M A ' R U Z A № 9
Metallarni bosim bilan ishlash asoslari. Metallarni bolg‘alash
R E J A:
1.
Bosim bilan ishlash usullari.
2.
Metallarni bosim bilan ishlashning fizik asosi.
3.
Qizdirish qurilmalari.
Konstruksion metallarni tashqi nagruzka tasirida plastik deformasiyalash natijasida kutilgan
shakl va o'lchamli mahsulotlar olish texnologik jarayoniga bosim bilan ishlash deyiladi.
Metallarni bosim bilan ishlash usullarini odamlar juda qadimdan bilganlar. Arxeologik
materiallar shuni ko'rsatadiki, eramizdan bir necha ming yil avval metallni dastaki bog'alash yo'li
bilan uchliklar, yer va yog'ochga ishlov beruvchi qurollar tayyorlangan.
Mashinasozlik sanoatida metallarni bosim bilan ishlashning quyidagi usullari keng tarqalgan:
1.
P r o k a t l a sh. Bu zagotovka prokatlash mashinasining qarama-qarshi tomonga
aylanuvchi silindrik jo'valari orasidan ezib o'tkazib ishlanadi. Bunda zagotovkaning
ko'ndalang kesim yuzasi kichrayib, bo'yiga uzayadi (7.1-rasm,a). Bu usulda listlar,
polosalar, chiziqlar, turli profilli mahsulotlar tayyorlanadi.
2.
K i r ya l a sh. Bu zagotovka uning ko'ndalang kesimidan kichik bo'lgan kirya-asbob
teshigidan( ko'zidan) tortib o'tkaziladi (7.1-rasm,b). Bu usulda turli diametrdagi
chiviqlar, simlar, trubalar
va profilli boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
3.
P r ye s s l a sh. Bunda zagotovka havol silindrik konteynerga kiritilib, uning matrisa
deb ataluvchi asbobi ko'zidan puanson yordamida siqib chiqiladi (7.1-rasm, v). Bu
usulda turli o'lchamli chiviqlar, trubalar va turli profilli boshqa mahsulotlar
tayyorlanadi.
4.
B o l g' a l a sh. Bunda ko'pincha zarur temperaturada qizdirilgan zagotovkani
bolg'aning pastki boyok muhrasiga (dastaki bolg'alashda sandonga) quyib, bolg'aning
ustki boyok muhrasi bilan zarblanadi (7.1-rasm, g). Bu usulda val, shatun, tishli
g'ildirak va boshqa detallarning chala maqsulot (pokovka)lari olinadi.
5.
SH t a m p l a sh. Bu ko'pincha zarur temperaturagacha qizdirilgan zagotovka
shtampning pastki palla bo'shlig'iga quyilib, bolg'a babasiga shtampning pastki palla
bo'shlig'ini to'ldiriladi (7.1-rasm, d). Bu usulda turli shaklli mahsulotlar (tishli
g'ildirak, tirsakli val va boshqa zagotovkalar) olinadi.
L i s t sh t a m p l a sh. Bunda list, lentalardan tayyorlangan zagotovkani matrisa-asbobga
o'rnatib, puason bilan ezgan holda mtrisa ko'ziga kiritib kutilgan shaklga keltiriladi (7.1-rasm, g).
Bu usulda skoba, qopqoq, avtomobil qanotlari va boshqa detallar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |