Labaratoriya «Vaqt relesining tuzilishi va ishlash negizini o’rganish» laboratoriya ishini bajarish.
Kerakli asbob va materiallar:tajriba qurilmasi.
Ishdan maqsad.
1. Relelarining sinflari va tuziiishini o'rganish.
2.. Vaqt relesining tuzilishi va ishlash negizlarini o'rganish.
3. Vaqt relesining xarakteristikalarini tadqiq qiiish.
Nazariy qism
Umumiy tushuncha, relelarning sinflari va asosiy xarakteristikalari
Rele (frans. relayer — almashtirmoq) — biror qurilma yoki jarayonning parametrlari qiymati yoki yo'nalishi o'zgarganda ijro etish mexanizmga ta'sir qiladigan avtomatik qurilma. Nozorat qilinadigcn parametrlar (bosim, temperatura, kuchlanish va boshqalar) gа qarab, akustik, vaqt, himoya, mexanik, optik, issiqlik, elektromagnit, o'lchamlar relesi va boshqa xillarga bo'linadi.Akustik rele akustik parametrlar (chastota, bosim), tebranishlar yoki materiallarning akustik harakteristikalar (yutilish yoki qaytarish koeffitsiyenti va boshqalar) ni nazorat qiladi. Vaqt relesi avtomatik qurilma uzellari orasida yoki bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga ta'sirlar uzatishda zarur kechikish hosil qiladi. Asosan, sezuvchi qubul qiluvchi (boshqarish signali kelganda releni ishga tushiruvchi), sekinlashtiruvchi va ijro etuvchi (boshqariladigan qurilma yoki sxemaga ta'sir etuvchi) qismlardan iborat. Sekinlashtirish usuliga qarab, vaqt relesi elektr, magnit, mexanik, elektromexanik, termik, gidravlik va pnevmatik xillarga bo’linadi. Himoya relesi elektr uzatish liniyalari va elektr jihozlarini, sanoat va elektr qurilmalarini qisqa tutashuv va noto'g'ri rejimdan saqlash uchun qo'llaniladi. Sezish organiga qarab, tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik va chastota, himoya relelari, releni qayta ishga tushiradigan omilga ko'ra, elektromagnit va induksion xillarga bo'linadi. Mexanik rele mexanik miqdorlar (siljish, tezlik va boshqalar) yoki moddalarning mexanik parametrlari (zichligi va boshqalar)ni nazorat qiladi. Asosan, turli mexanik datchiklardan iborat. Tuzilishiga ko'ra, ustik, issiklik, optik, magnit, elektr, radioaktiv izotopli va boshqa, ishga tushirish usuliga qarab, elektr, pnevmatik, gidravlik xillarga bo'linadi.Optik rele (fotorele) optik miqdorlar oqimi va boshqalar) o'zgarishini nazorat qiladi. Mexanik, elektr va fotokimyoviy xillari bor. Odatda, optik miqdorlar datchiklaridan iborat issiqlik relesi temperatura, issiqlik oqimi va boshqalarni nazorat qiladi. Mexanik, elektr, optik va akustik xillari bor. Mexanik issiklik relesi issiqlik tasirida elementlarning chiziqli yoki hajmiy kengayishiga, moddalarning qattiq holatdan suyuq holatga yoki suyuq holatdan gaz holatiga o'tishiga, gazlarning zichligi yoki qovushqoqligi o'zgarishiga asoslangan. Elektr relesi temperatura o'zgarganda o'tkazgich yoki yarimo'tkazgich materiallarng solishtirma qarshiligi o'zgarishiga: dielektrik doimiysi magnit o’tkazuvchanligi yoki issiqlik e.yu.k o’zgarishiga asosangan.Elektromagnit rele elektr toki o’zgarishini sezadi.Sezgir organ:cho’lg'am va qo'zg'atuvchi: qism (yakor va o'zakli) magnit tizim, ijrochi organi kontakt. Chulg'amidan o'tayotgan tok kuchi o'zgarganda yakor yoki o'zagining tortishi hisobiga kontaktlar ulanadi yoki uziladi. Shunday Rele, Mas, sovitkichlarda ishlatiladi.O'lchamlar relesi — detallar o'lchamlarining belgilangar, qiymatini nazorot qiladi. Asosan, qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas kontaktlardan iborat Detalning o'lchami o'zgarsa, kontaktlar tutashib yoki ajralib, signal beruvchi elektr zanjirini ulaydi yoki uzadi.Rele energetika, aloqa, signalizatsiya, telemexanika va avtomatikada keng qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |