlanish moslamalardan paydo bo‘ladigan ultrabinafsha nurlarining intensivligi gorizontal tekislikda poldan 1 metr balandlikda 7,5 Vt/m2 dan, nurlanish dozasi esa 60 mer.soat/m2 dan oshmasligi kerak.
Sanoat va jamoat binolarining ish joylarida, shuningdek bolalar muassasalari, shifoxona va sanatoriyalarda kunlik ta’sir qilish muddati 8 soatdan yuqori bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Uzoq vaqt ta’sir etuvchi ultrabinafsha nurlantiruvchi moslama sun’iy va umumiy yoritish tizimi QMQ : 2.1.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritilganlik” asosida loyihalashtiriladi.
16. Ko‘zni himoya qilishda ko‘ndalang va bo‘ylama tekisliklarda kamida 250 S himoya burchagi bo‘lgan nurni qaytaruvchi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ochiq himoyalanmagan eritemik chiroqlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘g‘ri vizual oqimli nurlardan himoya ekrani orqali himoyalanadi.
17. Uzoq vaqt ta’sir etuvchi ultrabinafsha nurlantiruvchi moslamalardan profilaktika maqsadida 1-dekabrdan 1-martgacha bo‘lgan davrda foydalaniladi.
18. Yer osti ishlari, derazasiz (tabiiy yorug‘lik tushmaydigan) ish o‘rinlari va belgilangan xizmat ko‘rsatish joylarida ishlaydiganlar uchun qisqa vaqt ta’sir etuvchi ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslamalar (fotariya) o‘rnatish nazarda tutiladi.
19. Qisqa vaqt ta’sir etuvchi ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslamada nurlanishning intensivligi yer sathidan 1 metr balandlikda 30 mVt/m2 yuqori bo‘lmasligi, nurlanish dozasi 600 mer.soat/m2 bo‘lishi kerak.
20. Ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslamalar erkak va ayollar uchun alohida bo‘lishi hisobga olinadi.
21. Barcha turdagi ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslamalarda (kabinali, o‘tkazuvchi va boshqalar) nurlantirish tadbirlari yilning kuz-qish faslida har kuni 2-3 daqiqa o‘tkaziladi.
22. Kabinali ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslamasidan nur oluvchi xodimlar soni quyidagicha aniqlandi:
M • K1 • K2
Bunda: M — ish kunida ro‘yxat bo‘yicha ishlovchi xodimlar (erkak va ayollar alohida);
K1- UB — nur olish uchun qarshi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lganlar hisobi, bu 0,8 ga teng;
K2- UB — nur olishga ayollar uchun qarshi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan oyning kunlari hisobi.
23. Ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslama alohida binoda, shuningdek xodimlarning kiyimlarini saqlash xonasida joylashtiriladi.
24. Surib-chiqaruvchi ventilatsiya tashkil etishda harorati 25 — 280S oralig‘ida bo‘lishi hisobga olinadi.
25. Binoning yer sathida 50 lk kam bo‘lmagan sun’iy yoritish tarmog‘i orqali yoritiladi.
26. Sanoat korxonalari va yer osti konlaridagi ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslamalar sog‘liqni saqlash punkti tasarrufida bo‘ladi.
27. Tibbiy xodim uchun ish kuni davomida 100 nafar nur oladiganlar xodim uchun 8 m2 maydondan kam bo‘lmagan xona, bir nafar xodim uchun 3,6 m2 maydondan kam bo‘lmagan xona ajratiladi.

Download 18,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish