Kompyuter lingvistikasi terminlari lug'ati (glossariy) Аbzats



Download 25,34 Kb.
bet7/9
Sana11.06.2022
Hajmi25,34 Kb.
#653879
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Глоссарий 259cc7b6df107864c0e96b09e6f84e6d

Modellashtirish – barcha fanlar uchun xos bo'lgan umumilmiy metod.
Neyron tarmoqlar – inson miyasidagi neyronlar modeli asosida yaratilgan, sun'iy intellektning muhim tarkibiy qismi hisoblanadigan tizim.
Morfologik analiz va sintez –kompyuterda kodlash-dekodlash tamoyili asosida ishlaydigan jarayon. Morfologik analizning mantiqiy davomi sintaktik analiz hisoblanadi. Sintaktik analiz morfologik analiz ustiga quriladi, bunda gap strukturasi turli formal modellar asosida tahlil etiladi.
On-line lug'atlar – ochiq turdagi Internet tizimida ishlaydigan lug'atlar. Bu lug'atlarning aktivlashishi uchun albatta internetga ulanish lozim. Ularning afzalligi shundaki, foydalanuvchilar ushbu lug'atlar bazasini to'ldirib borish, boyitish imkonini beradi.
Parallel matnlar korpusi badiiy asar, qo'llanma, ommaviy axborot vositasi nashrlari, turli xil hujjatlarning ikki yoki undan ko'p tillardagi elektron holdagi ko'rinishlari.
Qomusiy lug‘at – turli ijtimoiy sohalarga oid muhim ma’lumot beradigan, voqelikni (kishi nomlarini, muhim voqea-hodisalarni va b. haqida) batafsil izohlaydigan lug‘at.
Sеma (yun. sema “belgi”) – leksik ma'no (semema)ni tashkil toptiruvchi komponent (qism)lar. Mac, atrof leksemasining ma'nosi (sememasi) ”hamma” va ”tomon” semalaridan iborat. Ma'lum leksik-semantik guruhga oid sememalardagi semalar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga ko‘ra ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) umumiy sema – интеграл сема; 2) farqlovchi sema – дифференциал сема.
Semiotika yoki semiologiya (yun. semiotike, ya'ni “belgilash”, “tas-virlash”, “ifodalash” degan ma'nolarni anglatadi) belgilar sistemasi haqidagi fan bo'lib, unda axborotni saqlovchi, uzatuvchi turli xil belgi va belgilar tizimlarining yaratilishi, vazifalarini, belgilar sistemasiga kiruvchi hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati, turlari, ko'rinishlari, amal qilishi kabilarni tekshiradi. Semiotikada tabiiy tillar, sun'iy tillar, yo'l belgilari, audio va videosignallar tadqiq etiladi.
Semantik tarmoq – borliqni so'zlar va ularning semantik munosabatlari yor­damida modellashtirishga yo'naltirilgan tizim hisoblanadi. Semantik tarmoq aniq belgilangan uzellar (obyektlar kesishadigan joy) va dugalar (semantik munosa-batlarning biri ikkinchisiga ta'sir ko'rsatadigan nuqta) munosabati asosida modellashtiriladi. Semantik tarmoq g'oyasi kompyuter texnologiyalaridagi lokal va global tarmoq nazariyasi ta'sirida kelib chiqqan. Uzellar muayyan obyektlar-ga, muayyan sohaga oid tushunchalarga, dugalar obyektlar o'rtasidagi semantik munosabatlarga aloqador tushunchalardir.
Ssenariy – voqea-hodisalar, harakatlar ketma-ketligining kauzal bog'liqlik tamoyili asosidagi zanjiri. Har bir ssenariyda rol bajaruvchilar mavjud. Ssenariylar real hayotda uchraydigan vaziyatlarni aks ettiruvchi holatlar asosida yuzaga keladi. Masalan, restoranga tashrif buyurish ssenariysi.
Sintez – kompyuterda matnning grammatik shakllantirilishi va generatsiyasi (hosil qilinishi). Morfologik sintez matnga avtomatik ishlov berish jarayonida yoki uning so'nggi bosqichida (natijalarni inson hukmiga havola qilishda) so'zlarning turli shakllarini chiqarish, analiz natijalarini umumlashtirish iborat.

Download 25,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish