13-MAVZU
KUCHAYTIRGICHLARDA TESKARI BOG'LANISH.TESKARI ALOQANI
KUCHAYTIRGICH XARAKTERISTIKASI.
1. Yuqori chastotali kuchaytirgichlar.Yuqori chastotali kuchaytirgichlar anod yoki
kollektor zanjiriga ulangan nagruzkasiga qarab, ular rezonansli va polosali
kuchaytirgichlarga bo‘linadi. Rezonansli kuchaytirgichlarda anod nagruzkasi sifatida
tebranish konturidan foydalaniladi (10.1-rasm). Shuning uchun kuchaytirgichning
chastota xarakteristikasi yaqqol ifodalangan rezonans xarakteriga ega. Kontur
kondensatorini qayta sozlab, kuchaytirgichning o‘tkazish polosasining vaziyati
chastotalar o‘qida o‘zgartirish, ya’ni f1, f2 yoki f3 chastotalardagi signallarni
kuchaytirish mumkin.
Rezonans kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti
xuddirezistor-sig‘imli kuchaytirgichlarniki kabi aniqlanadi. Pentodli kuchaytirgich uchun:
K
Sz
bunda S — pentod xarakteristikasining tikligi;
z— tebranish konturining ekvivalent qarshiligi.
Ekvivalent qarshilik z rezonans chastotada eng katta bo‘lgani uchun bu chastotada
kuchaytirish koeffitsienti ham maksimal bo‘ladi.
10.2-rasmda ko‘rsatilgan kuchaytirish sxemalarida tebranish konturi ta’minlovchi manba.
va lampa (a) yoki tranzistor (b) o‘zaro ketma-ket ulangan. Bu sxemalarning kamchiligi shuki,
o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator yuqori kuchlanish ostida bo‘ladi.
Tebranish konturi, lampa yoki tranzistor va ta’minlovchi manba parallel ulangan
kuchaytirgichlar sxemasi 10.2 - rasm, a va b da ko‘rsatilgan.
Bu yerda o‘zgaruvchan sig‘imli kondensatorning rotori korpusga ulangan va nol
potensial ostida bo‘ladi. Sxemalarning kamchiligi shuki, parallel ulangan lampa yoki tranzistor
va ta’minlovchi manba konturni ketma-ket sxemaga nisbatan juda ko‘p shuntlaydi. Bundan,
tashqari, qushimcha elementlar: ta’minlovchi manbadan o‘zgarmas tokning induktivlik L orqali
korpusga o‘tishiga tusqinlik qiluvchi kondensator S
a
va anod tokining o‘zgaruvchan tashkil
etuvchisini (foydali signalni) ta’minlovchi manbaga o‘tkazmaydigan drossel Dr kerak.
10.1- rasm. Lampali (a) va tranzistorli (b) rezonans kuchaytirgichlarning sxemasi.
Rezonansli kuchaytirgichlar, xuddi rezistor-sig‘imli kuchaytirgichlarga o‘xshash,
kuchlanish kuchaytirgichlari va quvvat kuchaytirgichyaariga bo‘linadi, ular lampalarning tipi va
ularning ish rejimlari bilan farq qiladi (bu yerda ham quvvat kuchaytirgichlari uchun anod toklari
va anoddagi ruhsat etilgan sochilish quvvatlari katta bo‘lgan quvvatli lampalar tanlanadi).
Rezonansli kuchaytirgichning uchta xarakterli ish rejimini farq qilish qabul qilingan: A
rejim (tokni otsechka qilmasdan); V rejim (otsechka burchagi
180°) va S rejim otsechka
burchagi 9 < 90°).
Bu rejimlarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
A rejimda siljish kuchlanishi Yes
ni
shunday tanlanadiki, kirish signali U
kir
ning
amplitudasi
xarakteristikaning
to‘g‘ri chiziqli uchastkasidan tashqariga
chiqmasin (10.3-rasm, a). Bu rejimda
nochiziqli
buzilish
sezilarsiz,
lekin
kuchaytirgichning f. i. k juda kichik,
chunki lampa orqali nisbatan katta
o‘zgarmas tok, hatto kirish signali
bo‘lmagan holda ham o‘tadi. Bunday
rejim kuchlanish kuchaytirgichlariga va
tovush
chastotali
quvvat
kuchaytirgichlariga (minimal buzilish
bilan ishlash kerak bo‘lgan joylarda)
xarakterlidir.
V rejimda siljish kuchlanishini
lampaning yopiq kuchlanishiga teng qilib
tanlanadi (10.3-rasm, b). Bu holda anod
toki kuchaytirilayotgan tebranishlarning faqat bitta yarim davri davomida o‘tadi (to‘la davr 360°
ni tashkil etadi, lampa esa faqat 180° chegarasida ishlaydi). Shuning uchun bu rejimni otsechka
burchagi
180° li rejim deb ataladi. Bu yerda f. i. k A rejimdagiga nisbatan juda yuqori,
chunki anod tokining o‘zgarmas tashkil etuvchisi kam. Bu rejimdan yuqori chastotali quvvat
kuchaytirgichlarida (generatorlarda) foydalaniladi. Bunday kuchaytirgichning tebranish
konturida katta quvvatli elektr tebranishlari bo‘ladi, shu tufayli bu lampa orqali, demak, kontur
orqali anod tokining o‘tishi hisobiga har bir davrda energiya isrofining o‘rni to‘ldirib turiladi.
S rejimda siljish kuchlanish triodning yopiq potensialidan katta qilib olinadi. Shunisi ham
borki, triod kuchaytirllayotgan tebranishlar davrining faqat 90° (yoki 90° dan kichik), davomida
ochiq bo‘ladi, ya’ni bu yerda otsechka burchagi 0 < 90°. Bu rejimda f. i. k eng katta. S rejimdan
10.2- rasm. Lampali (a) va tranzistorli (b) larning anod va kollektor zanjiriga parallel
o‘langan rezonans kuchaytirgichlar sxemasi.
10.3- rasm.
Kuchaytrishi
rejimlari :
a-A rejim,
b-V rejim,
v-S rejim
xuddi V rejim kabi, rezonans konturli yuqori chastota quvvat kuchaytirgichlarida va
generatorlarda foydalaniladi.
V va S rejimlar faqat elektr tebranishlarini kuchaytirish uchun emas, balki chastotani
kupaytirish uchun ham yaroqlidir. Bu maqsadda anod konturini kirish signali tebranishlar
chastotasidan ma’lum son (ikki, uch va hokazo) marta ortiq bo‘ladigan chastotaga sozlash keraq
Konturda o‘zi sozlangan chastotali tebranishlar paydo bo‘ladi, energiya isrofchiligi esa har bir
terbanishlar davrida to‘ldirilmay, balki ikki, uch va hokazo davrdan keyin to‘ldiriladi. Lekin
ko‘paytirish koeffitsienti qancha katta bo‘lsa, kuchaytirish koeffitsienti, kuchaytirish kaskadining
chiqishidagi quvvat va uning f. i. k shuncha kichik bo‘ladi.
Polosali kuchaytirgichlarda nagruzka bo‘lib, bog‘langan kontur xizmat qiladi. Bu
kuchaytirgichlar qandaydir ma’lum chastotadagi signallarni kuchaytirish uchun ishlatiladi va
ularni ishlab chiqarishda shu chastotaga sozlanadi. Ularning o‘tkazish kengligi, yuqori chastotali
kuchaytirgichlarnikiga qaraganda keng, chastota xarakteristikalarining yon yoqlari tikroq,
balandligi esa anchagina qiya. Murakkab, ko‘p konturli filtrlar ishlatilganda kuchaytirgichning
chastota xarakteristikasi deyarli P-simon bo‘ladi. Bu ayniqsa rezonansga yaqin chastota
signallardan sozlash kerak bo‘ladigan yerlarda qimmatlidir.