Ikkyuzlamachilik
Faqat pastkash odamgina oldingda maqtab, orqangda g‘iybat qiladi (Pifagor)
Ezmalik
Ezmalik – so‘zdagi beodoblikdir
Zolimlik
Zolimlik – o‘zgalar hayotiga qarshi yo‘naltirilgan kuchdir
Zo‘ravonlik
O‘z so‘zini o‘tkaza olmagan ojiz odam, kuch va zo‘ravonlikka erk beradi
Jizzakilik
Jizzakilik – o‘zini tuta bilmaslik oqibatidir
G‘azab
G‘azab – bir muddatlik oshkora nafratdir; nafrat esa – yashirin, doimiy g‘azabdir (SH.Dyuklo)
Chiqisha olmaslik
Barcha janjallarning o‘ziga xos xususiyati – ikkala tomonning zaifligidir (F.Volter)
Bekorga va’da berish
Asossiz umid berish – insonni erkin nafasdan mahrum etishdir
O‘z so‘zi ustida turmaslik
O‘zini behurmat qilgan odamgina o‘z so‘zi ustida turmaydi
Bahslashish
Bahslashish ko‘plarning qo‘lidan keladi, oddiygina suhbatlashishini esa kamdan-kam kishi uddalaydi (A.Olkott)
O‘zini tuta bilmaslik
Faqat dushmanlarini yenggan kishi mard bo‘lmasdan, o‘z xissiyotlari ustidan g‘alaba qilgan kishi ham marddir (Demokrit)
Jaholat
Insonning bittagina zolimi bor, u ham bo‘lsa – jaholatdir (V.Gyugo)
Shunday qilib, ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlaridan sanalgan - e’tiborni muammoga qarata olish, muammoda shaxslarni ayblamaslik, muammoni aniqlash, muammo mazmunida fikrni jamlash, shaxsga emas, muammoga hujum qilish, o‘zgani tinglashga tayyorlik va faol tinglash malakalarini qo‘llash, birovning xis-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish, o‘z va’dalari va amallariga mas’uliyatli bo‘lish kabi qoidalariga rioya etish konflikt yechimini qidirish va uni hal etishga yo‘naltirilgan talablardan hisoblanadi. Ana shu talablarga qat’iy bo‘ysunush muammoda har ikki tomonning aziyat chekmasdan, hafa bo‘lmasdan, o‘z insoniy qadriyatlarini saqlagan va o‘zga kishi nafsoniyatiga tegmagan tarzda chiqib ketish, muammoni hal etish imkoniyatini beradi. Konflikt yechimida va bo‘lib o‘tgan voqea tahlilida umr bo‘yi bo‘lib o‘tgan nizolar va ular tarixini emas, balki kelajakda qanday qilib mazkur nizolar va ular tarixisiz yashashni o‘rganish lozim bo‘ladi. Konfliktda ortga, tarixga qarab emas, balki oldinga, istiqbolga qarab yashash darkor.
Adabiyotlar:
1. Karimova S. Kompozitsion mukammallik yo`lida//O`zbek tili va adabiyoti.-1991.-№6.-B.54-58
2. K.Turdiyeva. Asar syujeti va kompozitsiyasi haqida//Til va adabiyot ta`limi 2001-№3. B. 23-27.
3. Qurbonov T. Portret yaratish uslubi haqida//O`zbek tili va adabiyoti.-1996.-№5.-B.47
4. Zarubejnaya estetika i teoriya literaturi XIX-XX vv.-M.,1987
5. Jirmunskiy V. Teoriya stixa.-L.,1975
6. Uspenskiy B. Poetika kompozitsii.-M.,1970
7. Shklovskiy V. O teorii prozi.-M.,1983
Do'stlaringiz bilan baham: |