Arab davlatlari ligasi vakolatxonalari 1. Nyu-Yorkda BMT qoshidagi ADL vakolatxonasi
2. Jenevadagi ADL vakolatxonasi
3. Avstriyaning Vena shahridagi ADL vakolatxonasi
4. Argentinaning Buenos-Ayres shahridagi ADL vakolatxonasi
5. Belgiyaning Bryussel shahridagi ADL vakolatxonasi
6. Braziliyaning Brazilia shahridagi ADL vakolatxonasi
7. Germaniyaning Bonn shahridagi ADL vakolatxonasi
8. Gretsiyaning Afina shahridagi ADL vakolatxonasi
9. Ispaniyaning Madrid shahridagi ADL vakolatxonasi
10. Italiyaning Rim shahridagi ADL vakolatxonasi
11. Kanadaning Ottava shahridagi ADL vakolatxonasi
12. Keniyaning Nayrobi sharidagi ADL vakolatxonasi
13. Rossiyaning Moskva shahridagi ADL vakolatxonasi
14. Senegalning Dakar shahridagi ADL vakolatxonasi
15. AQSH ning Vashington, Dallas, Chikago va San-Fransisko shaharlaridagi ADL vakolatxonalari
16. Efiopiyaning Addis-Adeba shahridagi ADL vakolatxonasi
17. Yaponiyaning Tokio shahridagi ADL vakolatxonasi
18. Hindistonning Dehli shahridagi ADL vakolatxonasi
Arab davlatlari ligasining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari va institutlari 20 ga yaqin bo’lib, liga ularga moliyaviy yordam beradi, ammo ularning qarashlari birbiridan farq qiladi. Ularning asosiylari quyidagilar:
1. Arab pochta ittifoqi – liga kengashining 1946-yil 9-dekabrdagi qaroriga ko’ra tashkil etilgan . Vazifasi – a’zo davlatlarni pochta xizmati doirasida ular o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash.
2. Arab telekommunikatsiyalari ittifoqi – liga kengashining 1953-yil 9- apreldagi qaroriga ko’ra tashkil etilgan. Maqsadi - telekommunikatsiya orqali a’zo davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish.
3. Arab radiostansiyalari birlashmasi – 1955-yil 15-oktabrda liga kengashining qaroriga ko’ra tuzilgan. Uning vazifasi quyidagicha: arab radiostansiyalari ish rejalarini tashkil etish, xalqaro jamiyatni arab dunyosida sodir bo’layotgan voqeahodisalar bilan tanishtirish, arab dunyosidagi radiostansiyalari o’rtasidagi tajriba, axborot va materiallar almashinuvini nazorat qilishdir.
4. Yagona arab iqtisodiyoti kengashi – 1957-yil 3-iyunda liga kengashi qarori bilan tashkil etilgan. Maqsadi - kapital, mulklarni a’zo davlatlar o’rtasida erkin o‟tishini ta’minlash, ishlab chiqarilgan milliy va xorijiy mahsulotlarni erkin almashinuvini ta‟minlash.
5. Xalqaro arab jamiyati mudofaa tashkiloti - 1960-yil 10-aprelda tuzilgan. Maqsadi - arab davlatlaridagi jinoyatchiliklarga qarshi kurash va bu davlatlardagi huquq-tartibotni o’rnatuvchi organlar o’rtasida hamkorlikni o’rnatishga yordam berish, narkobiznes va terrorizmga qarshi kurash. Bu tashkilotning ichida 3 ta bo’limi mavjud:
Bag’doddagi huqubuzarliklarga qarashi kurashuvchi xalqaro arab byurosi.
Damashqadagi huquq-tartibotni o‟rnatuvchi xalqaro arab byurosi.
Qohiradagi narkotiklarga qarshi kurashuvchi xalqaro arab byurosi.
6.Ta’lim, madiniyat va fan bo’yicha arab tashkiloti - 1961-yil 1-aprelda tashkil topgan. Maqsadi - arab davlatlarini birlashtirish g’oyasini ta’lim, madaniyat va fan orqali olib borish, arab davlatlaridagi madaniyat darajasini oshirish va yuksaltirish. Uning tarkibiga 3 ta institut kiradi :
1. Qohiradagi arab tadqiqotlari institute
2. Qohiradagi savodsizlikni tugatish markazi
3. Rabotdagi tilni standartlashtirish boshqarmasi
7. Boshqaruv fani bo’yicha arab tashkiloti - 1961-yil 1-aprelda tashkil topgan. Maqsadi - boshqaruv fanini rivojlantirish va arab davlatlaridagi ma’muriy apparatni mukammalashtirish. Moliya to’g’risidagi fanlarga homiylik qilish va boshqaruv fani bilan aloqa o’rnatish.
8. Arab mehnat tashkiloti – 1965-yil 21-martda tuzilgan.Maqsadi - ishchilar hayotini yaxshilash, mehnat shartlarini oshirish, moddiy va madaniy jihatdan aholini ta’minlash, adolatli jamiyat qurish.
9. Arab sanoatini rivojlantirish ittifoqi - 1980-yil 20-sentabrda tuzilgan. Maqsadi - arab davlatlaridagi sanoati rivojlantirish va yetuklashtirish. Energetika va tog’ qazilmalarini ishlab chiqarish. Arab davlatlarini sanoat orqali hamkorlik o’rnatilishlarida yordam berish.
10. Fuqaro aviyatsiyasi bo’yicha arab davlatlari kengashi - 1965-yil 21-martda tuzilgan. Masadi - umumarab va xalqaro darajada arab davlatlaridagi aviyatsiyani texnik va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va mustahkamlash.
11. Arab iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanish tashkiloti - Iqtisodiyot kengashi tomonidan 1968-yil 16-mayda tashkl etilgan.Maqsadi - arab davlatlaridagi iqtisodiy 19 va ijtimoiy rivojlantirishning loyihalarini moliyalashtirish, arab davlatlaridagi iqtisodni rivojlantirish va mustahkamlash. Shuningdek, ularni texnik hamda mutaxassislik yordamlari bilan ta’minlash.
12. Neftni eksport qiluvchi arab davlatlari tashkiloti - 1968-yil 9-yanvarda Saudiya Arabistoni, Quvayt va Liviya o’rtasida tuzilgan. Tashkilot neftni eksport qiluvchi arab davlatlari uchun hali ham ochiq. Maqsadi - neftni qayta ishlash va eksport qilish. Tashkilot a’zolari o’rtasida texnik va axborot almashinuvlarini ta‟minlash, shuningdek, neftni qazib chiqarish bo‟yicha yangi loyihalar yaratish.
13. Kapitalni himoya qilishni ta’minlash bo’yicha arab tashkiloti - 1965-yilda tuzilgan. Faoliyatini 1875-yil 1-aprelda boshlagan. Maqsadi - arab davlatlarida kapital qo’yishni himoya qilishni ta’minlash va arab davlatlari iqtisodiga ta’sirini oldini olish.
14. Arab qishloq xo’jaligini rivojlantirish tashkiloti - 1970-yil 11-martda tashkil etilgan. Maqsadi - arab davlatlaridagi qishloq xo’jaligini rivojlantirish va mustahkamlashni ta‟minlash.
15. Arab valyuta fondi - 1976-yil 27-aprelda tuzilgan. 1978-yildan faoliyatini yurita boshlagan. Vazifasi - arab davlatlaridagi pul balansini tenglashtirish, valyuta kurslarini almashishini nazorat qilish, valyuta aloqalarini va valyuta siyosatini arab davlatlari o’rtasida o’rnatish. Dinor foydalanilishini kengaytirish.
16. Dengiz yuk tashish bo’yicha arab akademiyasi 1972-yil 26-mayda tashkil etilgan. 1975-yildan faoliyat yuritadi. Maqsadi - arab davlatlari o’rtasida dengiz savdosini rivojlantirish, dengiz transportini takomillashtirish. Dengizda yuk tashish bo’yicha milliy mutaxassis kadrlar va dengiz flotlarini yaratish hamda tayyorlash.
17. Cho’l va lalmi yerlarni o’rganish bo’yicha arab markazi - 1968-yil 3- sentabrda tashkil etilgan. Maqsadi - lalmi yerlarda mintaqaviy tadqiqotlar olib borish, suv manbalarini topish va cho’l yerlarda biologik tadqiqotlar olib borish.
18. Sun’iy yo’ldosh aloqalari bo’yicha arab tashkiloti - 1976-yil 21-martda tuzilgan. 1978-yil 1-iyuldan boshlab faoliyatini yurita boshladi. Maqsadi - arab davlatlarida kosmik dasturlarni yaratish va mablag’ bilan ta’minlash. Sim va simsiz aloqani rivojlantirish. Arab davlatlarida aloqa stansiyalarini o’rnatish, kosmik 20 texnalogiyalarni o‟rganishni joriy etish. Tele va radioni arab sun’iy yo’ldoshi aloqalari orqali amalga oshirish.
19. Afrika davlatlaridagi iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha arab banki - 1973-yil 28-noyabrda Jazoirdagi 6-umumarab kongressi taklifi va 1973-yil 5-dekabr iqtisodiyot kengashi qarori bilan tuzilgan. Maqsadi - Afrikadagi arab davlatlarining iqtisodiyotini rivojlantirish.
Arab davlatlari keng hududni egallagan bo‟lib, ularda 300 mln. dan ziyod aholi yashaydi.6 Zamonaviy xalqaro munosabatlarda davlatlar o‟rtasidagi o‟zaro aloqalarda xalqaro tashkilotlarning ahamiyatini hisobga olgan arab davlatlari rahbarlari butun arab davlatlarini birlashtirigan tashkilot – Arab Davlatlari Ligasini tuzishdi. Buday uyushmani tuzish ishlari o‟tgan asrning 40- yillaridan boshidan boshlangan edi.
Yaqin Sharq mintaqasida AQSH siyosiy ta‟sirining o‟sib borayotganligidan xavfsiragan Buyuk Britaniya hukmron doiralari o‟z oldilariga Yaqin va O‟rta Sharq mintaqasida o‟zining mavqeini oshirish vazifasini qo‟ydi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ingliz diplomatiyasi arablarning birligi g‟oyasidan foydalanishga harakat qildi. Arablar federatsiyasi g‟oyasi hali ular usmoniy turklarga qaram bo‟lgan paytdan boshlab mavjud edi.
Ingliz rasmiy arboblari o‟z nutqalarida shuni ma‟lum qildilarki, Angliya arab davlatlari federatsiyasining tuzilishiga to‟sqinlik qilmaydi. 1941-yil 29-mayda jamoalar palatasidagi chiqishida Anton Iden quyidagi fikrlarni bildiradi: “ Mening nazarimda arab davlatlarining ma‟daniy, iqtisodiy, shuningdek , siyosiy aloqalarini kuchaytirish lozim. Buyuk Britaniya bu masalada har qanday rejani qo‟llab- quvvatlashga tayyor!”.
1941-1942-yillardagi Yaqin va O‟rta Sharqdagi harbiy harakatlar oqibati bu masalada amaliy ish qilishning imkonini bermadi. Faqatgina 1943-yilga kelib Arab davlatlari rahbarlari bu masalada aloqaga kirishdilar.
Arablar birligini tuzish borasidagi tayyorgarlik konferensiyasi 1944-yil 26- sentabrdan 7-oktabrgacha Misrning Aleksandriya shahrida bo‟lib o‟tdi.Bu konferensiyada yettita arab davlatlari bosh vazirlari ishtirok etdilar:
Misr (Mustafo Naxos poshsho), Suriya (Saad-Allah Tabiriy), Livan (Riad Solih), Iroq (Hamdi al-Pachachi), Transiordaniya ( Tavfiq Abul Xuda). Saudiya Arabistoni va Yaman davlatlari rahbariyati bu konferensiyada kuzatuvchi maqomiga ega bo‟ldi.
Aleksandriya konferensiyasining natijasida beshta delegat rahabrlari mustaqil arab davlatlari ligasini tuzish haqidagi protokolni imzoladilar.
1945-yil fevral-mart oylarida Arab davlatlari konferensiyasi bo‟ldi. Konferensiya jarayonida 1945-yil 22-martda Suriya, Livan, Transiordaniya, Saudiya Arabistoni, Iroq va Misr delegatlari arab davlatlari ligasi nizomini qabul qildilar. Mazkur nizom Preambula, 20 ta modda va 3 ta ilovadan iborat3. Yaman davlati bu konferensiyaga delegat yubormadi va nizomga keyinchalik imzo chekdi. 11 1945-yilning mart-aprelida barcha yettita arab davlati arab davlatlari ligasining nizomiga qo‟l qo‟ydilar va uni ratifikatsiya qildilar. 1945-yil 10-mayda nizom kuchga kirdi.
Arab davlatlari ligasi – dunyodagi yirik diniy-siyosiy tashkilotlardan biri bo‟lib, a‟zo bo‟lib kirgan davlatlarning siyosiy yo‟nalishlarini muvofiqalashtirish, ular mustaqilligi va suverentetini himoya qilish, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy aloqa sohalarida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan. (1-ilova ADL ramzi - bayrog‟i).
Arab davlatlari ligasi 1945-yilda quyidagi sabablarga ko‟ra tuzilgan.
Arab davlatlari xalqlarining umumiy o‟xshashligi, ularning tili, geografik joylashuvi, an‟analari, diniy va madaniy qadriyatlari yaqinligi
Arab davlatlarining birlashishga intilishlari
Hozirgi kunda arab jamiyati birlashgan arab davlati shaklida emas. Chunki har bir arab davlati o‟zining ma‟lum maqsadli qarashlariga ega. Ularda Yevropa sivilizatsiyasi ta‟siri tufayli davlat boshqaruv shakllari, iqtisodni rivjlantirish yo‟llari, etnik qarashlari turli xil edi.
Arab davlatlari ligasi – arab davlatlari iqtisodiyotini rivojlantiruvchi va mudofaasini kuchaytiruvchi organ sifatida vujudga kelgan.
Arab davlatlari ligasi – xalqaro diniy - siyosiy tashkilot bo‟lib, 1945-yil 22- martda Qohirada Saudiya Arabistoni qiroli Abdulaziz Ibn Saud ishtirko etgandan so‟ng rasmiyalshtiriladi. Uning tashabbuskorlari – Misr, Iroq, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya , Iordaniya va Yaman respublikasi edi. Liganing arabcha nomi “Jamiyat at-Duval al-Arabiya” dir. Ligani tuzish haqidagi protokol 1944-yil 7- oktabrda Aleksandriya (Misr) da Suriya, Transiordaniya, Misr va Livan o‟rtasida imzolanadi. 1945-yil 5-mayda ligaga Shimoliy Yaman ham a‟zo bo‟lib kiradi. Arab davlatlari ligasiga Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi 19 ta davlat kirgan bo‟lib, ularning aholisi asosan arab tilida so‟zlashadi. 12. Mavritaniyadagi mavr xalqi arab – ber-ber aralashuvidan kelib chiqqaan bo‟lib, ular arab tilining xassaniya lahjasida so‟zlashadilar.
Shuningdek, arab davlatlari ligasi safidagi Afrikaning ichki qismida joylashgan Jibuti va Somali davlatlarining aholisining ko‟pchiligi kushit tilida so‟zlashsa ham arab tili rasmiy til hisoblanadi. Liganing yana bir a‟zo davlati uncha katta bo‟lmagan orol davlat Komor (Qamar) davlati bo‟lib, Afrikaning janubi-sharqida joylashgan. Aholisi antaloatr–metislar bo‟lishib afro-arab-malaga aralashuvidan kelib chiqqan.Aholisi shikumoro tilida so‟zlashadi, ammo arab tili rasmiy til hisoblanadi. Hozirgi kunda Arab davlatlari ligasiga 22 ta davlat a‟zo.