Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати



Download 425,31 Kb.
bet16/19
Sana31.12.2021
Hajmi425,31 Kb.
#232569
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

XULOSA


O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi munosabatlarining 23 yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu munosabatlar dinamikasi va tavsifi doimiy ravishda o’zgarib turganligiga guvoh bo’lamiz. Bu esa ikkitomonlama munosabatlarning davriyligini ko’rsatib beradi. Ikkitomonlama munosabatlarda o’zaro manfaatlarning bir qator masalalar bo’yicha mos kelishi oqibatida yaxshilanganligini va aksincha, ba’zi muammolar yuzasidan sovuqlashganligini ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda ikki davlat o’rtasidagi davom etayotgan munosabatlar o’ziga xos bo’lib, bir tomondan ikki davlat strategik hamkor hisoblanadilar, ikkinchi tomondan esa Andijon voqealari va boshqa bir qator munozarali masalalar yuzasidan O’zbekiston va AQSH munosabatlarida bir qator konfliktli xolatlar saqlanib qolmoqda.

Umuman olganda, ushbu ishimizda bildirilgan mulohazalarning xotimasi sifatida xulosalarimizni quyidagi yo’nalishlarda berishni lozim topdik:



  1. O’zbekiston AQSH bilan munosabatlarda quyidagilarning amalga oshirilishidan manfaatdor:

Mintaqa havfsizligi uchun o’ta muhim o’rin tutuvchi Afg’onistondagi harbiy

– siyosiy vaziyatning barqarorlashuvi. Chunki Afg’onistondagi beqaror vaziyat O’zbekiston milliy manfaatlariga tahdid hisoblanishini quyidagi omillar orqali ko’rishimiz mumkin:

Afg’onistonda xalqaro terrorizmning kuchayishi va O’zbekistonga qarshi faoliyat olib boruvchi bir qator diniy – ekstremistik kuchlarning Afg’onistonda mavjud ekanligi;

Afg’onistonda noqonuniy ravishda narkotik moddalar va qurol – yarog’ savdosining ortib borayotganligi va xokazo.

Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda o’zaro hamkorlikni davom ettirish va terrorizmga aloqadorlikda gumondorlarni ekstraditsiya qilish bo’yicha munosabatlarni takomillashtirish O’zbekiston iqtisodiyotiga

AQSH investitsiyalarini kiritish va O’zbekiston eksport tovar va xizmatlari uchun Amerika bozorida qulayliklarni shakllantirish masalasi so’nggi vaqtlarda muhim

79

o’rin tutib kelmoqda. Ushbu yo’nalish bo’yicha O’zbekiston hukumatining qaroriga asosan Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona va Angren shahrida logistika markazi barpo etildi, shuningdek, Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yangi erkin iktisodiy industrial hudud bo’yicha tadbirlar amalga oshirilmokda;

AQSH o’z qo’shinlarini O’zbekiston temir yo’l tizimi bilan bog’liq Shimoliy yo’nalish tarmog’i tranziti orqali Afg’oniston hududidan olib chiqish va Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda hamda iqtisodiy dasturlarning amalga oshirilishida bevosita O’zbekistonning ishtiroki muhim bo’lib qolmoqda. Hozirgi kunda ikkitomonlama aloqalarda bu yuklarni nafaqat temir yo’l transporti orqali, shu bilan birga, havo yo’llari hamda dengiz portlari orqali olib chiqish imkoniyatlarini yaratish ustuvor manfaat bo’lib qoladi.

AQSHning O’zbekiston bilan munosabatlari bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

AQSH bilan O’zbekiston hamkorligida Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy infratuzilmasini tiklash masalasi birlamchi ahamiyat kasb etadi. Bu birinchi navbatda, O’zbekistonda mavjud infrastruktura imkoniyatlaridan foydalangan xolda AQSH va NATO kuchlarini Afg’oniston hududidan olib chiqishda hamda o’z qo’shinining qolgan qismi uchun oziq-ovqat va noharbiy yuklar bilan ta’minlashga intiladi;

Mintaqadagi tabiiy resurslar, eng avvalo, uglevodorod zahiralarini nazorat qilishga intiladi. Bu yo’nalishda AQSH tashabbusi bilan Nabukko va Transafg’on gaz quvurlari yo’llari loyihalari ishlab chiqilgan bo’lib, asosiy maqsad Markaziy Osiyo uglevodorod zahiralarini nazorat qilishda Rossiya gegemonligini kamaytirishdir;

AQSH Markaziy Osiyo davlatlari bilan, shu jumladan, O’zbekiston bilan olib boriladigan iqtisodiy aloqalarda o’z tovar va xizmatlari uchun katta iste’mol bozorini shakllantirishga intilmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida “Katta Markaziy Osiyo” dasturining asosiy yo’nalishlaridan biri aynan mintaqada umumiy bozorni shakllantirishdir.

80

AQSH rasmiy doiralari O’zbekiston mintaqada strategik hududda joylashganligi va boy tabiiy zahira va inson salohiyatiga, yuqori darajada iqtisodiy o’sish sur’ati hamda ishlab chiqarishi takomillashib borayotgan davlatning Rossiya va Xitoy ta’sir doirasiga tushib qolmasligiga intiladi.

O’zbekistonning AQSH bilan munosabatlarida quyidagi takliflarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq deb bilamiz:

Birinchi navbatda, AQSH tomonidan Afg’onistonda moliyalashtirilayotgan turli iqtisodiy - ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda O’zbekiston tomonining ham ishtirokini faollashtirish lozim.

O’zbekistonga AQSH investitsiyasini jalb etish hamda sarmoyaviy muhit uchun yaratilgan qulay sharoitlarni namoyish etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va investitsiyaviy muhitni takomillashtirish.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, mazkur tadqiqotni boshlash mobaynida ikkita gipoteza o’rtaga tashlangan edi. Bular:

AQSH o’zining Markaziy Osiyo siyosatida O’zbekistonni yetakchi davlat sifatida qaraydi.

Ikki tomonlama hamkorlik, asosan, O’zbekistonning temir yo’l transport kommunikatsiya tizimi sohasida amalga oshiriladi.

Bitiruv malakaviy ishining ilgari surilgan gipotezalar, jumladan, “AQSH o’zining Markaziy Osiyo siyosatida O’zbekistonni yetakchi davlat sifatida qaraydi” qisman o’z tasdig’ini topdi. “Ikki tomonlama hamkorlik, asosan, O’zbekistonning temir yo’l transport kommunikatsiya tizimi sohasida amalga oshiriladi.” degan gipotezamiz ham qisman o’z tasdig’ini topdi.


81


Download 425,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish