Ismoilova muhayyo



Download 71 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2021
Hajmi71 Kb.
#71807
1   2
Bog'liq
kitob8

III. XULOSA. Muvozanat siz-u bizning hayotimiz va taqdirimizni boshqarishning tayanch nuqtasi.

Muvozanat” — kongil ehtiyoji sifatida



yetilgan mavzuning jasorat bilan

aks ettirilgan badiiy chizgisi.

(Reychl Xarel)

Ozbek adabiyoti romanchiligiga nazar tashlaydigan bolsak, adabiyotimizdagi ilk roman Abdulla Qodiriyning “Otgan kunlar” romani yaratilganidan boshlab bugungi kunga qadar yana qanchadan-qancha romanlar yaratildi. Ularning har biri hayotiy voqealar, insonlarning ichki kechinmalari, gozal his-tuygularning qogozdagi ifodasidir.

Xuddi mana shunday insonlarning hayot, umr, odam va olam haqidagi teran falsafiy fikrlar yuritadigan millat vakillari qiyofasi tasvirlangan, ozbek adabiyotidagi ulkan bir kemtiklikni toldirib turgan ajoyib asarlardan biri zabardast yozuvchi Ulugbek Hamdamning “Muvozanat “ asaridir.

“ Muvozanat” asari oqil odamlar orasida, ularning ongida kechayotgan bahs-u munozaralarning roman kozgusidagi oziga xos betakror aksidir. Bu asar nafaqat ozbek adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham alohida etiroflarga sazovor bolgan. Asarda “Otish davri” dagi insonlarning boshidan kechirgan qiyinchiliklari, osha jarayonda yashayotgan, qolaversa, shu jarayonni yaratayotgan odamlar hayoti, ularning yaratish shavqi, zahmat va qiyinchiliklari, ichki kechinmalari, orzu-intilishlari, armon-okinchlari oz aksini topgan.

Romanda 60ga yaqin qahramonlar ishtirok etgan. Lekin asar faqat osha qahramonlar xususidagina emas, aksincha , muallifning ozi aytganidek, shu kecha kunduzdagi SIZ va BIZ, taqdirimiz haqida.

Asarda bashariyat uchun zarur bolgan moddiy va manaviy ehtiyojlarni qondirish yolida insonlarning ozini qanday tutishi, hayot yolini qay tarzda boshqarishi, bir-biriga zid bolgan tuygularning ozaro kurashi obrazlar silsilasida yorqin ifodasini topgan. Bunda turli qatlamdagi, turli sohada faoliyat yuritadigan, turfa xil dunyoqarashga ega bolgan har xil tabaqadagi asar qahramonlarining hayotiy kechinmalari, ruhiyatiga azob berayotgan, tinimsiz jang qilayotgan bir- biriga zid bolgan kechinmalari marvarid shodalari kabi ulkan mahorat bilan yaxlit bir tizimga keltirilgan.

Kitobxon sifatida “Muvozanat” romanini oqib chiqar ekanman, ozimning sodda xayollarimga yogrilgan bir ajib sinoatning guvohiga aylandim.Yozuvchi inson zotining eng nozik azosi bolgan kongil uyida ayovsiz jang olib borayotgan, lekin bu jang sababini biror kimsaga oshkora aytolmaydigan dardlarini mana shu asar bagriga mohirona tarzda ajib bir badiiylikka burkagan holda singdirib yuborgan.

Sinchkov kitobxon konglida turfa xil savollar tugilishi tabiiy:



  • bu asarga nima sababdan aynan “Muvozanat” deb nom qoyilgan ?

  • asar qahramomlarining hayoti va ichki kechinmalarining muvozanat tushunchasiga qanday bogliqlik jihatlari bor?

  • Nima uchun asarning boshida ham, oxirida ham muvozanat tushunchasiga alohida urgu berilgan va hokazo.

Nazarimda, bu savollarning barchasiga inson sinov uchun berilgan bu qisqagina hayotida oz muvozanatini saqlay olmay, faqat bir tomonlama - oz orzusi yolida barcha narsani unutgan holda harakat qilsa, unday inson shak- shubhasiz hayotini oz qoli bilan barbod qilgan boladi; bu Osmon — Yer — Odam orasidagi muvozanatdir; asar olam haqidagi jamiki his-tuygularning odam ongidagi aksidir kabi javoblarni bersak togri boladi.

Romandagi har bir qahramon oziga xos xarakterga ega va hayot yollarini ham shu asosda turlicha ravishda yaratgan. ”Muvozanat” romanidagi uch ortoq-Yusuf, Said, Mirazim obrazi reallikka asoslangan holda ajoyib talqin qilingan. Bu uch qahramon talabalik yillarida bir maqsad sari intiluvchi qalin ortoq bolishgan. Yillar otishi bilan ularning begubor dostligi turli qiyinchiliklarga tola, shafqatsiz hayot silsilasida butkul boshqa munosabatlarga almashinib ketdi: uch ortoq uch tomonda, turli tabaqa, turlicha kasb va turlicha hayot oqimida oqmoqda.

Bundan tashqari bir qorindan talashib tushgan aka-ukalarning ham dunyoqarashi, hayot yoli, maqsadi turlicha. Yusuf ilm-fanga ota berilgan, olim odam sifatida tasvirlansa , akasi Amir tasavvuf ilmiga ozini bagishlagan, oilasini, ota-onasini, umuman, bu dunyoni butkul unutib zohidlikni tanlagan shaxs sifatida ifodalangan. Lekin har ikki qahramon ham faqat mana shu tanlagan yoli bilan hayot kechira olmaydi, chunki bu hayotning ham oziga yarasha turfa qonuniyatlari mavjud. Eng qiyini ularning ishlarini butkul qoralab ham, oqlab ham bolmaydi. Ilm organish yaxshi, lekin inson Alloh bergan omonatlarini asrashi, ota-onasi, oilasi, farzandlari oldidagi qarzini ado etishi ham inson paydo bolganidan boshlab uning boyniga yozilgan farzlaridir.

Bu asarda ishtirok etgan barcha qahramonlar goyoki bir bogda ekilgan daraxtlarga oxshaydi. Barchasining hayoti va unda roy berayotgan ozgarishlar bitta muhitda sodir boladi.

“Muvozanat” romanida dostlik, muhabbat, qarindoshlik kabi tuygularning nozik jilvasi betakror tarzda ifodalangan. Yuqorida aytib otganimdek, asar boshida Yusuf, Said hamda Mirazimnig yoshligidagi dostligi qanchalik sof holda tasvirlansa, asar ortasi va oxirida bu tuygularning barchasi chirkinlikka yuz tutganligi ifodalanadi. Endi hamma oz dardi bilan ovora: kimdir ilmga berilgan, yana kimdir kibrga…

Asarni oqish mobaynida shunday narsalarning shohidi boldimki, voqealarning barchasi reallikka asoslangan. Romandagi bir-biriga qarshi fikrlar, qarama-qarshi dunyoqarashlar, bir-biriga zid bolgan hayot inson ongini bevosita tiniqlashtirib yuboradi, kitobxonni ham uzoq xayollar ogushiga chokib ketishga majburlaydi goyo...

Yoq, yoq … Majburlamaydi, aksincha, inson ushbu asarda oz hayoti va taqdirini uchratgani uchun ham voqealar olamiga ixtiyorsiz ravishda chuqur singib ketadi.

Agar bu hayotda muvozanat bolmasa, Yer sayyorasi oz oqidan chiqib ketmasmidi? Quyosh yer yuziga hozirgidek bir tekis nur sochib turarmidi?, Odamlar ikki oyoq bilan tik tura olarmidi? Aslo… Bu dunyoda hamma narsa olchovli, hamma narsa muvozanatda. Shunday ekan, inson ham oz muvozanatini saqlay olmasa, ichki olamining tub-tubidan yemirilib ketishiga sabab boladi.

Bu hayotda inson ozining ehtiyojlarini qondirish uchun ham tinimsiz harakat qiladi. Kimdir moddiy ehtiyoj uchun, yana kimdir manaviy, yana kimdir esa boshqacha…

Asar qahramoni Yusuf moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ozini turli jabhalarda sinab koradi. Ilm-fanni qanchalik sevmasin, buning ozi uning baxtli yashashi uchun kamlik qiladi. U bu narsalarni ertaroq anglab yetmaganligi sababli farzandidan ayrildi, turmush ortogini, ozini, umuman, bir oilani baxtsiz qilib qoydi. Shunga qaramay yomon yolga kirmadi, hayotdan umidini uzmadi.

Amir esa zohidlikka berilib oilasini xarob qildi, ular oldidagi farzlarini bajarmadi, xotinining olimiga va norasida farzandlarining yetim bolib qolishiga sababchi bolib qoldi. Bu aka-ukalarning soddagina ota-onalari ulardan hech qanday rohat- farogat kormagan bolsa ham, ularning haqqiga duoda boldi. Asarning eng achinarli, yuraklarni larzaga soladigan kulminatsion nuqtasi aynan mana shu voqealarda tasvirlangan.

Said, Mirazim, Zahroning boylik va mansab ortidan quvib erishganlari nima boldi?! Hech narsa… Said xotiniga qaram, gurursiz erkakka, Mirazim boylik topsa ham halovat topa olmaydigan nodon kimsaga, Zahro esa haqiqiy muhabbat topa olmagan, boylik ichidagi qogirchoq misoli bir baxtsiz ayolga aylanib qoldi.

Qahramonlarning barchasi oz hayotini izdan chiqargani yetmaganidek, atrofidagilarning ham baxtsiz bolib qolishiga sababchi boldi. Bularning barchasining tub sababi bitta — u ham bolsa, muvozanatning buzilishidir.

Asar yakunida “Yusufning ichida nimadir qarsillab sindi “ degan jumlalar keltirilgan. Bu qarsillab singan nimadir, shubhasiz, Yusufning muvozanati edi. Qancha zahmatlarni , qiyinchiliklarni korsa-da Yusuf ozligini yoqotib qoymadi, ozgalarga oxshab qalbini boylik girdobiga berib qoymadi, etiqodini yoqotib qoymadi, yana hayotga umid bilan boqdi. Togri, u hayotida kop narsalarni boy berdi, lekin kopchilik anglab yetmagan falsafani anglab yetdi.



Yozuvchi bu asari orqali birgina Yusufga emas, barchamizga saboq berdi. Bizga nima kerak, nima kerakmasligini anglab olishimizhga imkon yaratdi.

Xulosa qilib aytadigan bolsak, bu dunyo — Yaratganning jilvasigina, xolos. Bu omonat dunyoda hamma narsa otkinchi… Shunday ekan, qol bilan tutib olib qololmaydigan arzimas narsalar uchun ozligimizni, muvozanatimizni yoqotib qoymaylik, azizlarim! Toki muvozanat buzilar ekan, olam ham, odam ham tubanlikka yuz tutib, jarlikka qulaydi. Shu bois ham asar yakunida takidlanganidek, “Turish kerak”, “Turish kerak”, “Turish kerak”…
Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish