32.4-rasm.
Metallurgik pechlarni yig‘ishda ishlatiladigan o‘tga chidamli g‘ishtlarning
shakli va standart o‘lchamlari.
Pechlar devorlari
- tekis yuza xolida yoki radial yuza holida teriladi. Pechlarning
devorlariga ishlatiladigan standart g‘ishtning o‘lchamini 230mm qabul qilingan bo‘lib, pechning
devorlari texnik talabga asosan 1;1,5 va 2 g‘isht qilib terilishi mumkin. Metallurgik pechlarning
devorlari ikki tomonlama bo‘ladi, ya’ni ichki va tashqi. Ichki qismini - futerovka deyiladi.
Tashqi qismi – esa asosi deb qabul qilingan.
Pechning gazoxod sistemalari
Metallurgiya pechlari ishlaganda hosil bo‘lib chiqib ketuvchi
gazlar miqdori juda ham
katta. Og‘irligi bo‘yicha pechdagi chiqayotgan qattiq va suyuq mahsulotlar og‘irligidan yancha
ko‘p. Masalan, bitta kuydiruvchi pech 1 sutkada 150-250 tonna shixta qayta ishlab, 300-500
tonna (yoki 200-400000 m
3
) gaz chiqaradi. Rangli metallurgiya
pechlarida chiquvchi gazlar
quyidagicha xarakterlanadi:
1.
Changning yuqori tarkibi: 1-400 g/m
3
. Bu shixtaning chang holatida 0,5 dan 50%
gacha chang holatida chiqib ketishi bilan teng.
2.
SO
2
va SO
3
tarkibiningo‘ta yuqoriligi (0,5-10%).
3.
Yuqori harorat (300-1300
o
C). Bu pech ichidan 20-70% gacha sarflanuvchi
issiqlikning chiqib ketishi bilan bog‘liq.
Chiqib ketuvchi gazlarning bunday xarakteristikasi quyidagilarni talab qiladi:
1.
Ekonomik va sanitar-gigienik tartibga ko‘ra chang va oltingugurtli birikmalardan
tozalanishi;
2.
Ularning tarkibidagi issiqlik qayta ishlatilishi kerak. Bu barcha talablar
metallurgiya pechlarida tashkil qilingan.
Bu masalalarni bajarish uchun zamonaviy gaz yurish sistemalariga
turli qurilma va
uskunalar biriktirilgan:
1.
Gazoxodlar;
2.
Tutunli trubalar va tutun tortuvchi qurilmalar;
3.
Gazlarni tozalash qurilmalari;
4.
Issiqlikni utilizatsiya qilish qurilmalari.
Metallurgiya pechlari gazoxodlari odatda dumaloq va to‘rtburchak bo‘ladi. Dumaloq
gazoxodlar temir kojux (qalinligi 3-7 mm)dan tashkil topgan bo‘lib, u shamot yoki yarim nordon
g‘isht bilan qoplangan. Dumaloq gazoxodlarning diametri 1-6 m. Gazoxoddagi gaz yuritilishini
boshqarish uchun shiberlar qo‘yiladi. Ular yuqori haroratda ishlashi uchun mustahkam qilib
qo‘yiladi. Tutun trubalarining g‘ishtli, temir-betonli va temirli bo‘ladi.
Rangli metallurgiyada
tutun trubalarining balandligi 50-180 m, ichki diametri 1-10 m gacha boradi.
G‘ishtli trubalar konus shaklida bo‘lib, ichidan shamotli g‘isht yoki olovbardosh beton
bilan qoliplangan, tashqarisi esa oddiy qurilish g‘ishti bilan qoliplanadi.
Temir trubalar silindr shaklida bo‘lib, ichidan shamotli g‘isht bilan qoliplangan. Ularning
balandligi odatda 200 m gacha boradi.
Temirli betonli trubalar gazlar harorati 400-500
o
C dan oshmasligi sharti bilan quriladi.
Havo so‘ruvchi qurilmalar to‘g‘ri va notekis harakat sxemasi bo‘yicha jihozlanadi. To‘g‘ri
harakatda tutun gazlari tutun so‘ruvchining ichki yuzasidan to‘g‘ri o‘tadi; notekis harakatda
gazlar diffuzorga borib, siqilgan havo oqimi bilan zaryadsizlanadi.
Gazlar harakati 300-400
o
C dan yuqori bo‘lmagan tarkibda agressiv tashkil etuvchilar yo‘q
gazlar uchun to‘g‘ri harakat qo‘llaniladi. O‘ta issiq yoki agressiv
gazlar chiqqanda notekis
harakat amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: