Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitet



Download 48,3 Kb.
bet1/3
Sana11.04.2022
Hajmi48,3 Kb.
#543013
  1   2   3
Bog'liq
harakat xavfsizligi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITET

___________________________ FAKULTETI


______________________________ YO‘NALISHI
«____________________________________» fanidan
QAYTA TOPSHIRISH


Bajardi: ______________________
Qabul qildi: ____________________


Toshkent-2022


MAVZU: HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNI O‘RGANISH
Reja:

1. Harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va yo‘lovchilarni harakat xavfsizligi, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish


2. Harakatni tashkil etishning maqsad va vazifalari.
3. Yo‘l harakatini tashkil etishda “Avtomobil-yo‘l-haydovchi-piyoda - muhit” tizimining o‘zaro bog‘liqligi.
1.Harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va yo‘lovchilarni harakat xavfsizligi, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish

“Avtomobil – Haydovchi – Yo‘l – Piyoda – Muhit” tizimida asosiy bo‘g‘inlardan biri – yo‘l. Chunki yo‘l bo‘lmasa yoki u avtomobilning xavfsiz harakatlanishi uchun tegishli talablarga javob bermasa, avtomobilni xavfsiz boshqarish haqida gapirmasa ham bo‘ladi.


Mamlakatning yo‘l tarmog‘i 3 ga bo‘linadi:



  • umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari;

  • shahar yo‘llari;

  • korxonalar yo‘llari.


Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari quyidagilar bo‘linadi:

  • umumdavlat;

  • viloyat;

  • mahalliy yo‘llar.


Bu yo‘llar Respublika avtomobil yo‘llari davlat hissadorlik kompaniyasi qaramog‘ida bo‘ladi. Shahar avtomobil yo‘llari tegishli hokimiyatlarning kommunal tashkilotlari qaramog‘ida bo‘ladi.

Transport vositalarining xavfsizlik tarkibida yuzaga keladigan uchta turdagi xavfsizlikdan farqli ravishda, transport vositasining kundalik ishi davomida quyidagi xavfsizliklarida namoyon bo‘ladi:



  • avtomobil yo‘lining faol xavfsizligi;

  • avtomobil yo‘lining sust xavfsizligi;

  • halokatdan keyingi xavfsizlik;

  • ekologik xavfsizlik.

Avtomobil yo‘lining faol xavfsizligi deganda, yo‘lning yo‘ltransport hodisalarini vujudga keltirmasligi yoki uning bo‘lish ehtimolini kamaytirish xususiyati tushuniladi. Bu xususiyat jamlovchi halokatlik koeffitsiyenti orqali tasniflanadi va yo‘lning konstruktiv elementlari hamda ularning foydalanish sifatining (qatnov qismining, yo‘l yoqasining, harakat polosasining, ajratuvchi polosa enlarining, yo‘l
to‘shamasining mustahkamligi, qoplamaning ravonligi, g‘adir-budurligi va boshqa ko‘rsatkichlar) yaxshilanishi orqali ta’minlanadi.
Faol xavfsizlikni ta’minlash uchun yo‘l elementlarining geometric o‘lchamlarini, transportdan foydalanish ko‘rsatkichlarini relyef va obhavo xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qurish va ta’mirlash ishlarini olib borish hamda davlat standartlariga mos ravishda harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan jihozlanishi lozim.
Avtomobil yo‘lining sust xavfsizligi deganda, yo‘lning harakat qatnashchilarida tan jarohatlarini vujudga keltirmasligi yoki uning og‘irlik darajasini pasaytirish xususiyati tushuniladi. Bu ko‘rsatkich YTH sonining xalq xo‘jaligiga zarar keltirgan jabrlanuvchilar soniga nisbati bilan xarakterlanadi. Sust xavfsizlik birinchi navbatda transport vositalarining yo‘ldan chiqib ketishi, ajratuvchi chiziqlaridan o‘tib ketishi, ko‘priklardan, yo‘l o‘tkazgichlardan, estakadalardan tushib ketishi, yo‘l inshootlariga urilishi, yo‘l yoqasida va yo‘l yon bag‘rida joylashgan qo‘zg‘almas
to‘siqlarga urilishi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda bunday hodisalar umumiy
YTH sonining 25 foizini tashkil qilmoqda. Avtomobil yo‘lidagi sust xavfsizlikni ta’minlash uchun yo‘l poyining ko‘tarma balandligini kamaytirish, yo‘l poyining ko‘tarmadagi yon bag‘rqiyaliklarini yotiq qilish, keng ajratuvchi polosalarni qurish, ko‘prik, yo‘l o‘tkazgichlari va estakadalarning gabaritini kengaytirish, yo‘l yoqasida
o‘rnatilgan to‘siqlarni elastik va urilishga xavfsiz qilish ishlarini olib borish tavsiya etiladi.
Halokatdan keyingi xavfsizlik deganda yo‘l-transport hodisasi bo‘lib transport vositasi to‘xtagandan keyin avtomobilni yong‘indan, portlashdan saqlash, jabrlanuvchilarni tez avtomobildan chiqarib olib, unga birinchi yordamni ko‘rsatib, ularning kasalxonaga yuborilishi va shikastlangan transport vositalarini chetga chiqarib qo‘yish tushuniladi.
Halokatdan keyingi xavfsizlikni ta’minlash uchun chorrahalarda, kichik radiusli egri uchastkalarda, tikka ko‘tarilish va tushish, ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich oldi uchastkalarida maxsus idishlarga qum solib qo‘yish hamda davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, avtomobil yo‘l boshqaruvi va kasalxonalar bilan bog‘laydigan telefon-avtomatlarni har 1-2 kilometr masofadan keyin o‘rnatish maqsadga muvofiq. Shuningdek, tuman avtomobil yo‘l boshqarma xo‘jaliklarida avariya natijalarini bartaraf qiluvchi brigadalar tashkil qilinadi.
Ekologik xavfsizlik deganda transport vositalarining harakati natijasida va yo‘l holatining yomonligi oqibatida atrof-muhitga ko‘rsatiladigan zarar tushuniladi. Bu zarar asosan transport harakati natijasida chiqadigan shovqin va ishlatilgan gazlarning avtomobildan chiqishidan iborat. Ekologik xavfsizlik yo‘lning konstruktiv elementlariga va transportdan foydalanish sifat ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
Harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun avtomobil yo‘llari kompleks injenerlik inshootlariga ega bo‘lishi kerak.
Avtomagistral yo‘llari – transport vositalarining yuqori tezlik va xavfsiz harakatlanishlarini ta’minlovchi, uning ikki chekkasi o‘ralgan, hech qanday chorraha va boshqa yo‘llar bilan kesishmaydigan yo‘l bo‘lib, unga kirish – 5.1, chiqish – 5.2 belgilari bilan belgilanadi. Agar bu belgi qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday yo‘llar avtomagistral hisoblanmaydi.
Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:

  • piyodalarning harakatlanishi;

  • uy hayvonlarini olib o‘tish;

  • ot-aravalarning harakatlanishi;

  • velosipedlarning harakatlanishi;

  • mopedlarning harakatlanishi;

  • traktorlar va o‘ziyurar mashinalarning harakatlanishi;

  • texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40

  • kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi;

  • ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining

  • birinchi va ikkinchi bo‘laklardan boshqa bo‘laklarda

  • harakatlanishi;

  • maxsus “to‘xtab turish joyi” yo‘l belgisi va “dam olish joyi” yo‘l

  • belgilari bilan belgilanmagan boshqa joylarda to‘xtash;

  • texnologik sabablarga ko‘ra, ajratuvchi bo‘laklarning uzilish

  • joylariga kirish va qayrilib olish;

  • orqaga harakatlanish;

  • transport vositasini o‘rganish uchun boshqarish.

Aholi yashaydigan joylardagi yo‘llar. Haydovchi aholi yashash joylaridagi yo‘llarda harakatlanganda boshqa yo‘llarga qaraganda doimo ogoh bo‘lib harakatlanishi kerak. Aholi yashaydigan joylarda transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Tezlikning bunday cheklanishi faqat kirish 5.22, chiqish 5.23 yo‘l belgilari bilan belgilangan aholi yashash joylariga tegishlidir.
Aholi yashaydigan joylarda yo‘l yoqasi bo‘lmaganligi sababli yo‘l chekkasida to‘xtab turgan avtomobillarni uchratish mumkin. Bu esa o‘ng tomondan birinchi bo‘lak bo‘ylab harakatlanishga xalaqit qiladi.



Download 48,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish