Fazoviy kimyoviy formulalar bu: Tetraedrik va trigonal uglerod atomlarini saqlovchi molekulalar tuzilishini ifodalovchi formulalaridir. Bunda fazo tekisligida joylashgan bog‘lar oddiy chiziq bilan, fazo tekisligidan chiqib kuzatuvchi tomon yo‘nalgan bog‘lar qora uchburchak, kuzatuvchidan yo‘nalgan bo‘lsa, shtrixlangan uchburchak bilan ko‘rsatiladi:
Nyumen tasviriy (proyeksion) formulalari. Bunday formulalarda molekuladagi ikkita uglerod atomi bitta tekislikda joylashtiriladi. Kuzatuvchiga yaqin joylashgan uglerod atomi nuqta bilan, uzoqda joylashgan uglerod atomi esa aylana bilan belgilanadi. Qolgan bog‘lar 120° burchak ostida oddiy chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Nyumen tasviriy formulalarini ko‘p atomli molekulalarga hamda siklik tuzilishga ega molekulalarga qo‘llash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |