Космик нурлар физикаси


 Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/62
Sana31.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#234671
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
Bog'liq
quyosh fizikasi

1.2. Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga 

asoslangan, kosmologiya. 

 

         Reja:    I.  Relyativistik kosmologiya. 

                 II. Issiq koinot modeli. 

 

Darsning  maqsadi:  Talabalarga  relyativistik  kosmologiya  to’g’risida 

tushuncha berish, ularga issiq koinot modelini tushuntirish. 

 

Tayanch  iboralar:  Issiq  koinot,  singulyarlik,  koinotning  nostansionarligi, 

relyativistik  kosmologiya,  adronlar  asri,  leptonlar  asri,  nurlanish  asri,  noyevklid 

geometriya, reliktli nurlanish, relikt neytrinolar. 



Dars  o’tish  vositalari:  sinf  doskasi,  plakatlar,  darsliklar,  o’quv  uslubiy 

qo’llanmalar, fizik lug’atdan foydalanish, tarixiy ma’lumotlar. 



Dars  o’tish  usullari:  takrorlash,  suhbat  va  savol-javob  hamda  munozara 

asosida jonli muloqot o’tkaziladi, kosmologiyaga doir masala yechiladi. 

 

 

  I. Relyativistik kosmologiya. 



Ma’lumki  nisbiylik  nazariyasi,  katta  massalarning  mavjudligi  fazo  va  vaqt 

xususiyatlariga  ta’sir  ko’rsatishi  xulosasiga  olib  keladi.  Bizga  ma’lum  bo’lgan 

Yevklid  fazosi  xususiyatlari  (masalan,  uchburchak  ichidagi  burchaklar  yig’indisi, 

parallel  chiziqlar  xususiyatlari)  katta  massalar  oldida  o’zgaradi,  iborali  qilib 

aytganda  katta  massalar  yaqinida  fazo  egrilanadi.  Masalan,  fazoning  egrilanishi 

natijasida,  nur    Quyosh  yaqinida    2

//

ga  egrilanadi,  uni  Quyoshning  to’la  tutilishi 



paytida, Quyosh yaqinidagi yulduzlarni vaziyatini kuzatishda o’lchash mumkindir. 


 

14 


 

Barcha  galaktikalar  to’dalarini  gravitasion  ta’sirini  yig’indisi  bir  butun 

koinotni  egrilanishini  hosil  qilishi  mumkin.  Qayd  qilish  lozimki,  nisbiylik 

nazariyasi  qonunlari  asosida,  massaning  ixtiyoriy  taqsimlanishida  fazo  va  vaqt 

xususiyatlarini aniqlash masalasi juda murakkabdir.  

 

Hozirgi  zamon  relyativistik  kosmologiya  fani  A.A.Fridman  ishlaridan 



boshlangan,  u  muhitni  birjinsli  izotrop  koinotdagi  harakatini  hisoblab,  koinot 

nostasionar  bo’lishligini,  u  doimo  kengayishi  yoki  siqilishi  kerakligini  isbotladi. 

Mos  ravishda  muhitni  o’rtacha  zichligi  ham  o’zgarib  turishi  kerak.  Relyativistik 

kosmologiyada ham  koinotni nostasionarligi xuddi, klassik fizikadagidek, cheksiz 

kengayuvchi  yoki  siqilish  bilan  almashinuvchi  harakatdan  iboratdir.  Relyativistik 

mexanikada  aniqlangan  kritik  zichlikning  qiymati  (1.8)

 

formula  yordamida 



aniqlangan qiymatiga to’g’ri keladi. Relyativistik mexanikani klassik mexanikadan 

farqi, undan fazoning egrilanishini kelib chiqishidir. Kritik qiymatga teng o’rtacha 

zichlikda,  kengayishni  tezligi  cheksiz  nolga  yaqinlashadi  (sekinlashish),  fazoning 

egriligi  nolga  tengdir  va  Yevklidli  geometriya  xususiyatlariga  egadir.  Boshqa 

barcha  hollarda  fazoning  geometriyasi  noyevkliddir.  Kritik  qiymatdan  kichik 

zichliklarda  fazoning  egrilanishi  manfiy,  katta  zichliklarda  esa  musbatdir.  Mos 

ravishda  birinchi  holda,  koinot  hamma  vaqt  kengayadi,  ikkinchi  holda  kengayish 

biror  asrda  siqilishga  almashinadi.  Ikkinchi  holda,  noyevklid  geometriya  kuchi 

asosida,  fazo  chekli  bo’lishi  kerak,  ya’ni  har  qanday  vaqt  momentida  chekli 

hajmga va chekli massaga ega bo’lishi kerak, lekin koinotni chegarasi bo’lmasligi 

kerak.  Bunday  chegaralangan uch  o’lchamli  fazoning  modeli bo’lib, kengayuvchi 

sfera  sirti  xizmat  qiladi.  Bunday  modelda,  galaktikalar  tekis  chizilgan  figuralar 

orqali,  tasvirlanadi.  Sfera  yuzini  cho’zilishida,  uning  sathi 

va undagi figuralar orasidagi masofa oshadi. Bunday sfera 

chiksiz  kengaysa  ham  uning  sathi  istalgan  vaqtda  chekli 

bo’lishi  mumkin,  bunday  ikki  o’lchamli  fazoda  chegara 

mavjud emasdir. 

Relyativistik  kosmologiyada  masshtabli  faktor 

 

t

R

-ning 


xususiyatlari  (1.4),  (1.5),  (1.6) 

formulalar 

yordamida 

aniqlovchi  faktor  xususiyatlari 

bilan 

aniqlanadi. 



Birinchi 

rasmda 


 

t

R

  bog’lanish  koinot 

nostasionarligining  har  uch  holi 

uchun ko’rsatilgandir (rasm 1).   




Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish